23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2894
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining Qarori, 23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2894
Кучга кириш санаси
27.06.2017
Hujjat 21.01.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2894]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/6-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2795, 2016-yil 8-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 276-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) — muayyan fan tarmogʻining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yoʻnalishida talabgorlar uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy yoki taʼlim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashga qabul qilingan va attestatsiya ishi koʻrilish jarayonida boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya ishi — talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash (nostrifikatsiya qilish) yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy maʼlumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya bajarilgan muassasa — ilmiy yoki taʼlim tashkiloti kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi boʻyicha tadqiqot olib borish uchun masʼul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va meʼyoriy-texnik jihatdan baholash;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy rahbar — ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy konsultant — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya — ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob bergan, muayyan fan tarmogʻida chuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega boʻlgan yuksak maʼnaviyatli shaxslarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga farmatsevtika fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — farmatsevtika sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (roʻyxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dissertatsiya izlanuvchi oʻtkazgan tadqiqotlar va eʼlon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun masʼul hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan kamida uchta ixtiro yoki seleksiya yutugʻi muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan uchtagacha ixtiro yoki seleksiya yutugʻi muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish boʻyicha talablar bajarilgan holda);
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ixtiro yoki seleksiya yutuqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xulosasi olinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019-yil 31-maydagi 265/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-2, 12.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 10/19/2894-2/3276-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallari impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan tarmogʻining xususiyatidan kelib chiqqan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalar berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor oʻz dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qarori OAKning fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslarga davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dissertatsiyaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli sohasida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan ilmiy ish boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya tugallangan ilmiy ish boʻlishi va unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirish uchun yirik yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki joriy etilishi fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmogʻining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshadigan nazariy-metodologik va uslubiy asoslar, ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar ishlab chiqilgan (takomillashtirilgan) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini oʻz ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaxlit va tugallangan boʻlishi hamda talabgorning shaxsan fanga qoʻshgan hissasini aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy-siyosiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan koʻrib chiqilgan, maʼqullangan va ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilmiy maʼruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy maʼruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda eʼlon qilingan, ushbu fan tarmogʻining mutaxassislariga maʼlum boʻlgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat boʻlib, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy maʼruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari bilan bogʻliq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi ilmiy yoki taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida toʻrtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalar koʻrsatilgan hajmga kirmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalar koʻrsatilgan hajmga kirmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning titul varagʻi va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy rahbar (konsultant) koʻrsatiladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant ham koʻrsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng dissertatsiyaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, izlanuvchining xohishiga koʻra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni roʻyxatga kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi toʻliq koʻrsatilishi, shuningdek hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat oʻzining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbasini koʻrsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼi nazar muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu boʻyicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Eʼlon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida eʼlon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan boʻlishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam boʻlmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari toʻplamida eʼlon qilingan boʻlishi shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (roʻyxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam boʻlmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan boʻlishi kerak.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari toʻplamida eʼlon qilingan boʻlishi shart.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (roʻyxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Izlanuvchi tomonidan eʼlon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega boʻlgan va xizmatda foydalanish uchun grifi bilan bajarilgan dissertatsiyaning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (roʻyxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar), preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning eʼlon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari — ixtiroga yoki seleksiya yutugʻiga berilgan patentlar shu fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida eʼlon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy yoki taʼlim tashkiloti kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat boʻlgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda eʼlon qilingan 3 ta (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab boʻyicha eʼlon qilingan monografiya bundan mustasno.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan eʼlon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgor tomonidan dissertatsiya boʻyicha avtoreferat tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar roʻyxati xronologik tarzda quyidagi tartibda keltiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi boʻlimda — ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar);
