Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
qarori
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish hakida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2894-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi PQ-4168-son “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 569-modda) 5-band oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ixtiro yoki seleksiya yutuqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xulosasi olinadi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-may,
265/7-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 10/19/2894-2/3276-son)