20.06.2017 yildagi F-4969-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashi borasida asosiy poydevor boʻlib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ongu tafakkuri tobora oʻsib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarning mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini, keng jamoatchilikni faol jalb etgan holda, yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin boʻlib xizmat qilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bagʻishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada amalga oshirish uchun tegishli ishchi guruhlar tarkibi, kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4969-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi F-4969-sonli farmoyishiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bajariladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Bajarish uchun masʼullar

I. Tantanali tadbirlar

1.

“Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanali yigʻilishni hamda mamlakatimiz sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy dasturni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

2017-yil 7-dekabr

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Davlat mukofotlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimni oʻtkazish.

2017-yil 7-dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati

3.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarga vazirliklar, idoralar va hududiy hokimliklarda mukofotlarni tantanali vaziyatda topshirish tadbirlarini oʻtkazish.

2017-yil 4 — 6-dekabr

QR Joʻqorgʻi Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika vazirlik va idoralari

4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan tantanali yigʻilish hamda sanʼat ustalari, yosh ijrochilar ishtirokidagi badiiy va konsert dasturlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

2017-yil 4 — 7-dekabr

QR Vazirl�r Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan olimpiada gʻoliblarini taqdirlash va ushbu marosimlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2017-yil 6-7-dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TDYU, Yoshlar ittifoqi, MTRK

6.

Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash.

2017-yil 4 — 6-dekabr

Mudofaa vazirligi, IIV, MXX

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga fuqarolik pasportini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimlarni oʻtkazish.

2017-yil 5 — 8-dekabr

IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Xalqaro tadbirlar

8.

Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan tantanali qabul va koʻrgazmalar tashkil etish.

2017-yil noyabr — dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, “Jaxon” AA

9.

Demokratik huquqiy davlat barpo etish va qonun ustuvorligini taʼminlashda Konstitutsiyaning oʻrni va ahamiyatiga bagʻishlangan xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlari vakillari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

2017-yil noyabr

Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, DBA

10.

Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari veb-saytlarida hamda xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish.

2017-yil oktyabr — dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, “Jaxon” AA

III. Esdalik nishonlarini taʼsis etish

11.

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonini taʼsis etish.

2017-yil avgust-sentyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar hamda OAV, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatlari

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan pochta markasini chop etish.

2017-yil oktyabr

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

IV. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari

13.

Aholining keng qatlamlari oʻrtasida, mehnat jamoalari, mahallalar, oʻquv maskanlarida maʼrifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy- maʼrifiy tadbirlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhlarini tashkil etish hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat olib borishini taʼminlash.

2017-yil sentyabr — dekabr (alohida reja asosida)

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlari�i muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2017-yil 6-apreldagi OʻRQ-426-sonli va 2017-yil 31-maydagi OʻRQ-430- sonli qonunlar bilan kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan nashrini (oʻzbek tilida kirill va lotin yozuvlarida, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida) nashrga tayyorlash va chop etish.

2017-yil, oktyabr

Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, Tashqi ishlar vazirligi, QR Joʻqorgʻi Kenesi, Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzbekiston” NMIU

15.

Koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini nashr etish.

2017-yil oktyabr

Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati

16.

Oʻzbekiston Respubli�asi Konstitutsiyasiga ilmiy-amaliy sharh tayyorlash va nashr etish.

2017-yil oktyabr

Konstitutsiyaviy sud, TDYU, AQHMI, DBA, JIDU, Bosh prokuraturaning Oliy oʻquv kurslari, IIV Akademiyasi

17.

Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2017-yil avgust — dekabr

MTRK, OʻzA, OʻzEOAVMA, Konstitutsiyaviy sud

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish va maxsus hujjatli film tayyorlash.

2017-yil sentyabr — dekabr

Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, “Oʻzarxiv” agentligi, MTRK, “Oʻzbekkino” milliy agentligi

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida maʼlumot beruvchi maxsus Internet resurs — “constitution.uz” veb-saytini Asosiy Qomusimizning yaratilish tarixiga oid, uning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatib beruvchi turli maʼlumotlar bilan toʻldirgan holda yanada takomillashtirish hamda muntazam yangilab borish.

2017-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari, AQHMI

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini maktab oʻquvchilari orasida ommalashtirishga qaratilgan qiziqarli nashrlar, media-darslar tayyorlash va nashr qilish.

2017-yil avgust- sentyabr

Xalq taʼlimi vazirligi, TDYU

21.

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi,

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — mening taqdirimda” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Yoshlar ittifoqi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

23.

Umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiadalar tashkil etish va OAVda keng yoritish.

2017-yil sentyabr — noyabr

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ittifoqi, MTRK, OʻzEOAVMA,

24.

Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan talabalar konferensiyasini oʻtkazish.

2017-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

25.

Umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalarida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” kurslarini olib borayotgan professor-oʻqituvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy seminarlar tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarning mazmunini oʻzida aks ettiruvchi shiorlar, fotolavhalar, plakatlar, pannolar va boshqa koʻrgazmali vositalarni tayyorlash va viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, tadbirlar oʻtadigan joylarga oʻrnatish.

2017-yil avgust — dekabr

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

27.

“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini targʻib etish maʼrifiy oyligini oʻtkazish.

2017-yil noyabr- dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Adliya vazirligi, MTRK, OʻzEOAVMA, Fanlar Akademiyasi

28.

Joylarda Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bagʻishlangan sport musobaqalarini (marafon, yengil atletika, voleybol, basketbol, futbol boʻyicha) uyushtirish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, sportning ommalashuvini taʼminlash maqsadida jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2017-yil noyabr- dekabr

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi

29.

“Konstitutsiya — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” shiori ostida shahar, tuman markazlarida mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida ularning taassurotlari haqida maqolalar berib borish.

2017-yil noyabr- dekabr

Yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzA

30.

“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya mening hayotimda”, “Konstitutsiya menga nima berdi” mavzusida maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash, fotokoʻrgazmalar tashkil etish hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2017-yil, sentyabr — dekabr

Matbuot va axborot agentligi, MTRK, OʻzEOAVMA, Yoshlar ittifoqi

31.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qonuniylikni taʼminlashdagi ahamiyati borasida aholi oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish.

2017-yil, noyabr- dekabr

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi

32.

Markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnallarning maxsus sonlarini chop etish.

2017-yil iyul — dekabr

Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, IIV, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura

33.

Aholining taʼlim bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida “Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz” mavzusida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.

2017-yil noyabr- dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari

34.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, Asosiy Qonunimiz hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish.

2017-yil, sentyabr — dekabr

Matbuot va axborot agentligi, MTRK, OʻzEOAVMA, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ittifoqi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi F-4969 farmoyishiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

Yoʻldoshev N.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

Ismoilov N.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

Ismoilov U.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Sultonov X.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Rahmonqulov M.H.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori oʻrinbosari, Oliy Majlis Senati aʼzosi

Abdullayev I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

Kamilov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

Usmonov M.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

Komilov A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

Ikramov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Muratov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Qosimov R.S.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Inoyatov U.I.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

Shermatov Sh.X.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

Usmonov R.J.

Toshkent shahar hokimi

Saidov A.X.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori

Hazratqulov M.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Mirzohidov X.M.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

Yuldashev B.S.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

Nuriddinov A.V.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

Rafikov Q.M.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Jalilov Sh.I.

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

Kuranbayev K.K.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Ahmedov M.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari lavozimi boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiradi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 536-modda, 37-son, 982-modda)