Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 30.06.2017 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, undan foydalanish samaradorligini oshirish, noyob tarixiy-madaniy va me’moriy meros obyektlari bilan turistlarni keng tanishtirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, konseptual asosda ziyorat turizmini faol targ‘ib qilish va ziyoratchi — turistlar oqimini ko‘paytirish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari turlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish tadbirlari Dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uning samarali amalga oshirilishi ta’minlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda yangi mehmonxonalar, madaniy-sog‘lomlashtirish va savdo-ko‘ngilochar markazlar, turistik-rekreatsion hududlarni barpo etish hamda turizm infratuzilmasining boshqa obyektlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish tizimini takomillashtirish va turistlarning kechki bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan zamonaviy restoranlar qurish, nurli va musiqiy shou dasturlarini tashkil etish, o‘zbek milliy musiqasining teatrlashtirilgan konsert dasturlarini tashkil etish, madaniy meros obyektlari hududida milliy urf-odat va an’analarni namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviareyslar va tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovlari sonini ko‘paytirish, Samarqand shahrining tarixiy hududida sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish, turistik namoyish obyektlariga olib boradigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan transport xizmatini yaxshilash, shu jumladan, avia va temiryo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrining batafsil loyihalashtirish planining yangilangan rejasini tasdiqlagan holda zarur obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, turizm infratuzilmasi obyektlarida bankomat va terminallar o‘rnatgan holda maxsus esdalik sovg‘alari shoxobchalarini shahar ko‘chalari bo‘ylab oqilona taqsimlash, butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishga keng imkoniyat yaratgan holda turistlar gavjum joylarda Wi-Fi hududlarini tashkil etishni nazarda tutgan holda Samarqand shahri hududini obodonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand nonlari”, “Samarqand hunarmandlari”, “Milliy taomlar”, “Sharq shirinliklari” kabi har yilgi mavzuli festivallarni tashkil etish va o‘tkazish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot turlarini tashkil etish, ekskursiyalarning turistik xaritalarini tayyorlash, shuningdek ommabop xorijiy telekanallarda Samarqandning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, hududning diqqatga sazovor joylari va boy tarixiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni butunjahon Internet axborot tarmog‘i va ommabop ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish orqali keng qamrovli reklama kampaniyasini o‘tkazish va Samarqand shahri brendini targ‘ib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish, shu jumladan “Zarafshon” davlat qo‘riqxonasi hududini va u yerda saqlanayotgan Buxoro bug‘usining (xongulning) turistlar tomonidan keng qamrovli kuzatilishi uchun ilmiy-rekreatsion hududlarni tashkil etish, turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo qilish sharti bilan hududda turizm majmuasi va ekoturizm zonalari tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqandning turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash, shu jumladan kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, hududning turistik tarmog‘i xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni keng jalb qilgan holda turizm tashkilotlari xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillar mobaynida turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,2 baravarga, turistlar sonini 3 baravarga oshirishni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar, Samarqand shahri va Samarqand viloyati hokimliklari rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga 1-ilovada ko‘rsatilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlarini jalb etish yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — tashrif uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan Samarqand shahrining tarixiy qismi va boshqa joylarida obodonlashtirish va qurilish bo‘yicha amalga oshirishni nazarda tutuvchi keng miqyosli ishlar hajmi va parametrlaridan kelib chiqqan holda, Samarqand shahrining tarixiy qismining mufassal loyihasiga o‘zgartirishlarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrining tarixiy qismini rejalashtirish va moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun YUNESKO va boshqa tegishli donor tashkilotlar ko‘magida Yevropa mamlakatlarining yetakchi ekspert-maslahatchilari jalb qilinishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda — foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obyektlarini ularda savdo, mehmonxona, ko‘ngilochar va turizm sohasining boshqa obyektlarini barpo qilish uchun belgilangan tartibda investorlarga berish ishlarini faollashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — 2018 — 2027-yillar davrida Samarqand shahri va Samarqand viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni, shuningdek Samarqand shahri va Samarqand viloyatining barcha moddiy madaniy meros obyektlari bo‘yicha restavratsiya qilish va tiklash ishlarini tugallashning aniq muddatlari nazarda tutilgan tarmoq jadvalini joriy yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda — Madaniyat vazirligiga mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik hamkorligi va grant mablag‘larini jalb etishda har tomonlama ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining — Samarqand shahrida turistlar kechayu-kunduz bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoitlar va turli xizmatlarning ko‘rsatilishini ta’minlovchi zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, madaniy-sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar-savdo maskanlarining qurilishini nazarda tutuvchi “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining — Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali hududida tashrif buyuruvchi ko‘plab mehmonlar va