Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi toʻgʻrisida Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (“Oʻzbekiston Respublikasi QHT”, 2010-yil, 24-25-son, 195-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyun,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oliy taʼlim muassasalari qabulni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
3. Oliy taʼlim muassasalariga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tillari va shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi. Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladi. Maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur taʼlim yoʻnalishida toʻplagan test ballari bilan umumiy toʻlov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Test sinovlari, shuningdek ularni oʻtkazish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Test sinovlari uch tilda — oʻzbek, rus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.
Oliy taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent test sinovlarini va kasbiy (ijodiy) imtihonni oliy taʼlim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi. Bunda oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent oʻz arizasiga asosan test sinovlarini oʻzbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va test boʻyicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi. Abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Agar umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari oʻtilmasdan boshqa chet tillari oʻqitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi oʻrniga koʻp balli tizim boʻyicha imtihon topshiriladi.
Oliy taʼlimning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlariga qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu taʼlim yoʻnalishlariga arizalar koʻrsatilgan tillarda oʻrta taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki koʻrsatilgan tillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, koʻp balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yigʻindisi shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
6. Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari oʻqitilmagan holda) chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar boʻyicha esa test sinovlaridan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham oʻqitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud boʻlganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tilidan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili boʻyicha fan dasturi va baholash mezonlari ushbu tillar oʻqitiladigan tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va koʻp balli imtihonlarni oʻtkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” taʼlim yoʻnalishiga qabul faqat oʻrta maxsus, kasb-hunar tibbiy maʼlumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
10. Oliy taʼlim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimning taʼlim yoʻnalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh taʼlim yoʻnalishiga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul faqat tegishli hududda yashayotgan va hududning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega boʻlgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
11. Oliy taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Respublika fuqarolarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga joʻnatish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy taʼlim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
12. Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tassarufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) lavozim boʻyicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.
Qabul komissiyalari aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha qabul qilinadi.
Abituriyent oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oliy taʼlim muassasasini tugatganligi yoki oliy maʼlumoti yoʻqligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishini koʻrsatishlari hamda test sinovlarini oʻtkazish qoidalari va javoblar varaqalarini toʻgʻri toʻldirish bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086-U-shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma)ning nusxasi;
3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
maxsus sirtqi boʻlim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogironlar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar toifasiga “Mehribonlik uylari”da yashab taʼlim olgan, 18 yoshga toʻlmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar kiradi.
Ariza shakli Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlovdan tashqari oʻqishga kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Abituriyent arizasida “oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman” grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, yetim, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yoʻq) qayd etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan koʻrsatiladi.
Harbiy qismlar qoʻmondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab, uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy buyruq boʻlsa, imtiyozdan takroran foydalanish mumkin emas).
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy taʼlim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari 20-iyulgacha boʻlgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi maʼlumotni imtiyozga ega boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qoʻshib taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11-iyuldan 25-iyulgacha, test majmualarida fanning oʻrniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizigacha boʻlgan oraliqda yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari boʻyicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26-iyulga qadar boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari tomonidan 30-iyulgacha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
14. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun 1-avgustda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oliy taʼlim muassasasida tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadilar.
“Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik sanʼati” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgacha boʻlgan oraliqda baholanuvchi) ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi.
Test topshiriqlari oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni oʻz ichiga oladi.
Quyidagi vaqt meʼyorlari belgilanadi:
a) 72 savolga — 2 soat;
b) 108 savolga — 3 soat.
Majmualar quyidagi fanlar boʻyicha shakllanadi:
1. Ona tili va adabiyoti: oʻzbek tili va adabiyoti
2. Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
3. Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti
4. Matematika (informatika bilan)
5. Fizika
6. Kimyo
7. Biologiya
8. Tarix
9. Geografiya
10. Chet tili: ingliz tili
11. Chet tili: nemis tili
12. Chet tili: fransuz tili
“Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha oxirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.
Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozadilar. Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.
Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish masʼuliyati test sinovlari qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.
Test sinovi sinov oʻtadigan xonada sinovni oʻtkazish qoidalari talablariga qatʼiy rioya etilgan tarzda toʻgʻri va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
Test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa oʻtganda boshlanadi.
Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastasi boʻlgan sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.
Javoblar varaqasini toʻldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt meʼyoriga qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.
Javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻgʻri belgilagan abituriyentlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiy man etiladi.
Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.
Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varagʻi yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent test sinovlari natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun davomida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish, oʻqish uchun toʻlov tartibi va miqdori
17. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin oliy taʼlim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oliy taʼlim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida abituriyentlar toʻlov-kontrakt boʻyicha belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha ravishda oʻqishga qabul qilinishi (keyingi oʻrinlarda qoʻshimcha qabul deb ataladi) mumkin.
Qoʻshimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy taʼlim muassasalari tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15-oktabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasalarining imkoniyati, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan toʻlov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qoʻshimcha qabul qilish koʻrsatkichlari yuzasidan 20-oktabrga qadar qaror qabul qiladi.
Bunda:
ballar ketma ketligi boʻyicha roʻyxatdagi oldingi abituriyent qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari eʼlon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda roʻyxatdagi keyingi abituriyent qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish oliy taʼlim muassasasining boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul koʻrsatkichlari boʻyicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy taʼlim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.
19. Oliy taʼlim muassasalari qoʻshimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan koʻrsatkichlarga muvofiq toʻplagan ballari eng yuqori ballning 30 % (68,0 ball)dan kam boʻlmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar boʻyicha toʻlov-kontrakt shartlari birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajarilgandan soʻng abituriyent oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
20. Kirish sinovlarida toʻplagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam boʻlmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qoʻshimcha oʻrinlarga qabul qilinmay qolgan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yiliga amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorida toʻlov toʻlash sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi va ushbu abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlarini bajargandan soʻng, oliy taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Bunda, birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdori taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oliy taʼlim muassasalari qoʻshimcha oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar haqida maʼlumotni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat test markaziga 1-noyabrga qadar taqdim etadilar.
Oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt boʻyicha belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha ravishda oʻqishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Respublika oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul qilingan talabalar birinchi oʻquv yilini tugatgandan soʻng keyingi oʻquv yilidan boshlab amalda oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori asosida oʻqishini davom ettiradilar.
7-bob. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini qabul qilish
Keyingi tahrirga qarang.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi taʼsis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalarining mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili oʻtkaziladigan pedagogika oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari bitiruvchilari va taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining “Tarbiyachi” respublika tanlovi gʻolibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻolibi, Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamgʻarmalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalariga, mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy taʼlim yoʻnalishlari oʻrtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarining arizalari haqidagi maʼlumotlarni, taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22-iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31-iyulgacha gʻolib boʻlganlar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tasdiqlangan nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori asosida oliy taʼlim muassasalari 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlari rasmiylashtiriladi.
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar (hujjat topshirgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan oʻtish ballini toʻplagan boʻlsa) va I guruh koʻzi ojiz nogironlar qabuli alohida davlat granti ajratilib Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻlov-kontrakt asosida abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun kontraktda belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar boʻyicha toʻlov-kontrakt shartlari birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajarilgandan soʻng abituriyent oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish
TARTIBI
1. Oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi oʻrinlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar deb ataladi) test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Test sinovlariga qoʻshimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar boʻyicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy koʻnikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
4. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha dastur, imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy oʻrta (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari dasturlariga qatʼiy muvofiqlashtirilgan boʻlishi lozim. Sport fanlari boʻyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boʻyicha) belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq tuziladi.
5. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy taʼlim muassasasida fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasasida tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari boʻyicha tajribali, malakali va masʼuliyatli oʻqituvchilar tarkibidan fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
ayrim hollarda oliy taʼlim muassasasi fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi maʼmuriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi;
oliy taʼlim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan boʻyicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi;
“Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha imtihon komissiyalarining raislari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi;
imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraligʻida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abituriyentlarga qoʻyilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy taʼlim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha dastur va baholash mezonlari tasdiqlanadi.
Agar imtihon taʼlim yoʻnalishi doirasidagi qator mustaqil fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan boʻlsa, unda uni baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga boʻlinadi.
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar eʼtiboriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi. “Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha ushbu tadbirlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihon qaydnomalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻz vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
8. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilmaydi va ular test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarini qabul qilish
TARTIBI
1. Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan oliy taʼlim muassasalarida, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) bilan kelishgan holda, qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.
Bu taʼlim yoʻnalishiga arizalar faqat umumiy oʻrta taʼlim muassasasini yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini koʻrsatilgan tillarda bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
2. Koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari koʻrsatilgan holda oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxatini, kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.
3. Imtihon dasturi, savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari dasturlariga qatʼiy muvofiq boʻlishi lozim.
4. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun oliy taʼlim muassasasida belgilangan tartibda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy taʼlim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab (tegishli ravishda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraligʻida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy taʼlim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar eʼtiboriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi.
6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihonlar natijalariga koʻra, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlar kvotasiga tanlov oʻtkazadi.
Test sinovlari topshirilmaydigan taʼlim yoʻnalishlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan belgilangan kvota doirasida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
7. Jadval boʻyicha imtihonga kelmagan abituriyentlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.
8. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat oliy taʼlim muassasasi rektori va qabul komissiyasi masʼul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish
TARTIBI
1. Koʻzi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
9 yillik koʻzi ojizlar maxsus maktab internatida oʻqigan va 3 yillik oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlim muassasasi diplomiga ega boʻlgan shaxslar;
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi maʼlumotnomasiga ega boʻlgan shaxslar.
2. Koʻzi ojiz abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga kirish chogʻlarida kirish imtihonlarini taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi koʻp balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi boʻyicha, anʼanaviy uslubda topshiradilar.
3. Fanlar boʻyicha kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli (yozma yoki ogʻzaki) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
4. Koʻzi ojiz abituriyentlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish uchun oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maxsus masʼul xodim ajratiladi.
5. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun fanlar boʻyicha komissiyalarni tashkil etadi.
6. Fan boʻyicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari dasturlariga toʻla muvofiq holda tuziladi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Kirish imtihonlarini oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga koʻzi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.
8. Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari koʻzi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari boʻyicha maxsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.
9. Koʻrsatilgan abituriyentlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26-iyulga qadar oʻtkaziladi.
10. Mazkur toifaga kiradigan abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi maʼlumotlar 27-iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.
11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan (koʻp balli tizimda baholanganda—maksimal ballning 55 foizidan yuqori ball olgan, besh balli baholash tizimida baholanganda — “3”, “4” yoki “5” baho olgan) abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan oʻrinlarga davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt boʻyicha belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha ravishda oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga (keyingi oʻrinlarda magistratura deb ataladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markaziga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Magistraturaga qabul oliy taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Magistraturaga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga koʻra, toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul tegishli taʼlim yoʻnalishi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha magistrlik mutaxassisligi, oʻqitish tili va shakliga koʻra alohida oʻtkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud (oliy taʼlim muassasasi) boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kirish sinovlari uch tilda — oʻzbek, rus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistraturada oʻqitish tili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul koʻrsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy taʼlim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi.
6. Magistraturaga qabul qilish ishlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy oʻquv yili uchun tayinlangan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari boʻyicha qabul komissiyasi masʼul kotibining oʻrinbosari tayinlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan oʻrinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda eʼlon qiladi.
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega boʻlganlar, diplomli mutaxassislar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
magistratura mutaxassisligi koʻrsatilgan holda, oliy taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Keyingi tahrirga qarang.
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud boʻlgan holda);
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
11. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan koʻrsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
4-bob. Kirish sinovlari
14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik boʻyicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbatdan oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).
Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki oʻzlashtirish koʻrsatkichi (oʻzlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha boʻlgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL boʻyicha kamida 58 yoki IELTS boʻyicha kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR boʻyicha kamida B2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qoʻyiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Magistraturaga oʻqishga kirishda eng koʻp (maksimal) toʻplanishi mumkin boʻlgan ball — 400 ni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:
magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi taʼlim yoʻnalishining maxsus fanlari (2 tagacha);
Informatika va axborot texnologiyalari;
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).
16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazish shakli va fanlar boʻyicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Tanlangan mutaxassislik boʻyicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30 — 50 foizi abituriyentning mutaxassislik boʻyicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish boʻyicha bilimini aniqlashga ajratiladi.
Suhbatdan oʻtkazish uchun tanlangan mutaxassislikka mos abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan savollar yetakchi mutaxassislar tomonidan tuziladi va bir oy oldin abituriyentlar eʼtibori uchun qabul komissiyasi axborot doskasida eʼlon qilinadi. Mazkur savollar asosida imtihon biletlari tuziladi va suhbat vaqtida abituriyent imtihon biletiga javoblarini komissiyaga yozma ravishda taqdim etib, savollarga ogʻzaki javob beradi. Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) koʻrib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15-avgust kunlari oʻtkaziladi.
18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazilishiga qadar, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari boʻyicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.
