Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2024 22.06.2017 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124 -sonli “Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizom 14-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy propiskada boʻlgan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirgungacha berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda boʻlish joyida hisobda turgan fuqarolarga qoldiq (balans) qiymatidan va uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda belgilangan narxlar boʻyicha sotish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirgungacha idoraviy hujjat (order) asosida turar joy maqomini olgan yotoqxonalardagi kvartiralarni xususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs boʻlish joyida hisobda turgan taqdirda, 2018-yil 1-iyulgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining idoraviy hujjat (order) asosida koʻchib kirgan shaxslar yashab kelayotgan xususiylashtirilmagan davlat uy-joy fondini (yotoqxonalarni) xatlovdan oʻtkazsin va ularning roʻyxatini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida axborot va ushbu qaror normalarining amalda qoʻllanishini oʻrganish asosida 2-bandda koʻrsatib oʻtilgan bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatini uzaytirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifalari oʻrtasida ularga turar joyni xususiylashtirish yuzasidan berilayotgan huquqlar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 552-modda)