turistlarning, Samarqand shahri va Samarqand viloyatining aholisini oilaviy hordiq chiqarishi uchun yil davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish imkonini beruvchi zamonaviy sportzal, sport maydonchalari, usti ochiq va yopiq basseynlar, shuningdek oilalar uchun mehmonxona majmualari va kottejlar, suv attraksionlarini o‘z ichiga olgan hordiq chiqarish infratuzilmasining boshqa obyektlaridan tashkil topgan sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion majmuasini barpo etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — kredit asosida “Samarkand city” turizm zonasini qurish” loyihasi amalga oshirilishini moliyalashtiruvchi, shuningdek investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish shaklida birgalikda moliyalashtiruvchi bosh tashkilot etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki — “Eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududini barpo etish” loyihasini amalga oshirish doirasida rekreatsion infratuzilmalarni qurishni kredit asosida moliyalashtiruvchi, shuningdek investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tarzida birgalikda moliyalashtiruvchi bosh tashkilot etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki uch oy muddatda, belgilangan tartibda eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasining zamonaviy jahon standartlari talablariga javob beradigan qurilish loyihasini ishlab chiqsinlar, shuningdek ushbu ishlarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, “Samarkand city” turizm zonasini qurish” va “Eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turizm-rekreatsion hududini barpo etish” loyihalarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tegishli investitsiya kompaniyalari (keyingi o‘rinlarda investitsiya kompaniyalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankiga va investitsiya kompaniyalariga “Samarkand city” turizm zonasini qurish” va “Eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turizm-rekreatsion hududini barpo etish” loyihalarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyatga ko‘ra, investitsiyalash davrida ajratilgan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir soha tashkilotlariga taqdim etiladigan eng ko‘p miqdordagi kreditlar ulushiga cheklovlar belgilash va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallarida ishtiroki bo‘yicha cheklovlar qo‘llamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning foydalanishga topshirilishiga ko‘ra, obyektlarni yoki tashkilotlarning ustav jamg‘armasidagi ulushini barcha xarajatlar va investitsiyalar miqdoridan kam bo‘lmagan, shu jumladan tijorat kreditlari ajratgan holda sarflangan mablag‘lar valyutasida (milliy va xorijiy valyutada) bozor narxlari bo‘yicha boshqa investorlarga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda parallel ravishda loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirish, shuningdek tender savdolari o‘tkazmagan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida pudrat tashkilotlarini va tovarlar (xizmatlar, ishlar) yetkazib beruvchilarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarkand city” turizm zonasida obyektlarni qurish, shuningdek eshkak eshish kanali hududida sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududini barpo etish doirasida tuzilgan import shartnomalarini vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng moliyalashtirishni amalga oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Samarkand city” turizm zonasi va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek investitsiya kompaniyalari 2020-yil 1-yanvargacha:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmaydigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar, xom ashyo, butlovchi buyumlar, qurilish va boshqa materiallarini import qilishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Samarqand viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda tegishli vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda — ikki oy muddatda “Samarkand city” turizm zonasi va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududining aniq chegaralarini belgilasin, shuningdek ularni qurish uchun investitsiya kompaniyalariga qurilishni boshlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (topografik fotosurat, to‘liq kadastr hujjatlari, geologik o‘rganishlar va seysmik daraja bo‘yicha hisobotlar, yillik haroratning o‘zgarishi va boshqalarni) taqdim etgan holda belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan birgalikda — ishga tushirishning aniq muddatlarini belgilagan holda “Samarkand city” turizm zonasini va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududida quriladigan obyektlarning manzilli ro‘yxatini uch oy muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda egalariga kompensatsiya to‘lagan holda “Samarkand city” turizm zonasi qurilishi rejalashtirilgan hududdagi eski uy-joy va boshqa binolarning belgilangan tartibda buzish va hududni tozalash ishlarini, shuningdek Samarqand viloyati mahalliy budjeti hisobidan barcha zarur tashqi kommunikatsiya-muhandislik va kommunal infratuzilmalarning quriladigan obyektlarga yetkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda — “Samarkand city” turizm zonasida hamda Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turizm-rekreatsion hududida zamonaviy mehmonxona va boshqa turizm va sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasi obyektlarini qurishni moliyalashtirish uchun strategik xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish masalasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda — Sharqning haqiqiy marvaridi deb e’tirof etilgan noyob muzey-shahar sifatidagi Samarqand shahrining brendini ishlab chiqish hamda ommabop xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokida 2017 — 2019-yillar davrida “Samarqand — buyuk davlat arbobi Amir Temur davlatining poytaxti” va “Samarqand — buyuk olim-astronom Mirzo Ulug‘bekning vatani” shiorlari ostida keng reklama kampaniyasini o‘tkazishni nazarda tutgan holda Samarqand shahriga va Samarqand viloyatiga turistlar oqimini ko‘paytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 450-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Hisoblangan qiymati

