Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar boʻyicha xarajatlar hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1996-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 5-avgustdagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar boʻyicha xarajatlar hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1996, 2009-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 388-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyun,
83-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 83-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar boʻyicha xarajatlar hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ–2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
a) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Qarzlar boʻyicha xarajatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar boʻyicha foizlar;
b) qarzlar bilan bogʻliq boʻlgan diskontlar (chegirmalar), shu jumladan, obligatsiyaga tegishli diskontlarning (chegirmalarning) hisobdan chiqarilishi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ga (roʻyxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel) muvofiq buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy ijara va/yoki lizingga taalluqli boʻlgan foiz xarajatlari.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 599-modda)