23.06.2017 yildagi F-4977-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbektelekom” AKning yagona tarmoq va maʼlumotlarni qayta ishlash markazi negizida elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari faoliyat yuritishi uchun maʼlumotlar uzatish tizimi (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar uzatish tizimi) yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbektelekom” AK uning “Oʻzbektelekom” AKning mavjud telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa telekommunikatsiya operatorlari negizida yaratilishi, shuningdek, uning uzluksiz faoliyat yuritishini belgilangan tartibda taʼminlovchi maʼlumotlar uzatish tizimi operatori etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish moslamalarining maʼlumotlarni uzatish tizimi orqali maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markaziga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4977-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi F-4977-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridani Majburiy ijro byurosining samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanini

Amalga oshirish shaklari

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosini (keyingi oʻrinlarda — Byuro) elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash va toʻlovlarni amalga oshirish hisoblagichlari bilan taʼminlash

1.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash va toʻlovlarni amalga oshirish uskunalari bilan taʼminlash. Byuroni dasturiy taʼminoti bilan 4386ta toʻlov terminallari bilan jihozlash (elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qiluvchi 4193 nafar davlat inspektorlari uchun, shuningdek tuman va shaharlar Byurolarining 193 ta boʻlimlari uchun) bular elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash uskunalari koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitobni amalga oshirish imkonini beradi.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Banklar uyushmasi (S.Y. Abdullayev),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultonov)

2.

Markaziy bankning kassa ishi, inkassatsiya va tijorat banklarida qimmatli buyumlar tashishni tashkil etish Yoʻriqnomasiga (27.06.2008-yildagi 1831-son bilan roʻyxatga olingan) oʻzgartirishlar kiritish, ularda tijorat banklariga viloyat tumanlari va shaharlarida bankning hududiy filiallari mavjudligidan qatʼi nazar kassalarni ochish huquqi berilishi nazarda tutitladi.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil 1-iyulgacha

Markaziy bank (M.Nurmuratov),

Adliya vazirligi (M. Ikromov)

3.

Tumanlar (shaharlar) Byurolari boʻlimlarining huzurida bank kassalarini ochish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

tijorat banklari,

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

4.

Inkassatsiya xizmatlari orqali naqd pul mablagʻlarini boshqa tijorat banklarining filiallariga topshirganliklari uchun tegishli filialning vakillik hisob varagʻiga bir kun ichida pul mablagʻlari kelib tushishini taʼminlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil 1-iyulgacha

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

5.

Banklararo chakana toʻlovlarning ishlab turgan va tashkil etilayotgan infratuzilmasida “GlobUzCard” va “Uzsard”toʻlov tizimlarining plastik kartalariga oʻzaro xizmat koʻrsatish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil 1-avgustgacha

Banklar uyushmasi (S. Abd?llayev),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Yagona umumrespublika protsessing markazi (Sh. Fayzullayev),

Yagona xalqaro protsessing markazi

(B. Teshabayev)

II. Elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining mavjud boʻlgan billing tizimlarini takomillashtirish

6.

“Oʻzbektelekom” AK sana-markazi serveriga maʼlumotlar bazalarini yigʻish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan:

Tezkor xotirasi 4 GBga teng va protsessorning 1 yadrosidan iborat resurslarga ega boʻlgan 80 ta virtual serverlarni belgilangan tartibda tayyorlash;

“Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AKning sana-markazi oʻrtasida yuqor tezlikdagi aloqa kanalini belgilangan tartibda oʻtkazish;

“Oʻztransgaz” AK tuman boʻlinmalari maʼlumotlar bazalarini taqsimlash (Toshkent shahr — 2 virtual server, viloyat markazlari va katta shaharlar — 18 virtual server, boshqa hududlar, 60 virtual server).

Tashkiliy choralar-tadbirlar

2017-yil 30-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov)

7.