19. Kirish sinovlarini oʻtkazish uchun rektorning buyrugʻi bilan har bir sinov fanlari boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar boʻyicha komissiya raislari, oliy taʼlim muassasasining idoraviy boʻysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
20. Sinov fanlari boʻyicha komissiya tarkibi oliy taʼlim muassasasining yetuk va tajribali professor-oʻqituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
21. Sinov fanlari boʻyicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi masʼuliyat yuklanadi:
kirish sinovlari sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-oʻqituvchilarni jalb etish;
komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.
22. Fanlar boʻyicha sinovlarni oʻtkazish tartibi (oʻqituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan boʻyicha imtihon komissiyasining aʼzolari, qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
24. Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlariga tikib qoʻyiladi.
Oʻqishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.
Magistraturaga mutaxassislik boʻyicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
26. Oliy taʼlim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Abituriyent sinov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, sinov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani koʻrib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
27. Magistraturaga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Abituriyentni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish va oʻqish uchun toʻlov tartibi
28. Magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish toʻgʻrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy taʼlim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
29. Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy taʼlim muassasalarida 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
7-bob. Magistraturada oʻqish muddati
30. Magistraturada oʻqish muddati kamida 2 yil.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoida
31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va oliy taʼlim sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga va harbiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining shaffofligini taʼminlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalarning saytlarida alohida maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi.
Ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar boʻyicha talabalar safidan chetlashtirilgan talabalarning akademik maʼlumotnomasi asosida (maʼlumotnomada oʻqigan fanlari va baholari koʻrsatiladi) oliy taʼlim muassasalari va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashning umumiy qoidalari
4. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash deb ataladi)da oliy taʼlimning mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlarini (mutaxassisliklarini) belgilash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
taʼlim yoʻnalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil boʻlganda bunday taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;
oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash uchun oʻqishga kirishda sinov oʻtkaziladigan fanlari tarkibi va taʼlim sohasi hamda oʻqish muddati bir xil boʻlganda bunday taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) turdosh deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash quyidagilarning:
oliy taʼlim muassasalari;
tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar;
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.
Idoralararo komissiyaning raisi va masʼul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi.
Idoralararo komissiya “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi toʻgʻrisida nizom” asosida faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash (qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha boʻlgan muddatda) shu oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat oʻtganda.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga;
talabalar safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa;
bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdosh boʻlmagan yoʻnalishlariga (mutaxassisliklariga).
Keyingi tahrirga qarang.
9. Quyidagi holatlar fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobini berilishiga asos boʻladi:
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida oʻqiganlarga;
respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan oʻzga (boshqa) taʼlim shaklida oʻqiganlarga;
oliy taʼlim muassasalarining markazlari, boʻlimlari, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʻqiganlarga;
birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar bundan istisno);
oliy taʼlim muassasasida mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) yoki taʼlim shakli mavjud boʻlmasa;
namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshganda;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
talabaning shaxsiy yigʻma jildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida koʻchirish va qayta tiklash davlat granti asosida taʼlim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa;
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
Fuqaroning oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada koʻrsatilgan manzilga, arizani koʻrib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot tomonidan javob xati yoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Talabalarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy taʼlim muassasasi rektori belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), oʻqitish kursi hamda oʻqishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab oʻqishning bir oʻquv yiligacha boʻlgan muddatni xorijiy oliy taʼlim muassasasining yurisprudensiya yoʻnalishida oʻqish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy taʼlim muassasasida oʻqigan davri va oʻzlashtirgan fanlari xorijiy oliy taʼlim muassasasi maʼlumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet oʻquv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini oʻzlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga oʻqishini tegishli oʻquv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.
12. Toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashda toʻlov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʻlov mablagʻlari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
14. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklashni amalga oshirish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
3-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish
15. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini koʻchirish (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini koʻchirish deb ataladi) boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi;
arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabalar oʻqishini koʻchirish uzrli sabablarga koʻra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda, turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizani koʻrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
16. Talabalarning oʻqishini koʻchirish haqidagi arizalari mos ravishda:
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan — oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalar oʻqishini koʻchirish haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yoʻllaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
koʻchirish (qayta tiklash)ni istagan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), koʻchirish (qayta tiklash) sabablari, koʻchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;
pasportning nusxasi.
18. Talabalar oʻqishini koʻchirish haqidagi arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha ariza koʻrib chiqilib, oliy taʼlim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan maʼlum qilinadi;
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinadi;
ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, Idoralararo komissiya oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiyaning xati asosida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishi koʻchirilayotgan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasiga uning shaxsiy yigʻma jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Soʻrovnoma olingandan soʻng, talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrugʻi asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yigʻma jildi (roʻyxati bilan) uni oʻqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi yoki ariza bilan oʻqishi koʻchirilgan talabaga beriladi.
Shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda (yopiq yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash) oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik maʼlumotnoma talabani oʻqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasida uning akademik maʼlumotnomasi, reyting daftarchasi, oʻquv kartochkasi, shuningdek joʻnatilayotgan hujjatlar roʻyxatining nusxasi qoldiriladi.
22. Oʻqishning barcha shakllari boʻyicha oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari (mutaxassisligi) boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga koʻra oliy taʼlim muassasalarida tegishli oʻquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda oʻqishni koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish va koʻchirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda oʻzlari taʼlim olgan xorijiy oliy taʼlim muassasasidagi oʻqitish tili boʻyicha muayyan taʼlim yoʻnalishidagi oʻqishga kirish fanlari boʻyicha maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) (turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini oʻtash joyi Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda oliy taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga oʻqishga yuborilganlar bundan mustasno) topshiradi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan koʻrsatilgan oʻquv shaklidagi guruhlarga koʻchiriladi.
Koʻchirilayotgan oliy taʼlim muassasasida tegishli oʻqitish tili mavjud boʻlmasa, oʻqitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Oliy taʼlim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʻma jildi (shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda — akademik maʼlumotnomasi) olinib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan soʻng 10 kun muddat ichida chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Oʻquv rejalardagi fanlari boʻyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʻqishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy taʼlim muassasasi rektorining talabaga oʻrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrugʻi chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʻyicha farqlarni topshirish koʻrsatkichlari ham hisobga olinadi.
26. Oliy taʼlim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini qayta tiklash
27. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini qayta tiklash (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini qayta tiklash deb ataladi) boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
oʻqishini kuzgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar;
oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tiklash boʻyicha arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqib qaror qabul qilish:
kuzgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar;
bahorgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
28. Talabalar safidan chetlashtirilgan fuqarolar oʻqishini boshqa oliy taʼlim muassasasiga mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi)ga koʻchirib tiklash toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega. Bunda arizaga oʻqishni koʻchirish tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi.
29. Talabalar oʻqishini qayta tiklash haqidagi arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha ariza koʻrib chiqilib, oliy taʼlim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan maʼlum qilinadi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan yetimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (zaxiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar istisno tariqasida, oʻqishga davlat grantlari oʻrinlariga qayta tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oliy taʼlim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qayta tiklash toʻgʻrisidagi buyrugʻi (koʻchirib tiklashda talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʻma jildi (shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda — akademik maʼlumotnomasi) olingandan keyin, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni amalga oshirgandan soʻng) 10 kun muddat ichida chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oʻquv rejalardagi fanlari boʻyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʻqishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy taʼlim muassasasi rektorining talabaga oʻrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrugʻi chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʻyicha farqlarni topshirish koʻrsatkichlari ham hisobga olinadi.
33. Oʻqishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) oʻquv yilida kursiga talabani oʻqishga qayta tiklashga (koʻchirib tiklashga) yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Talabani boshqa oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirib qayta tiklashda uning ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
35. Oʻqishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy xizmatda boʻlganlik, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilish bilan bogʻliq mehnat taʼtili hamda sogʻliqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) boʻlgan hollarda talabalar oʻqishini qayta tiklash oliy taʼlim muassasasi boʻysunuvidagi vazirlik va idoralar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
5-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalarini oʻqishdan chetlashtirish
36. Talaba oliy taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) oʻz xohishiga binoan;
b) oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
g) oʻquv intizomini va oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.
Harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida talabaga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik taʼtil berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini quyi kursdagi oʻquv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kursdan qoldirilgan talaba ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar boʻyicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati tashabbusi bilan ushbu Nizomning 36-bandi “e)” kichik bandiga koʻra talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 36-bandi “g)” kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan holda, taʼlim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
39. Talaba oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʻma jildga tikib qoʻyiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash jarayonida shaxsiy yigʻma jilddagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi yoxud hujjatlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda oliy taʼlim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
41. Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirgan yoki qayta tiklagan talabalarning shaxsiy yigʻma jildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
42. Oliy taʼlim muassasalari har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zarur miqdordagi akademik maʼlumotnoma blankalariga buyurtmalar beradilar.
