Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SPIRT, ALKOGOLLI MAHSULOTLAR VA TAMAKI MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISHNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari gʻayriqonuniy ishlab chiqarilishi, ular kontrabandasi va aylanishi hollariga barham berish, budjetga daromadlar tushumining toʻliqligini taʼminlash, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov va Bosh vazirning oʻrinbosari B.M. Olimjonov tomonidan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi hamda spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ustidan sust rahbarlik qilinayotganligi qayd etilsin.
Spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning rahbarlari, rahbarlarning oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislar lavozimlarini maxsus maʼlumotga va tegishli tayyorgarlikka ega boʻlmagan shaxslar egallab turishi yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan hol deb hisoblansin.
Qonun hujjatlarini buzish, spirt va vino-aroq mahsulotlarini gʻayriqonuniy ishlab chiqarish va sotish hollari davom etmoqda.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari faoliyati ustidan sust nazorat qilinayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliya inspektorlari faoliyatiga har chorakda baho bersin hamda moliya inspektorlariga biriktirilgan korxonalarda aniqlangan har bir qonun buzilishini ularning egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi sifatida qarasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning rahbarlari, rahbarlarning oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislari (muhandislar va texnologlar), bosh buxgalterlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus idoralararo komissiya tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Komissiya bir oy muddatda xodimlarning koʻrsatib oʻtilgan toifalarini talabchanlik bilan attestatsiyadan oʻtkazsin hamda ularning saflarini kasbiga yaroqsiz shaxslardan va jinoyatchi unsurlardan shafqatsiz tozalasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari gʻayriqonuniy ishlab chiqarilishi, keltirilishi va sotilishi hollarini aniqlash va ularga barham berish boʻyicha rejali va muntazam ish olib borilishini taʼminlasinlar.
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi tizimiga kirmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan spirt ishlab chiqarilishi;
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24-martdagi 2006-yil 51-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
texnologiya ehtiyojlari uchun sotib olinadigan texnik spirt qayta sotilishi;
spirtning masʼuliyatli saqlashga topshirilishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
texnik spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan faqat yuridik shaxslarga sotiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
spirtni masʼuliyatli saqlashga topshirish daromadni yashirishga tenglashtiriladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ushbu tartib buzilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
barter bitishuvlarida qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari vino-aroq mahsulotlari bilan barter operatsiyalari oʻtkazganligi uchun qonun hujjatlarida soliq toʻlashdan bosh tortganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
vino-aroq mahsulotlari bilan barter operatsiyalarida qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq organlari tomonidan bitishuv summasining 100 foizi miqdorida jarima solinadi, u respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
sotiladigan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari uchun oldindan haq toʻlash miqdori kontrakt tuzilgan mahsulotning butun hajmi uchun aksiz soligʻi summasini oʻz ichiga olishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar kontrakt tuzilgan mahsulotning haqi toʻlangan hajmini oʻz vaqtida yuklab joʻnatmaganligi uchun (mablagʻlar tushgan kundan boshlab 3 bank kunidan ortiq) xaridorga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun oʻz vaqtida yuklab joʻnatilmagan mahsulot qiymatining 3 foizi miqdorida aybona toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzdavstandart” markazi tizimida xodimlarning umumiy soni doirasida Davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va unga alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish vazifasi yuklansin.
“Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda Alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi nizomini va tuzilmasini oʻn kun muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi:
spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida huquqni buzishga yoʻl qoʻygan shaxslarni oʻz vaqtida maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarga ogʻishmay rioya qilinishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, keltirish va sotishni tashkil etishda yuzaga kelayotgan ahvolni yarim yillik yakunlari va umuman yil yakunlari boʻyicha muntazam ravishda tahlil qilib borsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 23-sentabr,
444-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 58-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)