“Oʻzbektelekom” AKning maʼlumotlarini uzatish tarmogʻi negizida “Oʻztransgaz” AKningbelgilangan tartibda VPN-tarmogʻini yaratish va uni keyinchalik Byuroning axborot tarmogʻiga ulash.

Tarmoqni yaratish

2017-yil 1-noyabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov)

8.

Keyinchalik uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimi yaratilishini inobatga olgan holada “Oʻztransgaz” AK abonentlarining shaxsiy hisob varaqlarini unifikatsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-dekabrgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

9.

Hisob-kitob balansi va foydalanilgan elektr energiyasi toʻgʻrisida SMS-xabarlarni yuborish yoʻli bilan elektr energiyasi isteʼmolchilarini xabardor qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 15-iyulgacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

10.

Quyidagilarni:

“Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekenergo” AJ billing tizimlari maʼlumotlarini tahlil qilish va viziual aks ettirishning qoʻshimcha kichik tizimini ;

kelib tushgan toʻlovlar va qarzdorligi bor isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha hisobotlarning shakllarini;

berilgan va isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlari boʻyicha hisobotlarning shakllarini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-iyulgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

tizimni ishlab chiquvchi

11.

Byuro mutaxassislarini “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekeenrgo” AJ billing tizimlari bilan ishlashga oʻqitishni tashkillashtirish.

Oʻqitish grafigi

2017-yil 10-iyulgacha

Bosh prokurutara huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

III. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish

12.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasiqarori loyihasi

2017-yil 20-iyulgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),
“Oʻzinjiniring” RLI (T. Urazayev),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari

13.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini konsepsiyasinii ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2017-yil 1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” (A. Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
(E. Iskandarov),
“Oʻzinjiniring” RLI (T. Urazayev),
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari,
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni tayyorlash.

Texnik topshiriq

2017-yil 1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),
“Oʻzinjiniring” RLI (T. Urazayev),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro
(B. Qudratxoʻjayev),

ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari

15.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish loyihasi boʻyicha loyiha hujjatlarini (DTIA/TIA) ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik hujjatlar

2017-yil 1-dekabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar�i rivojlantirishvazirligi (Sh. Shermatov)
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),
“Oʻzinjiniring” RLI (T. Oʻrazayev),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari

16.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish loyihasining ijrochisi (pudratchisi)ni aniqlash hamda loyiha tashabbuskori bilan pudratchisi oʻrtasida shartnomalar tuzish.

Tanlov savdolarini oʻtkazish yoki Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish, shartnoma tuzish

2018-yil 1-yanvargacha

Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Shermatov),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimini ishlab chiqish, foydalanishga topshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov),
OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi(E. Iskandarov)

IV. Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni undirish darajasini oshirish chora-tadbirlari

18.

Turar joy va noturar joy fondining toʻliq inventarizatsiyasini oʻtkazish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

kadastr hujjatlari, loyiha hujjatlari, ulanish shartnomalari, sxemalari va boshqa zarur hujjatlar, hisoblash uskunalari, ularning soz holdaligi va normativ texnik talablargamosligi, isteʼmolchining billing tizimida roʻyxatga olinganligini aniqlash;

elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash asboblarini birgalikda plombalash;

elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmol qilishning haqiqiy hajmini va uning shartnomalarda nazarda tutilgan hajmlarga hamda amalga oshirilgan toʻlovlarga muvofiqligini aniqlash;

turar joy va noturar joy fondi obyektlarining egalari, kadastr maʼlumotlari, kommunikatsiyalari va imoratlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona elektron pasportlarni tayyorlash;

vazirlik va idoralarning maʼlumotlar tegishli axborot bazalariga zarur aniqliklar kiritish;

inventarizatsiya davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralar tomonidan har tomonlama yordam koʻrsatish.