Akademik maʼlumotnoma blanklarining qatʼiy hisobi yuritiladi.
Akademik maʼlumotnoma blankalarining oliy taʼlim muassasalarida saqlanishi, roʻyxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
43. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik oliy taʼlim muassasalariga yuklanadi.
Zarurat boʻlganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy taʼlim muassasalaridan rasmiy xat bilan maʼlumotlar toʻgʻriligini tasdiqlashni soʻrashi mumkin.
44. Oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.
45. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni amalga oshirish
TARTIBI
Izoh: Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni amalga oshirish muddatlariga Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markaziga, harbiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
3. Idoralararo komissiya kollegial maslahat organi hisoblanadi.
4. Idoralararo komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
5. Idoralararo komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar, oliy taʼlim muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilganlar bundan mustasno.
6. Idoralararo komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi. Idoralararo komissiyaning tarkibiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar vakillari kiradi.
2-bob. Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari
7. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash masalalarini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimining taʼlim sohalari boʻyicha muvofiqlilik masalasi yuzasidan qaror qabul qilish;
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqarolar arizalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalari safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlib, oʻqishga tiklash istagini bildirgan fuqarolar arizalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdosh boʻlmagan yoʻnalishlariga (mutaxassisliklariga) oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqarolar arizalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
fuqarolarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha qabul qilingan qarorlarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarga yoʻllash;
fuqarolarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha vakolat doirasida koʻrib chiqilgan arizalarga rad javobi berilgan taqdirda, ariza muallifiga javob xati yoʻllash yoki ushbu masalani Ishchi organ (idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar)ga yuklash;
vakolat doirasida koʻrib chiqiladigan talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha arizalarni topshirish va qaror qabul qilish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritish.
8. Idoralararo komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun :
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish istagini bildirgan fuqarolar arizalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish jarayonida zarur boʻladigan idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralardan qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlarining talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va talabalar safidan chetlashtirish ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish va qabul qilingan qarorlarini izchil amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish huquqiga ega.
3-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish
9. Idoralararo komissiyaning raisi va masʼul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi. Idoralararo komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga:
Idoralararo komissiya samarali ishlashini taʼminlash;
yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha Idoralararo komissiya aʼzolari ishini muvofiqlashtirish;
Idoralararo komissiya ish reglamentini tasdiqlash;
Idoralararo komissiyaning kun tartibini belgilash va uning majlislarini chaqirish;
Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish kiradi.
Idoralararo komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti Idoralararo komissiyaning Ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
11. Ishchi organ:
Idoralararo komissiya majlislariga zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Idoralararo komissiyaning qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni va monitoring olib borilishini tashkil etadi va ularning natijalarini koʻrib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi;
Idoralararo komissiyaning bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Idoralararo komissiyaning aʼzolariga tegishli qismi boʻyicha tegishli Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarga, oliy taʼlim muassasalariga yuboradi;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralardan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda oladi;
Idoralararo komissiyaning ish yuritishini taʼminlaydi;
Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
12. Idoralararo komissiya oʻz faoliyatini Idoralararo komissiyaning ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Idoralararo komissiya majlislari manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillari taklif etilgan holda, zaruriyatga koʻra, vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladi.
Majlisni Idoralararo komissiya raisi, u boʻlmaganda Idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Idoralararo komissiya aʼzolari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar, oliy taʼlim muassasalarini talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatining qonuniyligi, xolisonaligi, ochiq-oshkoraligini taʼminlash sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan Idoralararo komissiyaning ishiga koʻmaklashadilar, qonun hujjatlariga va Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
13. Idoralararo komissiyaning qarorlari Idoralararo komissiyaning majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bogʻliq ravishda Idoralararo komissiyaning majlisiga taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
14. Istisno hollarda qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiyaning raisi ayrim masalalar boʻyicha Idoralararo komissiyaning qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashga haqlidir.
15. Idoralararo komissiyaning qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo komissiya majlisining bayonnomasiga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, masʼul kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Idoralararo komissiya bayonnomasining asl nusxasi va unga tegishli materiallar Ishchi organda saqlanadi.
16. Idoralararo komissiya oʻz faoliyatini uning yangi tarkibi tasdiqlanguniga yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 545-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/914/0255-son, 12.01.2018-y., 09/18/18/0550-son, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son; 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 21.12.2019-y., 09/19/1022/4181-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.06.2020-y., 09/20/402/0800-son, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/344/0521-son, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)