(mln so‘m)

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasi obyektlari qurish

1.

Samarqand shahri hududida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda turistlarning to‘laqonli dam olishi uchun sharoitlarni ta’minlaydigan, turli xizmat ko‘rsatish darajasidagi zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, ko‘ngilochar va savdo markazlari, shuningdek amfiteatr, turli millatlar taomlarini tayyorlaydigan restoranlar, kafelar, bouling markazlari, karaoke-bar, suvenir do‘konlari va boshqa turizm infratuzilmalarini o‘z ichiga oladigan “Samarkand sity” turizm hududini yaratish.

2017 — 2019-yillar

Loyiha-smeta hujjatiga muvofiq

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va xorijiy investorlarning krediti va mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Samarqand viloyati hokimligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

2.

Samarqand tumanidagi Respublika eshkak eshish kanali hududida yil bo‘yi sport o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish shart-sharoitiga ega bo‘lgan zamonaviy sportzal, sport maydonlari, yopiq basseyn, shuningdek Samarqand viloyati va Samarqand shahri aholisi, viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlar va turistlarning oilaviy dam olishlarini tashkil etishga qaratilgan oilalar uchun mehmonxonalar va kottejlar majmui hamda boshqa dam olish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan sport-sog‘lomlashtirish va turizm-dam olish hududini barpo etish.

2017-2018-yillar

Loyiha-smeta hujjatiga muvofiq

Tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati hokimligi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi

3.

Samarqand shahridagi “Afrosiyob Palas” mehmonxona majmuasini 2018-yil avgustda foydalanishga topshirishni ta’minlash va investitsiya shartlarini qabul qilgan holda uzoq muddatli ijaraga berish uchun salohiyatli xorijiy investorni jalb etish masalasini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Xorijiy investor mablag‘lari

Davlat raqobat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

Samarqand shahri, Panjakent ko‘chasida 30 o‘rinli mehmonxona qurish.

2017-yil

oktabr

450,0

(50,0 tashabbuskor mablag‘lari,
400,0 tijorat banklari kreditlari)

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, “Marvarid nur shifo” MChJ, “Hamkorbank” ATB

5.

Samarqand shahri, Bobur Mirzo ko‘chasida 60 o‘rinli mehmonxona qurish.

2017-yil

noyabr

500,0

(o‘z mablag‘lari)

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, xususiy tadbirkor (M. Vafoyev)

6.

Samarqand shahri, Pushkin ko‘chasida 40 o‘rinli mehmonxona qurish.

2018-yil iyun

1 000,0

(o‘z mablag‘lari)

Tadbirkorlik subyekti — loyiha tashabbuskori mablag‘lari

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, “Kotlon servis” MChJ

7.

