1-ILOVA
|
Bajariladigan tadbirlar |
Bajarish muddati |
Bajarish uchun masʼullar | |
|
I. Tantanali tadbirlar | |||
|
1. |
“Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanali yigʻilishni hamda mamlakatimiz sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy dasturni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. |
2017-yil 7-dekabr |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Davlat mukofotlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimni oʻtkazish. |
2017-yil 7-dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati |
|
3. |
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarga vazirliklar, idoralar va hududiy hokimliklarda mukofotlarni tantanali vaziyatda topshirish tadbirlarini oʻtkazish. |
2017-yil 4 — 6-dekabr |
QR Joʻqorgʻi Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika vazirlik va idoralari |
|
4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan tantanali yigʻilish hamda sanʼat ustalari, yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy va konsert dasturlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. |
2017-yil 4 — 7-dekabr |
QR Vazirl�r Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan olimpiada gʻoliblarini taqdirlash va ushbu marosimlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish. |
2017-yil 6-7-dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TDYU, Yoshlar ittifoqi, MTRK |
|
6. |
Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash. |
2017-yil 4 — 6-dekabr |
Mudofaa vazirligi, IIV, MXX |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga fuqarolik pasportini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimlarni oʻtkazish. |
2017-yil 5 — 8-dekabr |
IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
II. Xalqaro tadbirlar | |||
|
8. |
Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan tantanali qabul va koʻrgazmalar tashkil etish. |
2017-yil noyabr — dekabr |
Tashqi ishlar vazirligi, “Jaxon” AA |
|
9. |
Demokratik huquqiy davlat barpo etish va qonun ustuvorligini taʼminlashda Konstitutsiyaning oʻrni va ahamiyatiga bagʻishlangan xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlari vakillari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. |
2017-yil noyabr |
Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, DBA |
|
10. |
Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari veb-saytlarida hamda xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish. |
2017-yil oktyabr — dekabr |
Tashqi ishlar vazirligi, “Jaxon” AA |
|
III. Esdalik nishonlarini taʼsis etish | |||
|
11. |
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonini taʼsis etish. |
2017-yil avgust-sentyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar hamda OAV, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatlari |
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan pochta markasini chop etish. |
2017-yil oktyabr |
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ |
|
IV. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari | |||
|
13. |
Aholining keng qatlamlari oʻrtasida, mehnat jamoalari, mahallalar, oʻquv maskanlarida maʼrifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy- maʼrifiy tadbirlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhlarini tashkil etish hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat olib borishini taʼminlash. |
2017-yil sentyabr — dekabr (alohida reja asosida) |
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Madaniyat vazirligi, Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idora�araro kengash, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2017-yil 6-apreldagi OʻRQ-426-sonli va 2017-yil 31-maydagi OʻRQ-430- sonli qonunlar bilan kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan nashrini (oʻzbek tilida kirill va lotin yozuvlarida, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida) nashrga tayyorlash va chop etish. |
2017-yil, oktyabr |
Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, Tashqi ishlar vazirligi, QR Joʻqorgʻi Kenesi, Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzbekiston” NMIU |
|
15. |
Koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini nashr etish. |
2017-yil oktyabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati |
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ilmiy-amal�y sharh tayyorlash va nashr etish. |
2017-yil oktyabr |
Konstitutsiyaviy sud, TDYU, AQHMI, DBA, JIDU, Bosh prokuraturaning Oliy oʻquv kurslari, IIV Akademiyasi |
|
17. |
Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. |
2017-yil avgust — dekabr |
MTRK, OʻzA, OʻzEOAVMA, Konstitutsiyaviy sud |
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish va maxsus hujjatli film tayyorlash. |
2017-yil sentyabr — dekabr |
Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, “Oʻzarxiv” agentligi, MTRK, “Oʻzbekkino” milliy agentligi |
|
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida maʼlumot beruvchi maxsus Internet resurs — “constitution.uz” veb-saytini Asosiy Qomusimizning yaratilish tarixiga oid, uning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatib beruvchi turli maʼlumotlar bilan toʻldirgan holda yanada takomillashtirish hamda muntazam yangilab borish. |
2017-yil sentyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari, AQHMI |
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini maktab oʻquvchilari orasida ommalashtirishga qaratilgan qiziqarli nashrlar, media-darslar tayyorlash va nashr qilish. |
2017-yil avgust- sentyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, TDYU |
|
21. |
“Barkamol avlod” bolalar markazlarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
