Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2889]
Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-may,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalari
Mazkur Qoidalar Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaning (Madrid, 1989-yil 27-iyun) 4-bis moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaning (Madrid, 1989-yil 27-iyun) 4-bis moddasiga muvofiq, agar Oʻzbekiston Respublikasida milliy roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi bilan bir xil boʻlsa va ushbu roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgilari bitta shaxs nomiga berilgan boʻlsa, tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish mumkin. Bunda, milliy roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga doir huquqlarga taʼsir qilinmasligi lozim.
2. Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan huquqiy jihatdan muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etilsa;
milliy roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda ham sanab oʻtilgan boʻlsa;
tovar belgisini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning kuchga kirish sanasi tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazish sanasidan keyin boʻlsa.
2-bob. Arizani berish va uni koʻrib chiqish
3. Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasining ishonchnomasi bilan patent vakili tomonidan taqdim etiladi. Ariza patent vakili tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ariza bitta tovar belgisini roʻyxatga oʻtkazishga oid boʻlishi lozim.
5. Ariza va ishonchnoma Agentlikka bevosita taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ariza Agentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ariza Agentlik tomonidan mazkur Qoidalarning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar ariza mazkur Qoidalarning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa, Agentlik xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida patent vakili orqali soʻrov yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasi soʻrov joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat ichida soʻrovdagi kamchiliklarni bartaraf etishi lozim. Bunda arizani koʻrib chiqish muddatining oʻtishi kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi javob Agentlikka kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Soʻrovga mazkur Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan muddat ichida javob taqdim etilmagan taqdirda, Agentlik tomonidan patent vakili orqali xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasiga arizani qanoatlantirishni rad etish asoslarini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasi arizani qanoatlantirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
12. Arizani qanoatlantirish rad etilgandan keyin xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasi Agentlik bildirishnomasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran Ariza topshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ariza mazkur Qoidalarning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tovar belgilari davlat reyestriga (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) kiritiladi.
14. Maʼlumotlar Davlat reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida Agentlik Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosiga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shaklda (ingliz tilida) tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bildirishnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosiga joʻnatiladi, ikkinchi nusxa esa milliy roʻyxatdan oʻtkazishga oid hujjatlarga qoʻshib qoʻyiladi.
16. Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat reyestriga kiritiladi va Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi hamda xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasi tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirilishi milliy roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisining amal qilishini tugatilishiga olib kelmaydi.
Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | |
Oʻzbekiston Respublikasi | |||
| | | | | | Manzil __________________________________ Telefon _________________________________ | ||
|
ARIZA | |||||||
| Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirishingizni soʻrayman. | |||||||
| 1. Milliy roʻyxatdan oʻtkazish ___________________________________________________________________________________-son Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish ____________________________________________________________________________________-son | |||||||
| 2. Milliy roʻyxatdan oʻtkazish tovar va xizmatlari tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasining ______________________________________________________________________________________________________ sinflari Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish tovar va xizmatlari tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasining ______________________________________________________________________________________________________ sinflari | |||||||
| 3. Milliy roʻyxatdan oʻtkazish egasi _________________________________________________________________________________ Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish egasi ___________________________________________________________________________________ 4. Milliy roʻyxatdan oʻtkazish tovar belgisi ___________________________________________________________________________ Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish tovar belgisi ____________________________________________________________________________ 5. Milliy roʻyxatdan oʻtkazish sanasi ________________________________________________________________________________ Xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish sanasi __________________________________________________________________________________ | |||||||
| Patent vakili | |
__________________________________________________________________________________ | |||||
| | | | |
(F.I.Sh., imzo) |
| | |
| Sana ______________________ | | | | | | | |
Keyingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
AGENCY ON INTELLECTUAL PROPERTY OF TNE | |||||||
| 100000, Mustakillik avenue 59, Tashkent web-site: www.ima.uz, e-mail: info@ima.uz |
Phone.: (871) 232-50-60, (871) 232-50-30 Fax: (871) 232-50-05 | ||||||
|
______________________________________________________________________________________________________________ | |||||||
| Date | | | | | The International Bureau of the World Intellectual Property Organization | ||
| Reg. № | | | | | | | |
|
NOTIFICATION | |||||||
| According to Article 4 bis of the Protocol Relating to the Madrid Agreement, Agency on Intellectual Property of the Republic of Uzbekistan replaces the national trademark registration by the international registration № __________________________________________________ | |||||||
| — regarding all classes of the Nice Classification according to the list of goods and / or services: __________________________________ | |||||||
| — regarding the following classes of the Nice Classification according to the list of goods and / or services: __________________________ | |||||||
| Date of filing of a national application: _________________________________________________________________________________ Number of a national application: _____________________________________________________________________________________ Date of registration of a national registration: ____________________________________________________________________________ Number of a national registration: ____________________________________________________________________________________ Date of priority of the national registration: _____________________________________________________________________________ Nead of the Trademark Examination Department (signature)________________________________________________________________ Nead of the Administration Department (signature) ______________________________________________________________________ | |||||||
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 510-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)