Samarqand shahri, Ibn Xoldun ko‘chasida 200 o‘rinli mehmonxona qurish.

2018-yil avgust

5 500,0

(4 000,0 o‘z mablag‘lari), 1 500,0 tijorat banklari kreditlari)

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbus-korlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari,

“Konstantin Itol” MChJ, “Trast bank” XATB

8.

Urgut tumanidagi “Chor Chinor” ziyoratgohi hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, “Oltin meros” XJF, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

9.

Payariq tumanidagi “Imom al Buxoriy” majmuasini restavratsiya qilish va uning hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish va ziyoratchi turistlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, jumladan:

milliy uslubdagi mehmonxona qurish;

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyekti — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Payariq tumani hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

10.

Samarqand shahridagi “Abu Mansur al-Moturudiy” majmuasini restavratsiyaqilishvauninghududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlar qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyekti — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Samarqand shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

11.

Oqdaryo tumanidagi “Maxdumi A’zam” majmuasini restavratsiya qilish va uning hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

12.

Paxtachi tumanidagi “Dobusiya” arxeologiya yodgorligini restavratsiya qilish va uning hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, shu jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatiga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyekti — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Paxtachi tumani hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

13.

Nurobod tumanidagi “Hazrati Dovud” ziyoratgohi hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish;

“Hazrati Dovud” ziyoratgohi hududida 50 o‘rinli mehmonxona qurish.

2018-yil sentabr

2017-yil oktabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

1 400, 0

(1 000,0 o‘z mablag‘lari,
400,0 tijorat banklari kreditlari)

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Nurobod tumani hokimliklari, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari Samarqand viloyati va Nurobod tumani hokimliklari, tijorat banklari, xususiy tadbirkor
(G. Davlatova)

14.

Urgut tumanidagi “G‘avsul A’zam” ziyoratgohini restavratsiya qilish va uning hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, “Oltin meros” XJF, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

15.

Urgut tumanidagi “Xo‘ja Omon” ziyoratgohi hududini turizm infratuzilmasini yaxshilagan holda obodonlashtirish, jumladan:

majmua ichidagi va atrofidagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

umumiy ovqatlanish shoxobchalari va zarur yordamchi bino-inshootlarni qurish;

esdalik sovg‘alari va boshqa mahsulotlar sotish uchun savdo maydoni qurish.

2018-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, tadbirkorlik subyekti — loyiha tashabbuskorlari, xayriya tashkilotlari mablag‘lari,

tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, “Oltin meros” XJF, Madaniyat vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

16.

Samarqand shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida 40 o‘rinli mehmonxona va milliy liboslar namoyish qilin�digan “El merosi” teatrini qurish.

2018-yil

oktabr

11 000,0

o‘z mablag‘lari)

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, “Samarqand apparel” kompaniyasi

II. Turistlarning kechki bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish

17.

Turizm mavsumi (mart — iyun, avgust — noyabr) davomida Registon ansamblidagi Sherdor madrasasida o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlar ohangi ostida teatrlashtirilgan konsert namoyishlarini tashkil etish.

2017-yil avgustdan boshlab doimiy

-

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

18.

Samarqand shahri, Toshkent ko‘chasidagi Hunarmandlar markazida yetakchi hunarmandlar, rassomlar va amaliy san’at ustalarining ishlab chiqarilgan mahsulotlarini turistlarga namoyishini tashkil etish, shuningdek hunarmandchilik mahsulotlari savdo ko‘rgazmalarini uyushtirish.

2017-yil sentabrdan boshlab doimiy

-

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

19.

“El merosi” teatrida tarixiy milliy liboslar namoyishini tashkil etish.

2018-yil apreldan boshlab doimiy

-

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, “Samarqand apparel” kompaniyasi

III. Transportda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, shu jumladan, avia- va temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish

20.

Samarqand tumani hududida turizm toifasidagi avtobuslar uchun to‘xtash joyi va garaj, texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi hamda haydovchilarni joylashtirish uchun mehmonxona hamda oshxona qurish, jumladan:

obyektni qurish uchun yer maydoni ajratish;

obyektni foydalanishga topshirish.