22. |
Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — mening taqdirimda” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
23. |
Umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiadalar tashkil etish va OAVda keng yoritish. |
2017-yil sentyabr — noyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ittifoqi, MTRK, OʻzEOAVMA, |
|
24. |
Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan talabalar konferensiyasini oʻtkazish. |
2017-yil noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
25. |
Umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalarida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” kurslarini olib borayotgan professor-oʻqituvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy seminarlar tashkil etish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
26. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarning mazmunini oʻzida aks ettiruvchi shiorlar, fotolavhalar, plakatlar, pannolar va boshqa koʻrgazmali vositalarni tayyorlash va viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, tadbirlar oʻtadigan joylarga oʻrnatish. |
2017-yil avgust — dekabr |
QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
|
27. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini targʻib etish maʼrifiy oyligini oʻtkazish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Maʼnaviyat targʻibot markazi, Adliya vazirligi, MTRK, OʻzEOAVMA, Fanlar Akademiyasi |
|
28. |
Joylarda Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bagʻishlangan sport musobaqalarini (marafon, yengil atletika, voleybol, basketbol, futbol boʻyicha) uyushtirish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, sportning ommalashuvini taʼminlash maqsadida jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi |
|
29. |
“Konstitutsiya — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” shiori ostida shahar, tuman markazlarida mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida ularning taassurotlari haqida maqolalar berib borish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzA |
|
30. |
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya mening hayotimda”, “Konstitutsiya menga nima berdi” mavzusida maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash, fotokoʻrgazmalar tashkil etish hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2017-yil, sentyabr — dekabr |
Matbuot va axborot agentligi, MTRK, OʻzEOAVMA, Yoshlar ittifoqi |
|
31. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qonuniylikni taʼminlashdagi ahamiyati borasida aholi oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish. |
2017-yil, noyabr- dekabr |
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi |
|
32. |
Markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnallarning maxsus sonlarini chop etish. |
2017-yil iyul — dekabr |
Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, IIV, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura |
|
33. |
Aholining taʼlim bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida “Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz” mavzusida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. |
2017-yil noyabr- dekabr |
Maʼnaviyat targʻibot markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari |
|
34. |
Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, Asosiy Qonunimiz hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish. |
2017-yil, sentyabr — dekabr |
Matbuot va axborot agentligi, MTRK, OʻzEOAVMA, Adliya vazirligi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ittifoqi |
2-ILOVA
|
Aripov A.N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi |
|
Yoʻldoshev N.T. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida) |
|
Ismoilov N.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida) |
|
Ismoilov U.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
|
Sultonov X.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
|
Murodov O.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
|
Rahmonqulov M.H. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori oʻrinbosari, Oliy Majlis Senati aʼzosi |
|
Abdullayev I.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi |
|
Kamilov K.F. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi |
|
Usmonov M.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi |
|
Komilov A.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
|
Ikramov M.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
Azizov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
|
Muratov M.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
|
Qosimov R.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
Inoyatov U.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
Shermatov Sh.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. |
|
Usmonov R.J. |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
Saidov A.X. |
— |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori |
|
Hazratqulov M. |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
Mirzohidov X.M. |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
Yuldashev B.S. |
— |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
Nuriddinov A.V. |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
|
Rafikov Q.M. |
— |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
|
Javlonov Sh.S. |
— |
“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
|
Jalilov Sh.I. |
— |
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
|
Kuranbayev K.K. |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi |
|
Ahmedov M. |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |