Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2004 03.05.2001 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2004
Hujjat 03.05.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

BANKLAR AKSIYALARINING DAVLATGA TEGIShLI PAKETLARINI POTENSIAL INVESTORLARGA SOTISh BOʻYIChA DAVLAT TENDER KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-sentabrdagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 19-fevraldagi 82-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 3-maydagi 205-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom banklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish masalalarini hal qilishda asoslanganlikni va tezkorlikni oshirish hamda xorijiy sarmoyani jalb etishni faollashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizom Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi)ning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xususiylashtirilayotgan banklar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdolar Komissiya tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari va xususiylashtirilayotgan banklarning, shuningdek jalb etilgan texnik moliyaviy va boshqa konsultantlarning aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini (keyingi oʻrinlarda tender obyekti deb ataladi) sotishdan oldin tayyorlash va potensial investorlarga sotish masalalari boʻyicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moliyaviy va boshqa konsultantlarni tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb etish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning tender obyektini sotib olish boʻyicha eng foydali takliflarini ekspertizadan oʻtkazish va tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashning oshkoraligi, obyektivligi va talablarning yagonaligi asosida tender (qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarini, toʻlovlar tartibini, tender obyektining sotilish bahosini, tenderni oʻtkazish usullarini, tenderda qatnashish uchun garov va toʻlov miqdorini, takliflarni baholash tartibini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial investorlarni va tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb etiladigan moliyaviy konsultantlar (ekspertlar)ni tanlash shartlari va mezonlarini belgilash hamda ularning roʻyxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan tender takliflarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash guruhining tushgan tender takliflari boʻyicha xulosalarini koʻrib chiqish va tender gʻoliblarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender qatnashchilarini malakali tanlash va tender takliflarini baholash uchun baholash guruhlari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tender obyektining boshlangʻich bahosini talab konʼyunkturasiga koʻra va aniq portfelli va strategik investorlar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga potensial investorlarga sotiladigan davlat ulushi miqdorini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderni tayyorlash va oʻtkazish uchun tanlov asosida ekspertlarni taklif etish, ularning faoliyatiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining moliya sektorini institutsional rivojlantirishga bergan qarz mablagʻlari, banklarni xususiylashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun boshqa qarzlar va grantlar, shuningdek banklarni xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobidan haq toʻlash, keyinchalik xarajatlarni tender obyektini sotishdan tushgan mablagʻ hisobidan qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlaridan, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek xususiylashtirilayotgan banklardan oʻziga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va banklarni xususiylashtirish uchun qarz beradigan xalqaro moliya tashkilotlari tartibotlariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish boʻyicha qarorlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb etiladigan ekspertlarni, shuningdeq tender obyektini sotib olishga potensial investorlarni tanlash boʻyicha tenderlarning samarali oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiya ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 3-ilova bilan belgilangan tartibda mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirokida vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladi. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib hisoblangan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini ifodalashga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya potensial investorni tanlash boʻyicha oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qilish uchun takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholashning borishi toʻgʻrisidagi axborot baholash tartibotiga rasman aloqasi boʻlmagan shaxslarga maʼlum qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari koʻrsatib oʻtilgan axborot oshkor qilinganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek tender asosida ekspertlarni tanlash xarajatlari hamda ularga mukofotlar toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirishga bergan qarzi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bankining boshqa qarzlari va grantlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender obyektini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun tender asosida ekspertlar taklif etilgan taqdirda, Komissiya Banklarni xususiylashtirish byurosi va ekspert oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihasini koʻrib chiqadi, quyidagilar shartnoma loyihasining asosiy mazmuni hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofotlash summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning majburiyatlari va shartnomaning amal qilishini toʻxtatish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma Komissiya tomonidan maʼqullangandan keyin tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Baholovchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Baholovchi guruhlar alohida banklar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosining masʼul xodimlari, xususiylashtirilayotgan banklar vakillari, shuningdeq zaruriyat boʻlganda mustaqil ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlar tarkibida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Baholovchi guruh ish rejasi baholovchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar baholovchi guruhning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender takliflarini olish uchun moliyaviy maslahatchilar (ekspertlar)ning va potensial investorlarning dastlabki roʻyxatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender takliflarining tender hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert baholash va tushgan tender takliflari boʻyicha xulosalar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholovchi guruh rahbari tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb qilinadigan ekspertlarning, shuningdek tender obyektini sotib olishga potensial investorlarning takliflarini koʻrib chiqishda tender komissiyasi majlislarida qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baholovchi guruhlar majlislari qarorlari majlisda qatnashgan baholovchi guruh barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va baholovchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror guruhning majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda rahbarning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiyaning ishchi organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosi Komissiyaning tender savdolari tayyorlanishi va oʻtkazilishini (tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish, shuningdek ularni tarqatish, reklama ishi, ish yuritish va Komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish) amalda tashkil etuvchi ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiyaning ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikaviy, moliyaviy va boshqa xil maslahatchilarni, shuningdek potensial investorlarni taklif etish yuzasidan, ularning tender obyektini sotish oldidan tayyorlashda va sotib olishda qatnashishlari shartlari boʻyicha taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, savdolarni oʻtkazish usuli, toʻlovlar tartibi va shartlari yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tender oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish maqsadida tender oldidan muzokaralar va konferensiyalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat boshqaruvi organlaridan, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan, shuningdeq xususiylashtirilayotgan banklardan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ommaviy axborot vositalarida tender savdolari oʻtkazish va ularning yakunlari toʻgʻrisida eʼlonlar berish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiyaning ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, tartibga solish va qayta ishlashni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita yoxud tender obyektini sotish oldidan tayyorlash uchun jalb qilingan ekspertlar bilan birgalikda Komissiya tasdiqlashi uchun kiritiladigan texnik topshiriq, kontrakt va boshqa tender hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarga va potensial investorlarga tender va tender obyekti toʻgʻrisidagi umumiy majburiy axborotlar, shuningdek ularning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha axborotlar oʻz vaqtida tarqatilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderlar oʻtkazish yuzasidan reklama-maʼrifiy ishlarni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ish hujjatlarini aniq va toʻliq yuritishga, Komissiya xat-xabarlari hisobini olib borish va tasniflashga, Komissiyaning barcha majlislari protokollarini oʻz vaqtida va toʻliq rasmiylashtirishga majburdir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 9-son, 46-modda)