Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kasblarining jozibadorligini oshirish va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
409-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1 Ushbu Nizom quyidagi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi markaziy apparati, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda budjet tashkilotlari deb ataladi) xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimiga kiradigan davlat unitar korxonalarining (keyingi oʻrinlarda davlat unitar korxonalari deb ataladi) xodimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Budjet va davlat unitar korxonalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoaviy shartnomalarga, shuningdek boshqa mahalliy normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar;
Keyingi tahrirga qarang.
mehnatning yakuniy natijalariga koʻra belgilanadigan mukofotlar.
3. Davlat unitar korxonalari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar, shuningdek mukofotlar mazkur tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, belgilangan tartibda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Lavozim maoshlarini (tarif stavkalarini) belgilash tartibi
4. Boshqaruv xodimlarining, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning lavozim maoshlari, shuningdek ishchilarning tarif stavkalari qonun hujjatlariga muvofiq Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimning lavozim maoshi belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Soatbay tarif setkasi miqdori xodimning lavozim maoshini (tarif stavkasini) besh kunlik ish haftasi asosida, ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining oʻrtacha oylik miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Shtat jadvalini shakllantirishda:
ish kasblari (mutaxassisliklar) boʻyicha malaka razryadlari Vazirlar Mahkamasining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qaroriga muvofiq ishlarni sifatli bajarish uchun talab etiladigan malakadan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi) va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasiga asosan tarif koeffitsiyentlariga oshib boruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 16-maydagi 124-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 957-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/957/4089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Xodimlarning lavozim maoshlarini oʻzgartirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilganda;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xodim ushbu tashkilotda boshqa lavozimga oʻtganda yoki xodimga yanada yuqori malaka razryadi berilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Qoʻshimchalar va ustamalar
Oldingi tahrirga qarang.
7. Budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga lavozim maoshiga quyidagi qoʻshimchalar va ustamalar toʻlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 869-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/869/2107-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 2 baravar miqdorida;
tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 1,5 baravar miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
uzoq muddat ishlaganlik uchun, lavozim maoshiga foiz miqdorida har chorakda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi (toʻlash shartlari va tartibi mahalliy hujjatlar bilan belgilanadi):
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
|
Ish staji |
Ustamalar miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida) |
|
3 yildan 5 yilgacha |
40 |
|
5 yildan 10 yilgacha |
50 |
|
10 yildan 15 yilgacha |
75 |
|
15 yildan ortiq |
100 |
Keyingi tahrirga qarang.
8. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi uchastkalari nazoratchilaridan tashqari, davlat unitar korxonalari xodimlariga tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga quyidagi qoʻshimchalar va ustamalar belgilanishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
kasblarni (lavozimlarni) qoʻshib bajarganlik va xizmat koʻrsatish hududini kengaytirganlik uchun — amalda bajarilgan ishlar uchun;
dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki baravar miqdorda;
Oldingi tahrirga qarang.
uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foizlar hisobida — har chorakda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlarda.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Uzluksiz ish staji quyidagi holatlarda lavozimda ishlashga kirganda:
tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud doimiy yashash joyi oʻzgargani sababli tashkilotlardan ishdan boʻshagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
oʻz xohishiga koʻra (uzrli sabab boʻyicha), shu jumladan eri yoki xotini boshqa yashash joyiga oʻtganda (oʻtish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) tashkilotlardan ishdan boʻshagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
10. Budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Budjet tashkilotlari xodimlariga bayram kunlari uchun shtat jadvaliga muvofiq lavozim maoshining ikki baravari miqdorida mukofot toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mukofotlarning aniq miqdorlarini belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
6 kishidan iborat boʻlgan komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri qarori bilan tuziladi va quyidagilardan iborat boʻladi: vazir (komissiya raisi), bosh buxgalter, kadrlar boshqarmasi boshligʻi, yuridik boʻlim boshligʻi, mehnat jamoasi va kasaba uyushma qoʻmitasi vakillari. Komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli protokol bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Budjet tashkilotlarining alohida tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining buyruqlariga muvofiq hamda komissiya qarorlari asosida lavozim maoshiga lavozim maoshining 50 foizidan oshmaydigan miqdorlarda har oylik shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Budjet tashkilotlari xodimlariga quyidagilar toʻlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻlkira va ovqatlanish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik kompensatsiya;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va qand-shakar xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
alohida holatlar (uzoq muddat kasallik, oila aʼzosining vafoti, nikoh tuzish va boshqalar) munosabati bilan bitta lavozim maoshidan oshmaydigan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Davlat unitar korxonalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat unitar korxonalari xodimlarini mukofotlash umuman tashkilot boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarni bajarilganda, shuningdek ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va ishlab chiqarishning ichki rezervlaridan foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻz vaqtida bajarilganda hamda kutilayotgan samaraga erishilganda hisobot davridagi ishlarning natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzining funksional vazifalarini oʻz vaqtida, sifatli bajarish va tashkilot faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qoʻshish davlat unitar korxonalari xodimlariga mukofotlar yozish uchun asosiy koʻrsatkichlar hisoblanadi. Davlat unitar korxonalari xodimlarini mukofotlashning aniq koʻrsatkichlari tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat unitar korxonalari xodimlarini mukofotlash har choraklik prognoz koʻrsatkichlarini bajarish boʻyicha maʼlumotlar asosida, shu jumladan:
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida isteʼmolchilar qamrovini va daromadni koʻpaytirganlik uchun — lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda;
yoʻqlab olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga pul mablagʻlari tushganligi uchun — lavozim maoshining 40 foizigacha miqdorda;
hisobga olishning yakka tartibdagi priborlari joriy etilganligi va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan elektr energiyasi isteʼmolini qisqartirganlik uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda;
kommunal xoʻjaligi obyektlarida avariya vaziyatlarining oʻz vaqtida oldini olganlik va ularni bartaraf etganlik uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda mukofotlanadi.
