21.09.1999 yildagi 439-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TABIIY GAZ YETKAZIB BERISh VA UNING UChUN HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xo‘jaligini isloh qilishni faollashtirish, aholi tomonidan gaz sarflanishini tartibga solish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, iste’molchilarning barcha toifalariga gaz sotish “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan topshiriq shartnomasiga ko‘ra “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari gaz sarfini hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan ulgurji iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzmasinlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, olingan tabiiy gaz uchun “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bilan hisob-kitoblar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji iste’molchilar tomonidan ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan amaldagi tarif bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana iste’molchilar (aholi) tomonidan amaldagi chakana tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi tabiiy gaz berish va uzatishga tariflar hisob-kitobini kelishish uchun o‘n kun muddatda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi gaz taqsimlash stansiyalari bilan iste’molchilar oralig‘idagi gaz tarmoqlarini belgilangan tartibda 1-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar va tashkilotlar balansiga berilayotgan gaz tarmoqlaridan “O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari”ga muvofiq ishonchli foydalanilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari huzurida suv va gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan xizmatlar tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28martdagi 99-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovada ko‘rsatilgan iste’molchilarning gaz yetkazib beruvchi oldidagi muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarini hisobga olish va to‘lash mexanizmini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji iste’molchilar va aholi tomonidan gazning mavsumlar bo‘yicha bir maromda iste’mol qilinmasligi tufayli paydo bo‘ladigan qarzlarni tabaqalashtirilgan narxlar bo‘yicha qoplash mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi gaz sotuvchi tashkilotlarining va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining ulgurji iste’molchilar bo‘yicha 1999-yil 1-sentabrdagi holatiga ko‘ra debitorlik va kreditorlik qarzlarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 1999-yil 1-noyabrgacha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘zneftgazinspeksiya”) to‘g‘risidagi Nizomni, bunda uning bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ulgurji iste’molchilari va aholiga gaz yetkazib berish qoidalarini tayyorlasinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz sarfi hisoblagichlari) mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gaz sarfi normalari to‘g‘risida” 1993-yil 25-maydagi 249-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirishlar kiritishga doir takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
1- ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi balansidan korxona va tashkilotlar balansiga beriladigan yuqori bosimli gaz tarmoqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gaz tarmoqlari‎

Diametri (mm)‎

Uzunligi (km)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Energetika va elektrlashtirish vazirligi

1.‎ GTSdan ToshGRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — ToshGRES balansiga

1-tarmoq D-700
‎2- tarmoq D-500 ‎

5,2
‎ 3,0 ‎

2.‎ GTSdan Yangi Angren GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri Yangi Angren GRES balansiga‎

1- tarmoq D-1020
‎2- tarmoq D-720 ‎

3,6
‎3,6 ‎

3.‎ GTSdan Navoiy GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri— Navoiy GRES balansiga‎

1- tarmoq D-630
‎2- tarmoq D-700 ‎

6,3
‎ 22,5 ‎

4.‎ GTSdan Sirdaryo GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — Sirdaryo GRES balansiga‎

1- tarmoq D-700
‎2- tarmoq D-500 ‎

2,6
‎9,2 ‎

5.‎ GTSdan Taxiatosh GRESgacha yuqori bosimli gaz quvuri — Taxiatosh GRES balansiga‎

1- tarmoq D-500‎

2,6‎

Jami

58,6‎

“O‘zkimyosanoat” uyushmasi

1.‎ Chirchiq-1 GTSdan Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IBgacha yuqori bosimli gaz quvuri —Chirchiq “Elektrkimyosanoat” IB balansiga‎

1- tarmoq D-500‎ ‎

2.‎ Navoiy GTSdan “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasigacha yuqori bosimli gaz quvuri — “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga‎

1- tarmoq D-325
‎ 2- tarmoq D-219 ‎

13,0
‎1,0 ‎

3.‎ Janubi-Sharqiy GTSdan “Farg‘onaazot” ishlab chiqarish birlashmasigacha yuqori bosimli gaz quvuri “Farg‘onaazot” ishlab chiqarish birlashmasi balansiga‎

1- tarmoq D-500
‎2- tarmoq D-500 ‎

17,5
‎17,5 ‎

Jami‎

53,1‎

“O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi‎

1. ‎GTSdan “Ohangaronsement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Ohangaronsement” AJ balansiga

‎1- tarmoq D-325
‎2- tarmoq D-400

6,1
‎ 6,1 ‎

2.‎ GTSdan “Quvasoysement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Quvasoysement” AJ balansiga‎

1- tarmoq D-219‎

3,5‎

3.‎ GTSdan “Navoiysement” AJgacha yuqori bosimli gaz quvuri “Navoiysement” AJ balansiga‎

1- tarmoq D-325‎

14,0‎

Jami ‎

29,7‎

Hammasi ‎

141,4‎

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-sentabrdagi 439-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgazsotish” shu’ba (unitar) korxonasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI

“O‘zgazsotish” korxonalari xodimlarining umumiy soni – 2400 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zgazsotish” shu’ba korxonasi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida o‘zgartirish kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 2002-y., 5-6-son, 45-modda; 2003-y., 19-son, 179-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 37-son, 411-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda)