Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.07.2018 22.06.2017 yildagi PQ-3079-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.07.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PQ-3849-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayd etib oʻtilsinki, 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha kompleks masalalarni oʻz vaqtida hal etishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va yuzaki munosabatda boʻlish holatlari uchun respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining bir qator rahbarlariga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari rahbarligida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha uchta ishchi guruhi tuzildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, issiqlik va suv taʼminoti ishlarini, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti obyektlari hamda koʻmir tarmoqlari korxonalarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot tarmoqlarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlar samarasini tanqidiy tahlil qilish asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/2018-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini barqaror faoliyat yuritishga tayyorlash uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hudud doirasida, shu jumladan respublikaning 28 ta yirik shaharlari va Toshkent shahrining 11 ta tumanlarida 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlash boʻyicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlandi, masʼul ijrochilar — vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek, koʻp xonadonli uy-joy fondini hududlar boʻyicha 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 — 5-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/2018-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek, suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar-joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish borasidagi batafsil tuzilgan tarmoq jadvallarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga 2017/2018-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga 2017/2018-yillar kuz-qish davrida Toshkent shahri korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror faoliyat yuritishiga kompleks tayyorlash taʼminlanilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, joylarga chiqqan holda, viloyatlar, shaharlar va ayniqsa qishloq tumanlarida ijtimoiy soha obyektlari, bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalari va taʼlim muassasalar, koʻp xonadonli uylar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini kuz-qish davrida barqaror faoliyat yuritishiga tayyorligini, mahalliy avtomobil yoʻllari va umumiy foydalanish joylari, lift uskunalari, markazlashtirilgan va joylardagi mahalliy isitish qozonxonalari, issiqlik, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, mahalla hududlarining sanitariya holati tartibga keltirilganligini shaxsan nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuz-qish davriga tayyorgarlik koʻrish, ular tomonidan olib borilgan ishlar va ularning shaxsiy javobgarlik choralari boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish javobgarligi yuklatilgan xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat organlari va tashkilotlari rahbarlari doimiy beradigan hisobotlarining yangi shakli ishlab chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov joylarga shaxsan chiqqan holda, kuz-qish davrida isitish- energetika resurslari, elektr energiyasi, transformatorlarni taʼmirlash va barqaror ishlashi, tabiiy gaz bilan taʼminlash, uzoq tumanlarda esa suyultirilgan gaz va koʻmir taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni oʻz vaqtida hal etish boʻyicha aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuz-qish davrida aholidan shikoyatlar kelib tushish holatlarida Gʻ.I. Ibragimov va tegishli tuzilmalar rahbarlari shaxsan javobgar boʻlishlari haqida qatʼiy ogohlantirish berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2016/2017-yillarda qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va qoʻshib yozishlarni tanqidiy tahlil qilish asosida joriy yilning 1-avgustigacha boʻlgan muddatda viloyatlar, shaharlar va tumanlar kesimida aholining real extiyojlaridan kelib chiqqan holda, ularga boʻlgan narx-navo birdan oshib ketishini oldini olish maqsadida, 2017/2018-yilgi qish-bahor davriga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash hajmlarini belgilasin, bunda, asosiy eʼtibor kartoshka, piyoz, sabzi, karom, guruch va dukkakli ekinlarni gʻamlashga qaratilsin. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev zimmasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini toʻliq hajmlarda va muddatlarda gʻamlashni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 2017/2018-yillarda qish-bahor davrida yopiq tuproqda (issiqxonalarda) koʻkatlar, yangi bodring va tomatlarni yetishtirish hajmlarini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash joylarini — 2017/2018-yillarda qish-bahor davrida aholini mazkur mahsulotlar bilan barqaror taʼminlash uchun oziq-ovqatning zarur hajmlarini gʻamlash holatini va tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida meva-sabzavot bazalari, muzlatish kameralari, omborxonalarni va boshqalarni shaxsan borib koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-avgustigacha gʻamlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlash va but holda ushlab turish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash hamda mahsulotlarni toʻliq gʻamlash va tegishli darajada saqlashga masʼul boʻlgan shaxslarni belgilashni taʼminlash boʻyicha aniq takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Xodjayev) Respublika komissiyasi qaroriga koʻra qatʼiy zarurat boʻlgan tumanlarda kuz-qish mavsumiga ijtimoiy soha tarmoqlari va obyektlarini tayyorlash boʻyicha olib boriladigan ishlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun qoʻshimcha rezervlarni topsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari rahbarlari, joriy yilning 1-iyulidan boshlab ularga yuklatilgan masalalar boʻyicha 2017/2018-yillarning kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilib borilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy hisobot berib boradilar. Bunda, ular mazkur qaror bilan tasdiqlangan, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha topshiriqlar va chora-tadbirlarni toʻliq hajmda oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan toʻliq javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 10-iyundagi PQ-2545-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasining majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3079-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 579-modda)