1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar mazmuni |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish uchun masʼullar |
|
I. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi)ni oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
2017-yil avgust |
- |
Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), |
|
2. |
Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini tuzish va tasdiqlash. |
2017-yil avgust |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (Lavozimi boʻyicha) |
|
3. |
Filialni yuqori malakali rahbar kadrlar bilan taʼminlash. |
2017-yil avgust |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
4. |
Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning potensial isteʼmolchilari — viloyat korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar vakillarini kiritish. |
2017-yil avgust |
- |
Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
5. |
Filial professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan olim va mutaxassislarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida Termiz shahrida qurilayotgan arzon uy joylardan imtiyozli shartlar asosida ajratish: 2017-yil — 25 ta; 2018-yil — 20 ta; 2019-yil — 20 ta; 2020-yil — 15 ta. |
2017 — 2020-yillar |
Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari |
Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), |
|
II. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash | ||||
|
6. |
Filialga ajratilgan Termiz shahri, Sulton Saodat koʻchasi, 288 “a”-uy manzilda joylashgan Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining binolari va inshootlarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. |
2018-yildan boshlab |
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), |
|
7. |
Filial taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)ga mos zamonaviy oʻquv laboratoriya bazasini tashkil etish. |
2018-yil sentyabr |
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), |
|
III. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining oʻquv-metodik va pedagogik taʼminotini tashkil etish | ||||
|
8. |
Filialning taʼlim yoʻnalishlarini (mutaxassisliklarini) tasdiqlangan oʻquv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash. |
2017-yil avgust |
- |
Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
9. |
Filialda maxsus fanlar boʻyicha �ashgʻulotlar olib borishga jalb qilish uchun Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan malakali pedagog kadrlar tarkibini shakllantirish. |
2017-yil avgust |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
10. |
Filialni oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash. Filialning axborot-resurs markazini tashkil etish. |
2017-yil oktyabr |
Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
11. |
Toshkent davlat texnika universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar oʻqish uchun Filialda masofadan oʻqitish elementlarini joriy etish uchun texnik, dasturiy va metodik shart-sharoitlar yaratish. |
2018-yil dekabr |
Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
12. |
Filial kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish. |
2018 — 2023-yillar |
Davlat grantlari va xoʻjalik shartnomalari boʻyicha tushgan mablagʻlar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
13. |
Mintaqaning yetakchi korxonalari va tashkilotlari bilan birga qoʻshma ilmiy- tadqiqot va ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish. |
2018-yildan boshlab |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov) |
|
14. |
Filial professor-oʻqituvchilarini Toshkent davlat texnika universitetida va chet el oliy taʼlim muassasalarida malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish. |
2018-yildan boshlab |
Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, “Isteʼdod” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika |
|
15. |
Axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini taʼminlash. Filialda maʼruzalar va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish. |
Doimiy ravishda |
Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov), Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (Maxmudov) |
3-ILOVA