Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
“Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2666-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/9-son “Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2666, 2015-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 186-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-may,
239/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomidagi hamda 1-bandidagi “Doktorlik dissertatsiyalari” degan soʻzlar “Dissertatsiyalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Doktorlik dissertatsiyalari” degan soʻzlar “Dissertatsiyalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni belgilaydi.”;
“1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarining 22-bandiga muvofiq ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish (fan doktorlari (Doctor of Science) uchun) va amaliyotga joriy etish uchun taqdim qila olishi (falsafa doktorlari (Doctor of Philosophy) uchun) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini belgilaydigan asosiy talablardan hisoblanadi.
2. Fan doktori (Doctor of Science) va falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ish bajarilgan muassasada dastlabki ekspertizadan oʻtkazilgunga qadar uning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilgan (joriy etish uchun taqdim qila olingan) (bundan buyon matnda amaliyotga joriy etish deb yuritiladi) boʻlishi lozim.”;
“6. Talabgor tomonidan ishlab chiqilgan (asoslangan) yoki takomillashtirilgan quyidagi natijalardan biri nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi boʻlishi mumkin:
nazariya, gʻoya;
qonuniyat (kategoriya) va uning oʻziga xos xususiyatlari;
metodologiya;
metodika va usul (usullar tizimi);
ilmiy xulosa;
tahlil qilish va prognozlashtirish koʻrsatkichlari (indikatorlari);
fan tarmogʻining (ixtisoslikning) xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.
7. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:
intellektual mulk obyektiga mutlaq huquqning eʼtirof etilishi — ixtiroga va seleksiya yutugʻiga patent hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb boʻlganda;
ilmiy natijaning nufuzli, shu jumladan xorijiy ilmiy markaz (respublika ilmiy seminari) yoki oliy oʻquv yurtlari tomonidan eʼtirof etilishi yoxud fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning impakt-faktori 0,5 dan yuqori boʻlgan va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta havola berilishi;
ilmiy natijadan talabgorning oʻzi qatnashmagan va tugallangan grantlar boʻyicha ilmiy loyihada foydalanilishi;
taʼlim jarayoniga tatbiq etilgan davlat taʼlim standarti, darslik yoki pedagogik texnologiyaning (falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun — oʻquv qoʻllanmaning) mavjud boʻlishi;
ish bajarilgan tashkilot va ilmiy mahsulotning potensial isteʼmolchisi boʻlgan respublika davlat organi yoki xoʻjalik boshqaruvi organining ilmiy-texnikaviy kengashi, bunday kengash boʻlmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan eʼtirof etilishi;
fan tarmogʻining (ixtisoslikning) xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.”;
e) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijalari quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:
intellektual mulk obyektiga mutlaq huquqning eʼtirof etilishi — ixtiroga va seleksiya yutugʻiga patent hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb boʻlganda;
ilmiy natijalarning Davlat reyestriga kiritilganligi;
ilmiy taklifdan norma ijodkorligi faoliyati jarayonida foydalanilishi;
ilmiy taklifdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarida foydalanilishi;
fan va texnologiyalarning nazariy-konseptual va uslubiy asoslarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy ishlanmaning mavjud boʻlishi;
taʼlim jarayoniga tatbiq etilgan davlat taʼlim standarti, darslik yoki pedagogik texnologiyaning (falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun — oʻquv qoʻllanmaning) mavjud boʻlishi;
ilmiy mahsulotning potensial isteʼmolchisi boʻlgan respublika davlat organi yoki xoʻjalik boshqaruvi organining ilmiy-texnikaviy kengashi, bunday kengash boʻlmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan eʼtirof etilishi;
innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida imzolangan shartnomalar;
innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi natijasiga koʻra faxriy nominatsiyalarga (“Eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Sanoat yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Fan va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi”) ega boʻlganlar (faqat falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun);
muayyan fanlarning xususiyatiga koʻra mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 10–271-bandlarida nazarda tutilgan boshqa shakllar.”;
j) 20-bandning birinchni va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:
respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida yoki normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tayyorlashda foydalanilgan taklif;”;
z) 22-bandda:
birinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasining” degan soʻzlar “dissertatsiyaning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “yechimi” degan soʻz “yechim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
i) quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
“271. Siyosiy fanlar boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:
respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan taklif;
vazirlik va idora tomonidan tasdiqlangan prognoz va boshqa hujjatlar;
muayyan tashkilot faoliyatiga tatbiq etilgan ishlanma;
buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.”;
k) 28-banddagi “doktorlik dissertatsiyasi” degan soʻzlar “fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar aniq, asosli va amaliyotga joriy etilganligi haqidagi tegishli maʼlumotlar toʻliq keltirilgan holda rasmiylashtirilishi kerak.”;
m) 33-bandda:
“doktorlik dissertatsiyasining” degan soʻzlar “dissertatsiyaning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“qoʻshma qarori” degan soʻzlardan keyin “yoki respublika ilmiy seminari qarori” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2017-yil 29-may
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
2017-yil 29-may
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 29-may
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 29-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 29-may
Madaniyat vaziri M. MURATOV
2017-yil 30-may
Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b B. IBRAGIMOV
2017-yil 30-may
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 30-may
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
2017-yil 30-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 574-modda)