Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
412-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
a) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh.
Quyidagilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”;
b) 4-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda martaba darajalari quyidagilarga ham beriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq”;
b) 1-ilovada:
ilova nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisida Nizom”;
1.1.-banddagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” soʻzlari “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovaning nomlanishidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” soʻzlari “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovadagi 1-roʻyxatning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari va ularning oʻrinbosarlari
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi va uning oʻrinbosarlari
1.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari
1.4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari va uning oʻrinbosari
1.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati rahbari
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shuʼba mudirlari”;
4.2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari”;
quyidagi mazmundagi 4.4-kichik band qoʻshilsin:
“4.4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari mudirlari va boshqarmalari boshliqlari”;
Nizomga ilovadagi 2-roʻyxatning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaning 1-roʻyxatida:
1.2-kichik banddagi “milliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
1.4-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari va uning oʻrinbosari”;
1.5-kichik banddagi “Matbuot kotibi” soʻzlari “Matbuot xizmati rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1.6-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1.7-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shuʼba mudirlari”;
4.2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari”;
4.4-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari mudirlari va ularning oʻrinbosarlari, boshqarmalari boshliqlari hamda funksional boʻlimlari mudirlari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 551-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)