2017-2018-yillar

2017-y. avgust

2018-y. aprel

500,0

(300,0 o‘z mablag‘lari, 200,0 tijorat banklari kreditlari)

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskori mablag‘i, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Samarqand tumani hokimliklari, “Oriyent finans bank” XATB, “Shaherezade Sam Star Tour” MChJ

21.

Toshkent shahridan amalga oshiriladigan “Afrosiyob” tezyurar poyezdlariga ertalabki qo‘shimcha reyslarni kiritish masalasini ko‘rib chiqish hamda ular jadvalini Samarqand viloyatiga keluvchi turistlar oqimidan kelib chiqib optimallashtirish.

2017-yil avgust

-

-

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

22

Samarqand shahrining markaziy ko‘chalari hamda sayyohlik namoyishi obyektlari atroflarida umumqabul qilingan turizm yo‘l ko‘rsatkichlari va belgilarini o‘rnatish.

2017-2018-yillar

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, IIV, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

23.

Samarqand tumanidagi “Konigil Meros” qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini (2 km) ta’mirlash.

2017-2018-yillar

240,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi

24.

Samarqand shahridagi “Abu Mansur al-Moturudiy” majmuasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash.

2017 — 2019-yillar

500,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Respublika yo‘l fondi

25.

M-37, M-39 avtomagistralining Samarqand — Buxoro, Samarqand — Termiz yo‘nalishlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2017 — 2019-yillar

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Respublika yo‘l

jamg‘armasi mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Respublika yo‘l jamg‘armasi

26.

Samarqand sh. — Urgut tumani — Taxtaqoracha dovoni yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlarini olib borish.

2017 — 2019-yillar

Loyiha-smeta hujjatiga muvofiq

Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi

27.

Samarqand shahri — Samarqand tumani (Mironko‘l, Ohalik) yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2017 — 2019-yillar

Loyiha-smeta hujjatiga muvofiq

Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Samarqand viloyati hokimligi

28.

Samarqand shahrining tarixiy qismida hamda Samarqand xalqaro aeroporti va temiryo‘l vokzalida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot tashkil etish.

2018-yil avgust

-

Tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskori mablag‘i, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

29.

Davlat rivojlanish dasturlari doirasida quyidagilarga olib boruvchi yo‘l-transport tarmog‘ini yaxshilashga qaratilgan avtomobil yo‘llari qurilishi va qayta qurilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:

“Zarafshon” davlat qo‘riqxonasi;

“G‘avsul A’zam”, “Chor Chinor”, “Xo‘ja Omon” ziyoratgohlari hamda “Dobusiya” arxeologiya yodgorligi.

2018-2019-yillar

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Respublika yo‘l jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

IV. Samarqand shahri hududini obodonlashtirish

30.

Quyidagilarni e’tiborga olgan holda Samarqand shahri tarixiy qismining mukammal loyihalashtirilgan rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Samarqand shahrining ichki tarixiy qismi hududini obodonlashtirgan holda tarixiy qiymatga ega bo‘lmagan, nurab yotgan uylar va boshqa binolarni belgilangan tartibda Samarqandning tarixiy qiyofasiga moslagan holda piyodalar uchun hududlarni tashkil etish;

piyodalar uchun mo‘ljallangan hududlarda past qavatli kafe, restoranlar, savdo-ko‘ngilochar komplekslar va boshqa turizm obyektlarini qurish;

tarixiy obyektlarni yorqin ranglar bilan yoritish, turistik piyodalar yo‘nalishini tungi yoritish moslamalari bilan jihozlash, turistik obyektlar atrofidagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va mavjud yo‘llarni qoplamalar bilan ta’minlash;

kechki va tungi turistik marshrutlarni tashkil qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik obyektlarga olib boradigan ichki yo‘llar va avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;

piyodalar yo‘laklari, kanalizatsiya tizimlari va boshqa muhandislik-kommunal infratuzilmani ta’mirlash.

2017-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, ixtisoslashgan fondlar, tadbirkorlik subyektlari — loyihalar tashabbuskorlari mablag‘lari

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

31.

Turizm infratuzilmasi obyektlarida, shu jumladan Samarqand shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, joylashtirish vositalarida, shuningdek xorijlik tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish punktlarida xorijiy (Visa Card, Master Card, American Express va boshqalar) va milliy valyuta qabul qiladigan terminallarni o‘rnatish, valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini tashkil etish.

2017-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Tijorat banklari mablag‘i

Markaziy bank, Banklar uyushmasi, Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, tijorat banklari

32.

Turistlarning ommaviy yig‘iladigan joylarida, jumladan “Samarkand city” turizm zonasi va Samarqand shahrining tarixiy qismida Wi-fi zonalarini tashkil etish va butunjahon Internet axborot tarmog‘iga ulanish imkoniyatini yaratish.

2018-yil mart

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘i

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, Samarqand viloyati hokimligi

33.

Samarqand shahrining turistlar ommaviy yig‘iladigan joylarida (Registon maydoni, Toshkent ko‘chasi, Samarqand shahri xalqaro aeroporti va temiryo‘l vokzali) va boshqa joylarda axborot va ekskursiya markazlarini tashkil etish.

2018-yil mart

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

34.

Barcha madaniy meros obyektlari va boshqa turizm obyektlarida ma’lumotlar peshtaxtasini yagona tasdiqlangan namuna bo‘yicha o‘rnatish.

2018-yil mart

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi

35.

Samarqand shahrining markaziy qismida uning tarixiy qismiga tutashgan hududlarida beshta sanitariya-gigiyenik uzellarini qurish.

2018-yil mart

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati va Samarqand shahri hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

36.

Samarqand shahrida (Farhod, Kimyogarlar, Xishrav fuqarolar yig‘inlari, Shoirlar bog‘i majmuasi hududida) akvapark, istirohat bog‘lari, bolalar maydonchalari, attraksion va boshqalarni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar markazlarni barpo etish.

2018-2019

yillar

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand shahri hokimligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari

V. Keng qamrovli reklama kampaniyalarini o‘tkazish va Samarqand brendini targ‘ib etish

37.

Madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish taqvimini ishlab chiqish va tadbirlarni belgilangan muddatlarda tashkil etish.

Har yili

-

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tadbirkorlik subyektlari

38.

Samarqand shahrida har yili (dam olish kunlari) “Samarqand nonlari”, “Samarqand hunarmandlari”, “Milliy taomlar”, “Sharq shirinliklari” kabi festivallarni (yarmarkalarni) keng qamrovli reklama kampaniyasini o‘tkazgan holda tashkil etish hamda uni elektron ommaviy axborot vositalarida targ‘ib etish.

2017 — 2019-yillarda (reja-jadvalga asosan)

-

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tadbirkorlik subyektlari

39.

Samarqand shahrida “Samarqand shahri kuni” festival-bayramini (oktabr oyida) keng qamrovli reklama kampaniyasini hamda uni elektron ommaviy axborot vositalarida targ‘ib etgan holda o‘tkazish.

2017 — 2019-yillar

150,0

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

40.

Xorijda o‘tkaziladigan uchrashuvlar, xalqaro turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida viloyat turizm industriyasi vakillari va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini ta’minlash.

2017 — 2019-yillar

-

Tadbir ishtirokchilari mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Samarqand viloyati hokimligi

41.

Xorijiy turizm tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot turlari tashkil etish.

2017 — 2019-yillar

-

Ijrochilar mablag‘i

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, vazirlik va idoralar

42.

Madaniy meros obyektlari, teatrlar, muzeylar, restoranlar, kafelar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, sog‘lomlashtirish lagerlari, istirohat bog‘lari va Samarqand viloyatining boshqa ko‘ngilochar maskanlari ma’muriyatlarini “Xalqaro turizm ko‘rgazmasi” (aprel oyida) va “Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi”da (oktabr oyida) ishtirok etishiga va Samarqand viloyatining turizm salohiyati taqdimotini yuqori darajada o‘tkazishga jalb qilish.

2017 — 2019-yillar (aprel, oktabr)

-

Tadbirlar ishtirokchilari mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

43.

