O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN TOVARLARGA SHTRIXLI KODLASHNI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berilganligi;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etilganligi;
“O‘zdavstandart” markazi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritishni tashkil etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shtrixli kodlash tizimini qo‘llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’minlash funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 1999-yil sentabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo korxonalari vakillarini ko‘rsatib o‘tilgan tizimni qo‘llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun “O‘zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)” mavzuyida respublika seminari o‘tkazsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni:
eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki o‘rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil 1-martgacha;
boshqa barcha tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil oxirigacha joriy etish tavsiya qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, o‘z mahsulotiga “EAN International” shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholini va tovar ishlab chiqaruvchilarni O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni shtrixli kodlashni joriy etish tartibi, qoidalari va muddatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-sentabr,
438-son
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
tovar — bevosita yoki ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali sotish uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va/yoki yetkazib beriladigan (iste’mol qilish va ishlab chiqarish maqsadidagi) mehnat mahsuloti;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarish, savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yoxud xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlar;
shtrixli kod bilan tamg‘alash — shtrixli kodni tovar birligi yuzasiga qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
GSI shtrixli kodi — tovar birliklarini identifikatlashtirish va ularni tamg‘alash uchun “GSI” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi qoidalarida belgilangan o‘lchamlar bilan va joylashtirilgan holda izchil joylashtirilgan parallel shtrixlar va ular o‘rtasidagi oraliqdagi kombinatsiyalar bilan ifodalangan raqamli kod;
(kirish qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tovarlarni GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alash Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ, “GSI” — tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining standartlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘z tovarlari GSI shtrix kodlari bilan tamg‘alanishi istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlari tashkilotning va O‘zbekiston milliy standartlariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotning shtrixli kodida foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “GSI Uzbekistan” uyushmasida ro‘yxatdan o‘tadilar” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazida ro‘yxatdan o‘tadilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari — o‘z tovarlari GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alanishi istagini bildirgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchilar Standartlashtirish bo‘yicha milliy organga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Davlat reyestriga kiritish va shtrixli kodlarning original-maketlarini olish uchun O‘zbekiston milliy standartlari talablariga muvofiq mahsulotlar haqidagi axborotni taqdim etadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
4. Tadbirkorlik faoliyati subyekti — shtrixli kod qo‘yilgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchi buyurtmachining talabiga ko‘ra uni yetkazib berish boshlangunga qadar ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun buyurtmachiga mahsulotlar (tovarlar)ning asosiy iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida axborot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “GSI Uzbekistan” uyushmasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ishlab chiqariladigan va yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alash huquqiga ega emaslar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari shtrixli kodlash bo‘yicha standartlar va mazkur Nizom talablarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. TOVARLARNI GSI SHTRIXLI KODLARI BILAN TAMG‘ALASH
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alash tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ushbu Nizom qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mahsulot (tovar)larni GSI shtrix kodlari bilan tamg‘alash tadbirkorlik faoliyati subyekti tomonidan GS1 tasniflash va kodlash sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami, ishlab chiqarilayotgan tovarning raqamli kodi va shtrixli kodning original-maketi olingandan keyin ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mahsulotlarga (tovarlarga) qo‘shimcha ishlov beradigan (qadoqlash, idishga qayta joylash va boshqalar) tadbirkorlik faoliyati subyektlari ularni shuningdek GSI shtrixli kodi bilan tamg‘alashlari mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III va IV bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 56-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)