Inventarizatsiya oʻtkazish grafigi

Tasdiqlash —2017-yil 25-iyungacha

Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),
OʻzgosenergonadzorDI (A. Nimatullayev),

“Oʻzgdavneftgazinspeksiya” DI, (L. Akbarxodjayev),

SanoatgeokontexnazoratDI (B. Gulyamov),
“OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),
OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov),
Bosh prokurutura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Davlat inspektorlarida zimmalariga yuklangan vazifalarni samarali bajarishlari uchun yuksak professinal fazilatlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish davlat inspektorlarini joylarda oʻqitishni tashkillashtirish.

Oʻqitishni oʻtkazish grafigi

2017-yil 15-iyulgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

“OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov)

20.

Byuroning davlat inspektorlari uchun qulayliklar yaratish va zimmaga yuklangan vazifalarning tezkor bajarilishini taʼminlash maqsadida shu jumladan imtiyozli kredit shartlarida mopetlar sotib olish.

Tashkliy chora-tadbirlar

2017-yil 15-iyulgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),

tijorat banklari

21.

Trubalarni qirqmasdan isteʼmolchilarni gaz taʼminoti tarmoqlaridan uzib qoʻyish uchun plombalash imkoniyati bilan maxsus ventellarni tayyorlash va oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-yanvargacha

OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

22.

Tabiiy gaz isteʼmolchilari uchun raqamlangan bir martalik plastik plombalar va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun — oʻzi yelimlanadigan plombalar xarid qilishni tashkillashtirish.

Dastavval — 5 million dona, keyinchalik — ehtiyojga qarab

2017-yil 15-iyulgacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Bosh prokuratura huzuridagi byuro (B. Qudratxoʻjayev)

23.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 2017-yil 1-iyun holati boʻyicha qarzdorlarning shaxsiy roʻyxatini (yuridik shaxslar — muhr bilan tasdiqlangan solishtirma aktlari bilan, jismoniy shaxslar — manzili va tuman, shahar elektr taʼminoti korxonasi boshligʻining imzosi bilan) Byuroga taqdim etish.

Hujjatlarning qogʻoz va elektron shakli

2017-yil 20-iyungacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

24.

“Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK boʻlinmalarining yagona hisob varaqlariga xizmat koʻrsatish uchun tijorat bankini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-iyulgacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

tijorat banklari

25.

Tushumlarning ishonarli hisobi yuritilishini va Byuro tomonidan pul mablagʻlari harakati monitoring qilinishini taʼminlaydigan yagona bank hisob-kitob hisob varaqlarida mablagʻlarni yigʻish tizimini joriy etish yoʻli bilan “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK korxonalarining elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni jamlaydigan bank hisob varaqlarini optimallashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 25-iyungacha

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

“OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov),
Bosh prokuratura(U. Sunnatov)

26.

Adliya vazirligi huzuridagi tugatilgan sud departamenti va uning hududiy boʻlinmalarining depozit va boshqa hisob varaqlarini inventarizatsiya qilishni tashkillashtirish, hisob varaqlardagi pul mablagʻlari bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini oʻrganish.

Yakunlarga koʻra,.mazkur hisob varaqlarni optimallashtirish va ijro ishini yuritishda kelib tushadigan pul mablagʻlarini jamgʻaradigan yagona hisob varaqni yaratish choralarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 15-iyulgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
Hisob palatasi (K. Akmalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

27.

Elektr energiyasi va gazdan oqilona foydalanish hamda energiya va gaz isteʼmoli tarmoqlarining kuchlanish yukini taqsimlash maqsadida ayrim korxonalar uchun 2018-yildan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil 1-yanvargacha

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
“Oʻzbekenergo”AJ (U. Mustafoyev),

“OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxjayev)

28.

Elektr energiyasi va tabiiy gazning toʻgʻri va qonuniy isteʼmol qilinishi nuqtai nazaridan avtomobilga gaz toʻldrishi kompressor stansiyalari va boshqa obyektlarga reydlar uyushtirish.

Reydlar oʻtkazish

doimiy

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxodjayev),

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),
OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov)

29.