Malayziya va Indoneziya davlatlaridan tashrif buyuradigan ziyoratchi-turistlar uchun Samarqand shahrida ziyorat turlarini tashkil qilish.

2017 — 2019-yillar

-

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

44.

“Samarkand city” turizm zonasida va Samarqand shahrining boshqa joylarida shou-dasturlar, tarixiy voqealar aks ettirilgan teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor ansambllari va zamonaviy estrada artistlari chiqishlari, modalar ko‘rgazmalari va boshqa tomoshabop tadbirlarni tashkil qilish.

2017 — 2019-yillar

-

Ijrochilar mablag‘i

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

45.

Hududning diqqatga sazovor joylari va tarixiga bag‘ishlangan maqolalarni tayyorlash hamda “Wikipedia” elektron ensiklopediyasida joylashtirish.

2017-yil avgust

-

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, Samarqand viloyati hokimligi

46.

Ommabop elektron xaritalar (Google va h. k.), portallar (expedia, tripadvisor va h. k.) va ijtimoiy tarmoqlarda (facebook, instagram) Samarqand viloyati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni joylashtirish.

2017-yil avgust

-

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, Samarqand viloyati hokimligi

47.

Viloyatning barcha tarixiy va madaniy obyektlari, mehmonxonalari, turizm agentliklari, restoranlari va boshqa diqqatga sazovor joylari to‘liq aks ettirilgan turizm xaritasini tayyorlash.

2017-yil oktabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘i

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

48.

Hududning turizm salohiyatini targ‘ib etish maqsadida milliy madaniyat, urf-odatlar, Samarqand viloyatining tabiati va o‘ziga xos taomlarini o‘zida mujassamlashtirgan videofilmni yaratish, uni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligining rasmiy veb-sahifalari va “uzbekistan.travel” portalida joylashtirish.

2017-yil dekabr

-

Ijrochilar mablag‘i

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, Samarqand viloyati hokimligi, Milliy teleradiokompaniya

49.

Samarqand viloyati mehmonxonalari va restoranlari uyushmasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish, bunda uyushmaning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi restoran va mehmonxonalar manfaatlarini ifoda etish;

restoran va mehmonxonalar egalarining kasbiy manfaatlarini himoya qilish;

ma’lumot va reklama materiallarini chop etish;

turizm biznesini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar to‘g‘risida uyushma a’zolariga ma’lumot yetkazish.

2018-yil avgust

-

-

Savdo-sanoat palatasi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, tadbirkorlik subyektlari

VI. Yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish (ekologik, ilmiy, ekstremal,
gastronomik va boshqalar)

50.

Oqdaryo tumani “Kirkdarxon-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida turizm majmuasini barpo etish (mehmonxona qurish, turistlarga o‘zbek xalqining qadimgi va bugungi yashash tarzi, urf-odatlari, udumlari, oshxonasi va agroturizmini namoyish etish).

2017-2018-yillar

800,0

(500,0 tadbirkorlik subyektlari mablag‘i,

300,0 tijorat banklari kreditlari)

Loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, xususiy tadbirkor
(D. Shirinqulova)

51.

Jomboy tumani “Galakapa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “eko” va “agro” turizmi yo‘nalishlarini tashkil etish orqali turizm majmuasini barpo qilish.

2017-2018-yillar

600,0

(400,0 tadbirkorlik subyektlari mablag‘i,

200,0 tijorat banklari kreditlari)

Loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Jomboy tumani hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, “Lejand do’ Samarkand M7” MChJ

52.

Urgut tumani “Omonqo‘ton” fuqarolar yig‘ini hududida ekoturizm majmuasini barpo qilish.

2017-2018-yillar

700,0

(300,0 tadbirkorlik subyektlari mablag‘i,

400,0 tijorat banklari kreditlari)

Loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, “Urgutekoturizm” MChJ

53.

Urgut tumani “Beshkon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mevali va manzarali ko‘chatlar ekish orqali ekoturizm hududini barpo qilish (umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo do‘konlari, dam olish maskanlarini tashkil etish).