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi boʻlimda — dissertatsiya mavzusi boʻyicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid maʼlumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar toʻliq yozilishi va maqolalar eʼlon qilingan jurnal yoki toʻplamlarning sahifalari aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrga topshirilgan, lekin eʼlon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Izlanuvchi tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Muassasa rahbari dissertatsiyani ushbu muassasaning yoki dissertatsiya ixtisosligi boʻyicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa muassasaning (muassasalarning) tegishli kafedra, boʻlim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy (ilmiy-texnik) seminariga dastlabki ekspertizaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyaning dastlabki ekspertizasi yuzasidan xulosa beriladi. Xulosa ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida rasmiylashtiriladi, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda muassasa rahbari tomonidan imzolanadi, muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada toʻgʻriligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining izlanuvchi eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻlik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan eʼtiboran falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha 2 oy ichida va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha 3 oy ichida izlanuvchiga beriladi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari xulosaning sifati, xolisligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Izlanuvchi dissertatsiyasini oʻz xohishi bilan ilmiy seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Izlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi boʻlgan taqdirda, OAKdan belgilangan tartibda ruxsat olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Dissertatsiyani himoyaga taqdim etish va Kengashda himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng uni koʻrib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan tarmogʻi boʻyicha Ilmiy kengash boʻlmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazib, dissertatsiya ixtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash boʻlmaganda esa, toʻgʻridan-toʻgʻri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni soʻrab murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ilmiy va taʼlim tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga oʻzlari ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik, idoralarning rahbarlariga oʻz tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan bogʻliq masalalar OAK tomonidan hal etiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK apparati xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Dissertatsiyani Ilmiy kengashda dastlabki koʻrib chiqish, himoyaga qabul qilish va dissertatsiyaning oshkora himoyasini oʻtkazish hamda dissertatsiya va attestatsiya ishini OAKga taqdim etish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (roʻyxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Talabgor dissertatsiyani koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini Ilmiy kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish toʻgʻrisidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Talabgor oʻz dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni soʻrab, Ilmiy kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga koʻrsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining bir nusxasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular soʻrovnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning Axborot-resurs markazi fondidan olib qoʻyiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arxivida saqlanadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya boʻyicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, obyektiv-maʼlumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi hamda ovoz berish natijalari Ilmiy kengashda qoladi va soʻrovnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy boʻlganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin kamida 6 oy oʻtgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganida, avvalgi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. OAKda attestatsiya ishini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiya OAKning tegishli boʻlimlari tomonidan qabul qilib olinadi va ilmiy ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspert kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini oʻtkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan boʻlsa, OAK rahbariyati Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishini koʻrib chiqishni toʻxtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengash tomonidan qayta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ekspert kengashi attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazib, tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. OAK Rayosati attestatsiya ishi boʻyicha ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, masalani qayta koʻrib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Attestatsiya ishini OAKda koʻrib chiqish muddati, qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish boʻyicha 2 oydan va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha esa 3 oydan oshmasligi kerak. Ilmiy ekspertizadan oʻtkazish qoʻshimcha oʻrganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishini koʻrib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Attestatsiya ishini OAKda koʻrib chiqish jarayonida unda aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ilmiy daraja berilgan shaxsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli OAK tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Diplomlarni rasmiylashtirish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va talabgorga 20 kun ichida ilmiy daraja diplomi rasmiylashtirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida respublika markaziy gazetasida berilgan eʼlon nusxasi (agar yoʻqolgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilmalar byurosining tegishli maʼlumotnomasi (agar yoʻqolgan boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ilmiy daraja berilgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxsning koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasiga muvofiq diplom qayta rasmiylashtirilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Koʻchirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis oʻtkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rayosatining ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil oʻtgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ilmiy darajadan mahrum etilgan shaxsning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga asosan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ilmiy kengashning ilmiy darajadan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash boʻyicha xulosasi ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan koʻrib chiqiladi va shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Manfaatdor shaxslar Ilmiy kengashning ilmiy darajani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellyatsiya berishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslar ilmiy darajani berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari yoki ilmiy va taʼlim tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda koʻrib chiqilishi boʻyicha OAK Rayosati qarori yuzasidan OAKga apellyatsiya berishi mumkin.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 2 oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Apellyatsiya bir oylik muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellyatsiya boʻyicha Ilmiy kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, OAKda mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi OAK Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi xulosalari koʻrib chiqiladi va apellyatsiya boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. OAK Rayosatining apellyatsiya boʻyicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellyatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Ilmiy kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi).
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (roʻyxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vaziri M. MURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti v. v. b. B. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk agentligi bosh direktori A. FAYZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 569-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son, 12.06.2019-y., 10/19/2894-2/3276-son; 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son; 07.03.2022-y., 10/22/2894-5/0185-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)