Byuroning “Ishonch telefoni — 1107” yagona qisqa raqamini yaratib, uni elektr energiyasi va tabiiy gazni qonunga xilof ravishda isteʼmol qilish faktlari toʻgʻrisida axborot olish uchun Byuroning mahalliy boʻlinmalarini unga ulash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 15-iyulgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

30.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlikning hisobdan chiqarilishi ishonchliligini tekshirish va huquqni buzish faktlari boʻyicha zarur choralar koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-sentabrgacha

“Oʻzbek?nergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

31.

Xorijiy tajribani oʻrganish asosida elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berish, tashish, taqsimlash va sotishda yoʻqotishlarni aniqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil 25-iyulgacha

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
“Oʻzgdavenergonazorat” DI (A. Nimatullayev),
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI (L. Akbarxodjayev),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov)

32.

Bevosita isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli hajmlari bilan tegishli hududlar chegaralaridagi tarmoqqa yetkazib berilgan hajmlar oʻrtasida tafovutlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Byuroga taqdim etish tartibini belgilab beruvchi Yoʻriqnomani tasdiqlash.

Birgalikdagi qaror

2017-yil 20-avgustgacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

33.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun pul mablagʻlarining kelib tushish darajasiga taʼsir oʻtkazuvchi xatti-harakatlar va tadbirlarni Byuro bilan majburiy ravishda kelishish.

Yozma murojaat

Doimiy

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxjayev)

V. Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini(ENHOAT, GNHOAT) joriy etish

34.

Ekspertiza oʻtkazish va tegishli xulosalar berish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga ENHOATga oid amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha “Oʻzbekenergo” AJ tomonidan axborot kiritish.

Axborot yuborish

2017-yil 25-iyungacha

“OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Moliya vazirligi(B. Xodjayev),
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxadjayev),

“OʻzinjiniringRLI (T. razayev),
“Oʻzstandartagentligi (A. Xaitov),
Hisob palatasi (K. Akmalov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev)

Amalga oshirilayotgan ENHOAT boʻyicha taqlim etilgan xulosalar yuzasidan ekspertiza oʻtkazish va xulosalar berish.

Xulosalar berish

2017-yil 1-iyulgacha

ENHOATni joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning texnik tariflariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek elektr energiyasi isteʼmolini hisobga oluvchitexnik parametrlari boʻyicha bir xil zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati masalalari yuzasidan xalqaro va xorijiy moliya institutlari — donorlar bilan muzokaralar olib borish va kelishish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 10-iyulgacha

Yuqorida koʻrsatilgan ishlarning yakunlariga koʻra tegishli takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2017-yil 15-iyulgacha

35.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017-yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizoimini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5059-son Farmonida belgilangan vazifa va muddatlarni inobatga olgan holda ENHOATni joriy etish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil 1-avgustgacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
“Oʻzstandart” agentligi (A. Xaitov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

36.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida GNHOATni joriy etish boʻyicha tanlov natijalarini tanqidiy oʻrganib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-iyulgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxadjayev),

“OʻzinjiniringRLI (T.Urazayev),
Oʻzstandartagentligi (A. Xaitov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida quyidagilarni oʻrganish:

Tabiiy gaz isteʼmolining amaldagi hajmlari;

GNHOATga mos keladigan tabiiy gazni hisoblashning talab etiladigan uskunalari (ularning tur va oʻlchamlari) boʻyicha ishonarli miqdorini shakllantirish;

tegishli hududlarning chegaralarida.hisoblash uskunalarini oʻrnatish sxemalarini ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil 15-iyulgacha

GNHOATni joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning texnik tariflariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek tabiiy gaz isteʼmolini hisobga oluvchi texnik parametrlari boʻyicha bir xil zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati masalalari yuzasidan xalqaro va xorijiy moliya institutlari — donorlar bilan muzokaralar olib borish va kelishish..