2017-2018-yillar

800,0

(100,0 tadbirkorlik subyektlari mablag‘i,

700,0 tijorat banklari kreditlari)

Loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tadbirkor (D. Bobomurodov)

54.

Urgut — Kitob yo‘li bo‘ylab joylashgan “Taxtaqoracha” dovonida turistlar uchun 0,24 ga maydonda ekoturizm hududini tashkil qilish(milliy taomlar oshxonasi, choyxona, avtoturargoh, savdo do‘konlari, 20 o‘rinli mehmonxona tashkil etish).

2017-2018-yillar

700,0

(350,0 tadbirkorlik subyektlari mablag‘i,

350,0 tijorat banklari kreditlari)

Loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyekti mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hamkorbank” ATB, “Golib kadastr qurilish servis” XK

55.

Samarqand tumani “Oxalik” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Mironkul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida (9,6 ga maydonda) ekoturizm hududi va turizm majmuasini barpo qilish.

2017-2018-yillar

12 000,0

Loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyekti mablag‘lari

Samarqand viloyati va Urgut tumani hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Original maks lux” fermer xo‘jaligi

56.

Samarqand tumani “Oxalik” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Mironkul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida (3,0 ga maydonda) ekoturizm hududini barpo qilish.

2017-2018-yillar

2 500,0

(1 500,0 tadbirkorlik subyektlari mablag‘i,

1 000,0 tijorat banklari kreditlari)

Loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyekti mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati va Samarqand tumani hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, xususiy tadbirkor
(F. Xurramov)

57.

Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Imom al-Buxoriy va boshqa allomalarning tavallud kunlari munosabati bilan taniqli olimlar va adabiyotshunoslarni jalb qilgan holda xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazish.

2017 — 2019-yillar

-

Ijrochilar mablag‘i

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

58.

Jomboy tumanidagi Zarafshon davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan hududida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, bunda:

Zarafshon davlat qo‘riqxonasi hududini va u yerda saqlanayotgan Buxoro bug‘usini (xongulni) ko‘paytirish, saqlash jarayonini keng qamrovli kuzatish uchun belgilangan tartibda ilmiy-rekreatsion hududni tashkil etish;

uni yangi turizm marshrutlariga kiritish.

2018-2019-yillar

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Samarqand viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Agrobank” ATB,

tadbirkorlik subyektlari

VII. Samarqandning turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashni ta’minlash

59.

Fransiya, Ispaniya, Turkiya va turizm tarmog‘i rivojlangan boshqa mamlakatlardan xorijiy mutaxassislar va yetakchi konsultantlarni qisqa kurslarda dars berishga jalb qilish orqali Samarqand viloyatidagi ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida xorijiy tillar, mehmonxona va turoperatorlik faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish.

2017-yil sentabrdan boshlab

muntazam ravishda

-

Ijrochilar mablag‘i, xalqaro moliya institutlarining grantlari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

60.

Turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida:

Samarqand viloyati turizm tashkilotlari xodimlari uchun (shartnoma asosida, yiliga kamida ikki marotaba) qisqa muddatli o‘quv kurslarini muntazam tashkil qilib borish;

Turistlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ishtirok etuvchi turizm sohasi tashkilotlari uchun xalqaro ekspertlarni keng jalb qilgan holda seminar va mahorat darslari o‘tkazib borish.

2017 — 2019-yillar

-

Ijrochilar mablag‘i

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Samarqand viloyati hokimligi, turizm sohasi subyektlari

61.

“Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha respublika markazi” DUKda hududning kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va turizm sohasi xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish.

2017 — 2019-yillar

-

Ijrochilar mablag‘i

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

62.

Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni transportda tashish davrida xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatidagi transport tashkilotlari xodimlari uchun ixtisoslashtirilgan kurslarni (yiliga kamida ikki marotaba) tashkil etish.

2017 — 2019-yillar

-

Ijrochilar mablag‘i

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tadbirkorlik subyektlari, transport faoliyati subyektlari

Jami:

39 340,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlariga ko‘ra hisoblangan qiymat aniqlashtiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 616-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)