Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
[Koʻchirma]
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2879-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 515-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3085, 06.11.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)
Kengash majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi:
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Kengashning 2017-yil 14-martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2879, 2017-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 348-modda) ilovasi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan energiya resurslari yetkazib berilishi va isteʼmolini hisobga olishning toʻliqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish.”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyun,
2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 557-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)