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 1-avgustgacha

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida GNHOATni joriy etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini davom ettirish, shu jumladan mahalliy tabiiy gaz hisoblagich uskunalari ishlab chiqaruvchilarini jalb etish, respublikaning qolgan hududlarida GNHOATni joriy etish grafiklari tasdiqlanishini nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil 15-avgustgacha

37.

Zamonaviy energiya samarali gazdan foydalanuvchi asbob va uskunalar, GNHOATni joriy etish Konsepsiyada loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari, amalga oshirish muddatlari, grafiklari, shuningdek texnik parametrlari bir xil boʻlgan tabiiy gaz isteʼmolini hisoblovchi zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil 20-iyulgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

“Sanoatgeokontexnazorat” DI

(B. Gulyamov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Bosh prokuratura (U. Sunnatov),
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxadjayev),
“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev),
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI

(L. Akbarxodjayev)

38.

ENHOAT va GNHOATga, tashqi taʼsirdan yuksak darajada himoyalangan va nazorat qilish va hisobga olishning yagona tizimiga integratsiyalashgan, shu jumladan keyinchalik barcha energo resurslarining hisoblash asboblari maʼlumotlarini bir vaqtda ishlash imkoniyatini taʼminlaydigan elektr energiyasi va tabiiy gazning hisoblash uskunalariga qoʻyiladigan yagona normativ-texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil 1-sentabrgacha

Oʻzdavenergonazorat” DI

(A. Nimatullayev),
Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Oʻzstandartagentligi (A. Xaitov),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

39.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek energiya va gaz taʼminoti infratuzilmasi rivojlangan, debitorlik qarzi va elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari eng koʻp buzilgan mintaqalarda ENHOAT va GNHOATni joriy etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2017-yil 1-sentabrgacha

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

Oʻzdavenergonazorat” DI

(A. Nimatullayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

ixtisoslashtirilgan loyiha tashkiltlari

40.

Quyidagilar ijrosini tanqidiy oʻrganish:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2016-yildagi PQ–2661-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillar davrida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiyalash va yangilash dasturi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016-yiladgi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismonan toʻzgan va maʼnan eskirgan uskunalarini jadal yangilash, shuningdek ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2692-son qarori.

Oʻrganishni tashkil etish grafigi

Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha

Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Hisob palatasi (K. Akmalov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
OʻzdavneftgazinspeksiyaDI

(L. Akbarxodjayev),

Oʻzdavenergonazorat” DI

(A. Nimatullayev),

SanoatgeokontexnazoratDI

(B. Gulyamov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

41.

Elektr va gaz taʼminoti obyektlarining texnik holatini, shu jumladan bunday ishlarni amalga oshirishda xalqaro tajribaga ega boʻlgan xorijiy pudratchini jalb etgan holda aniqlash nuqtai nazaridan bunday obyektlarning inventarizatsiyasini oʻtkazish.

Inventarizatsiya oʻtkazish grafigi

Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha

Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“Oʻzbekenergo” AJ (A. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Hisob palatasi (K. Akmalov),

Moliya vazirligi(B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi(G. Saidova),

TIV (A. Kamilov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxadjayev),
“Oʻzdavneftegazinspeksiya” DI (L. Akbarxodjayev),

Oʻzdavenergonazorat”DI (A. Nimatullayev),

SanoatgeokontexnazoratDI

(B. Gulyamov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish yakunlariga koʻra elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari va punktlari, shuningdek gazotransport tarmoqlari obyektlarini toʻliq modernizatsiya qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil 20-yanvargacha

VI. Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisoblash uskunalarini oʻrnatish

42.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona va avtomatlashtirilgan tizimlariga, shuningdek uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlarining Yagona billing tizimiga integratsiyalashni va ularning muvofiqligini taʼminlaydigan elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash uskunalari uchun yagona davlat standartlarini tasdiqlash boʻyicha amalga oshirish shakli va muddatlarini, shuningdek masʼul ijrochilarni belgilagan holda xalqaro tajribani oʻrganish asosida takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumot

2018-yil 1-avgustgacha

“Oʻzstandartagentligi (A. Xaitov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev)

43.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarishni hisobga olish, tashish va taqsimlash nuqtalarida energiya resurslarini hisoblashning zamonaviy uskunalarini oʻrnatish, shuningdek Bosh prokurtarura huzuridagi Byuro bilan birgalikda ularni plombalash, bunda ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan �izimlarga integratsiyalashuvi va bir-biriga yanada mosligini taʼminlashni hisobga olish.