Pul mablagʻlari tushishi prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda qolgan koʻrsatkichlar boʻyicha mukofot miqdori, ular bajarilgan taqdirda — 50 foizga kamayadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Davlat unitar korxonalari xodimlarini bayram kunlarida mukofotlash miqdorlari tegishli tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat unitar korxonalari xodimlariga moddiy yordam toʻlash ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini mukofotlash hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
181. Injiniring kompaniyasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish doirasida buyurtmachini saqlash xarajatlarini belgilangan tartibda nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjetlar mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
182. Injiniring kompaniyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi Injiniring kompaniyasi tomonidan har yili nazarda tutiladigan mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida shakllantiriladi.
183. Injiniring kompaniyasi xodimlariga:
ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida, tungi vaqtda ishlaganlik, shuningdek, uzoq muddat ishlaganlik uchun ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida nazarda tutilgan tartibda lavozim maoshiga ustamalar;
rasmiy bayram kunlari (Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navroʻz, Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, Konstitutsiya kuni, Yangi yil) va kasb bayrami (Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish xodimlari kuni) bir lavozim maoshi miqdorida bir martalik mukofot puli;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik toʻlov;
yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik toʻlov, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam puli;
alohida holatlar (uzoq muddat kasallik, oila aʼzosining vafoti, nikoh tuzish va boshqalar) munosabati bilan bir lavozim maoshidan oshmaydigan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam puli;
sogʻliqni tiklash (sanatoriyda davolanish) uchun bir yilda bir marta bir lavozim maoshi miqdorida moliyaviy yordam puli toʻlanadi.
184. Mukofotlar va ustamalarning aniq miqdorini belgilash uchun Injiniring kompaniyasida Injiniring kompaniyasi xodimlarini mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Komissiya Injiniring kompaniyasi direktorining qarori bilan 6 kishidan iborat tarkibda tuziladi va direktor (komissiya raisi), bosh buxgalter, kadrlar boʻyicha mutaxassis, yuriskonsult, mehnat jamoasi va kasaba uyushma qoʻmitasi vakillarini oʻz ichiga oladi. Komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
185. Injiniring kompaniyasining ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga Injiniring kompaniyasi direktorining tegishli buyrugʻiga hamda komissiya qaroriga asosan lavozim maoshiga uning 50 foizidan oshmaydigan miqdorida har oylik shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 957-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/957/4089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi uchastkalarining nazoratchilarini moddiy ragʻbatlantirish
19. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi uchastkalarining nazoratchilariga mukofotlar toʻlash koʻrsatilgan xizmatlar (suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti) uchun aholiga hisoblab yozilgan pul mablagʻlari yigʻilishiga mutanosib ravishda foizlar miqdorida amalga oshiriladi.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi uchastkalari nazoratchilari mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining foiz hisobidagi nisbati quyidagilar taʼminlangan taqdirda isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) hisoblab yozilgan toʻlovlar yigʻimi darajasiga koʻra davlat unitar korxonasi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi:
koʻrsatilgan xizmatlar uchun isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) hisoblab yozilgan toʻlovlar 100 foiz yigʻilganda — besh foizdan oʻn foizgacha miqdorida;
toʻlovlar 70 foizdan koʻp miqdorda yigʻilganda — besh foiz miqdorida belgilanadi.
Toʻlovlar yigʻimi (tushumi) prognozi har oyda davlat unitar korxonasi tomonidan aniqlanadi va belgilangan tartibda amaldagi tariflar boʻyicha hisoblab chiqilgan isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilinayotgan oyda hisoblab yozilgan toʻlovlarni, shuningdek ilgari koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun mavjud boʻlgan debitorlik qarzlarning toʻlanishini oʻz ichiga oladi.
Toʻlovlar yigʻimi prognozi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi uchastkalarining nazoratchisi xizmat koʻrsatadigan hudud, shuningdek xizmatlar koʻrsatish uchun tariflar oʻzgargan taqdirda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
20. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi uchastkalarining nazoratchilari soniga boʻlgan ehtiyoj har qaysi nazoratchi uchun belgilangan tashkilotdan va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan hududdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat inspektorlarini moddiy ragʻbatlantirish
Keyingi tahrirga qarang.
21. Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat inspektorlarini moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
22. Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat inspektorlariga mukofotlar toʻlash koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining, shuningdek kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlari uchun tegishli mansabdor shaxslarga solingan jarimalar boʻyicha tushumlar summasiga nisbatan foizlar hisobida amalga oshiriladi.
Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat inspektorlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining foiz hisobidagi nisbati Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining bankdagi hisob raqamiga jarimalar mablagʻlarining 100 foiz tushishi taʼminlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga solingan jarimalar darajasiga koʻra, lekin 10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Budjet tashkilotlarining va davlat unitar korxonalarining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni taʼminlash yuzasidan masʼuliyat
Keyingi tahrirga qarang.
23. Budjet tashkilotlarining va davlat unitar korxonalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarining toʻgʻri belgilanganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoʻshimchalar, ustamalar va mukofotlarning toʻgʻri hisoblab chiqilganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.