Hisoblash uskunalarini oʻrnatish grafigi

Tasdiqlash — 2017-yil 20-iyungacha

Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Moliya vazirligi(B. Xodjayev),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev)

44.

Elektr energiyasini hisoblash uskunalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va 1,1 million uskunalarning ENHOATga ulanishini taʼminlash, mazkur ishlarni elektr taʼminoti korxonalarining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi taʼminlanishini inobatga olish.

Elektr �nergiyasini hisobga oluvchi induksion uskunalarni inventarizatsiya qilish va energiya isteʼmol qilinadigan 1,5 millionta nuqtada ularni zamonaviy hisoblash uskunalariga almashtirish, mazkur ishlarni elektr taʼminoti korxonalarining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi taʼminlanishini inobatga olish.

Inventarizatsiya oʻtkazish, hisoblash uskunalarini oʻrnatish va almashtirish grafigi

Tasdiqlash —

2017-yil 1-iyulgacha

Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev)

45.

Hisoblash uskunalarini inventarizatsiya qilish va hisoblash uskunalari boʻlmagan 21,5 ming isteʼmolchigazamonaviy elektr energiyasini hisoblash uskunalarini oʻrnatish, mazkur ishlarni elektr taʼminoti korxonalarining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi taʼminlanishini inobatga olish

Elektr energiyasini hisobga oluvchi induksion uskunalarni inventarizatsiya qilish va energiya isteʼmol qilinadigan 1,5 millionta nuqtada ularni zamonaviy hisoblash uskunalariga almashtirish, mazkur ishlarni elektr taʼminoti korxonalarining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi taʼminlanishini inobatga olish.

Inventarizatsiya oʻtkazish, hisoblash uskunalarini oʻrnatish va almashtirish grafigi

Tasdiqlash —

2017-yil 1-iyulgacha






Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),
Axborot tex�ologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev)

46.

Hisoblash uskunalariga ega boʻlmagan va suyultirilgan gaz taʼminotiga oʻtkazish rejalashtirilmagan isteʼmolchilarni (taxminan 903,8 mingta) xatlovdan oʻtkazish va ularni tabiiy gazni hisoblash zamonaviy uskunalari bilan taʼminlash mazkur ishlarni gaz taʼminotikorxonalarining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi taʼminlanishini inobatga olish.

Suyultirilgan gaz taʼminotiga oʻtish rejalashtirilmagan, isteʼmolchilarning mavjud hisoblash uskunalarini inventarizatsiya qilish va ularni zamonaviy tabiiy gazni hisoblash uskunalari bilan almashtirish (taxminan 2,3 millionta) mazkur ishlarni gaztaʼminoti korxonalarining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi taʼminlanishini inobatga olish.

Inventarizatsiya oʻtkazish, hisoblash uskunalarini oʻrnatish va almashtirish grafigi

Tasdiqlash —

2017-yil 1-iyulgacha








Amalga oshirish — grafik boʻyicha

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

47.

Mamlakatda GNHOAT bilan mos keladigan tabiiy gazni hisoblovchi zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil 1-sentabrgacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),

“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
“Oʻzstandart” agentligi (A. Xaitov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev)

VII. Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish

48.

Muqobil energiya manbalari boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar inventarizatsiyasini oʻtkazish, ularning samaradorligini tanqidiy baholash va eng avvalo mahalliy ishlab chiqaruvchilarni keng jalb etgan holda ushbu loyihalarni amalga oshirishning takshiliy-huquqiy mexanizmlari va texnik konsepsiyasini takomillashtirishga oid takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil 1-avgustgacha

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov),
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev)

49.

Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifa va funksiyalarining samaradorligini oʻrganish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish natijalari boʻyicha ushbu sohani boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil 1-oktabrgacha

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov),
Moliya vazirligi

(B. Xodjayev),
Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),
“OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),
“OʻzbekneftgazAJ (A. Sultanov)

50.

Oʻrnatilgan quvvatlarni, shuningdek muqobil manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyasi hisob olish sohasidagi statistik hisobotni takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil 1-oktabrgacha

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

51.

Oʻzbekiston Respublikasining “Muqobil energiya manbalari toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil 1-iyulgacha

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, (L. Akbarxodjayev),

Oʻzdavenergonazorat” DI

(A. Nimatullayev),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Adliya vazirligi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

52.

“Muqobil energiya manbalari toʻgʻrisida”gi Qonunning amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil 1-oktabrgacha

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

“Oʻzdavenergonazorat”DI (A. Nimatullayev),
Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
OʻzbekgidroenergoAJ (A. Sanginov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Adliya vazirligi

(M. Ikramov),manfaatdor vazirlik va idoralar

53.

Energiyani tejaydigan texnologiyalar vaqayta tiklanadigan energiya sohasida texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun oʻrnatilgan imtiyozlar, preferensiyalar va ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlar boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻtkazish.

Video-roliklar, konferensiyalar, matbuot uchun axborotlar, maqolalar

doimiy asosda

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov),
“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

“OʻzbekgidroenergoAJ (A. Sanginov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(N. Matchanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

54.

Xalqaro standartlarni oʻrganish asosida muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat standartlarini takomillashtirish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil 1-iyulgacha

Oʻzstandartagentligi (A. Xaitov),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(N. Matchanov),
“OʻzeltexsanoatAK (F. Bakiyev),

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev)

55.

“Qayta tiklanadigan energiya manbalari. Shamol energiyasi. Shamol energetikasi. Shamol energetikasi qurilmalari. Umumiy texnik talablar”OʼzDSt 1314:2009 hamda “Biogazli qurilmlar. Umumiy texnik shartlari”OʼzDSt 2798:2013 davlat standartlarini xalqaro talablar asosida qayta koʻrib chiqish va ularning yangi taxririni tasdiqlash.

Standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash

2017-yil 1-avgustgacha

“Oʻzstandart” agentligi (A. Xaitov),

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B. Zakirov),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

56.

Respublikaning viloyat markazlarida fotoelektrik stansiyalar va quyosh yordamida suv isitish tizimlarini yaratish takliflarini tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil 5-iyulgacha

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev),

OʻzbekenergoAJ (U. Mustafoyev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(N. Matchanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

57.

Quyosh panellari va batareyalari energiya samarador isitish qozonlari hamda energiya tejaydigan boshqa texnologiyalarni joylarning oʻzida ishlab chiqarishni (mahalliylashtirishni) tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil 5-iyulgacha

58.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan energiyani tejaydigan texnologiyalar, shu jumladan quyosh panellari va batareyalari, suv isitish tizimlari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya samarador isitish qozonlari oʻrnatishni qurilayotgan koʻp xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek ularga tutash hududlarning loyiha hujjatlariga majburiy ravishda kiritish.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil 1-sentabrgacha

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B. Zakirov),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(N. Matchanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

59.

Ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi nobudgarchiligi darajasini minimallashtirish, issiqlik stansiyalari tomonidan foydalaniladigan tabiiy gazdan ratsional foydalanish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash asosida aholi punktlariga eng yaqin joydaligini hisobga olgan holda mahalliy issiqlik stansiyalari (asosan yangi kichik tumanlarda) yaratish dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil 1-sentabrgacha

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (E. Iskandarov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

“OʻzbekneftgazMXK (A. Sultanov)

60.

Energiyani tejaydigan texnologiyalar sohasida texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlarni oʻrnatish, shuningdek isteʼmolchilar — jismoniy shaxslarni amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan batamom oʻchirgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanganlik uchun mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilish.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil 1-avgustgacha

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
DSQ, (B. Parpiyev), DBQ (M. Toxiriy),
“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
“Oʻzbekneftegaz” MXK (A. Sultanov),
“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Quyosh energiyasi xalqaro instituti

(N. Matchanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

61.

Muqobil energetikada fo�dalaniladigan uskunalarni ishlab chiqarish va sotib olishni imtiyozli kreditlash mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
DSQ (B. Parpiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

VIII. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi boʻyicha faoliyat samaradorligini oshirish

62.

Qarzlarni undirish masalalari yuzasidan idoralararo elektr hamkorlikning yagona tizimini yaratish, uni bosqichma-bosqich tegishli idoralarning jismoniy, yuridik shaxslar qarzdorligi va ularning mulkiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalash.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2017-yil 20-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

63.

Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi toʻgʻrisida” yangi taxrirdagi qonuni loyihasiniishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil 20-sentabrgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

Bosh prokuratura (I. Irgashxodjayev),
Oliy sud (K. Kamilov),

MXX (R. Gulyamov),
IIV (A. Azizov),

Adiya vazirligi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

64.

Hukmni ijro etish majburiyati yuklangan organga hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyishni yuborishning aniq muddatlarini belgilash.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

�dliya vazirligi (M. Ikramov),
Oliy sud (K. Kamilov),

IIV (A. Azizov)

65.

Ijro ishi yuritishni quyidagi yoʻllar bilan takomillashtirish:

ijro hujjatlarida undiriladigan qarzdorlik hosil boʻlgan davrni koʻrsatish;

ijro hujjatida bayon etilgan talablarni ixtiyoriy ijro etish muddatini 5 kundan 15 kungacha uzaytirish;

sud yoki boshqa organ qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni davomida ijro hujjatida yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etib, uni umumiy tartibda davlat ijrochisiga takroran yuboradigan tartibni oʻrnatish.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil 1-sentabrgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),
Adliya vazirligi (M. Ikramov),
Oliy sud (K. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

66.

Sudlar zimmasiga ijro hujjatlariga koʻra uzoq (1 yildan koʻproq) vaqtdan buyon ochiq savdolarda sotuvda boʻlgan, foydalanishga yaroqsiz avtomototransport vositalarini utilizatsiya qilish yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga temir-tersak narxida topshirish masalasini hal etish vazifasini yuklash.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil 15-avgustgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),
Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

67.

Davlat ijrochilarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ijro hujjatlarining talablarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan qarzdorlarni qidirib topish masalalarida ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligini oshirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil 1-sentabrgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxoʻjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
manfaatdor vazirlik va idoralar

68.

T�manlar (shaharlar) kesimida davlat ijrochilarining ish yuritishida boʻlgan ijro hujjatlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-yil 10-iyulgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiirsh vazirligi (Sh. Shermatov)
manfaatdor vazirlik va idoralar

69.

Sud organlarida va tugatilgan Sud departamentining boʻlinmalaridagi ijro hujjatlari inventarizatsiyasini oʻtkazish va ularni solishtirib chiqish, bunda qarzdorninig mol-mulki qoʻyligi munosabati bilan ijro ishini yuritish toʻxtatilganligining asosli ekanligini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratish.

Inventarizatsini oʻtkazish grafigi

2017-yil 1-sentabrgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)
manfaatdor vazirlik va idoralar

70.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda unlirish qaratilgan avtotransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibini takomillashtirish, mazkur jarayonning shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2017-yil 15-avgustgacha

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Qudratxoʻjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1)davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari boshqa ishga oʻtishganida ushbu Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni bajarish mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish topshirilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohalariga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “Yoʻl xartitasi” chora-tadbirlarini ijro etish muddatlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.