1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Summasi |
Moliyalashtirish manbalari |
Taqdim etiladigan hujjat shakli |
Bajaruvchilar | |
|
I. Aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga yoʻnaltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son va “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining markazlarning nomlarini oʻzgartirishni, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkilotlarida tibbiy yordam koʻrsatiladigan shaxslar imtiyozli toifasining yagona roʻyxatini yuritishni nazarda tutuvchi tegishli qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi, G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavini tasdiqlash. |
2017-yil 1-avgust, III chorak |
- |
- |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
3. |
Yuqori texnologik diagnostika va davolash xizmatlari koʻrsatishda murakkablikdan, tigʻizlikdan, hajmdan kelib chiqib mehnatga haq toʻlash tizimiga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish yoʻli bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish va qabul qilish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi, G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi, A. Abduxakimov Mehnat vazirligi, |
|
4. |
2017 — 2021-yillarda aholiga koʻrsatilayotgan neyroxirurgik yordamni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
5. |
Oliy tibbiyot taʼlim muassasalari klinikalari toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqish va yangilangan namunalarini tasdiqlash. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov |
|
6. |
Davolash-diagnostika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda davolashning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishning standartlarini zaruriyatga koʻra qayta koʻrib chiqish va majburiy joriy etish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
II. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish | ||||||
|
7. |
Moddiy-texnika bazani doimiy yangilash, dori vositalari va zarur sarflash materiallari, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar bilan taʼminlash, shuningdek quyidagilar yoʻli bilan xodimlar mehnatiga haq toʻlash shartlari uchun zarur boʻlgan pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan mablagʻlar tushumi darajasini yanada oshirish: rentabellikning tegishli darajasi taʼminlanishi hisobga olingan holda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishning yangilangan umumiy qoidalari va metodikasini tasdiqlash; norezidentlarga erkin muomaladagi valyutada tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibini joriy etish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
- |
Qoʻshma qaror |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B.Xodjayev Moliya vazirligi, R. Gulyamov Davlat raqobat qoʻmitasi, G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qoʻllanilishi hisobga olingan holda zamonaviy talablarga va ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq tibbiyot tashkilotlarida hisob va hisobot hujjatlari yuritilishi tizimini takomillashtirish. |
2017-yil 1-noyabr, IV chorak |
- |
- |
Chora-tadbirlar kompleksi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
III. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||||
|
9. |
1-ilovaga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan: |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi | ||
|
yangi obyektlar qurish; |
2017-2018-yillar |
38 700,0 mln soʻm | ||||
|
obyektlarni rekonstruksiya qilish; |
2017-2018-yillar |
37 000,0 mln soʻm | ||||
|
mukammal taʼmirlash yoʻli bilan mustahkamlash. |
2018-2019-yillar |
15 000,0 mln soʻm | ||||
|
10. |
1a-ilovaga muvofiq hududiy ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan: |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi | ||
|
yangi obyektlar qurish; |
2017 — 2019-yillar |
120 500,0 mln soʻm | ||||
|
obyektlarni rekonstruksiya qilish; |
2017 — 2020-yillar |
84 800,0 mln soʻm | ||||
|
mukammal taʼmirlash yoʻli bilan mustahkamlash. |
2018 — 2020-yillar |
52 500,0 mln soʻm | ||||
|
11. |
1-ilovaga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, kadriologiya, dermatologiya va venerologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, urologiya va travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini yuqori texnologik tibbiyot uskunasi bilan jihozlash. |
2017-2018-yillar |
24 883,5 ming AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
12. |
Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini va viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat onkologiya markazlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini yuqori texnologik uskuna — kompyuter tomograflari, magnitorezonans tomograflari, koʻchma mammografik komplekslar, rentgen apparatlari, UTT apparatlari, LOR-kombaynlar, laparoskoplar va boshqalar bilan jihozlash. |
2017-2018-yillar |
72 367,7 ming AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Investitsiya dasturi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
13. |
Har bir hisobga olinadigan birlikning texnik holatini pasportlashtirgan holda tibbiyot uskunasidan foydalanish samaradorligi boʻyicha yagona axborot maʼlumotlar bazasini tashkil etish. |
2017-yil 1-sentabr, III chorak |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
IV. Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||||
|
14. |
Magistraturada, klinik ordinaturada tor mutaxassislar tayyorlash, shuningdek birlamchi ixtisoslashuvdan oʻtish yoʻli bilan respublika tibbiyot tashkilotlari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash. |
2017 — 2020-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Qoʻshma qaror |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, R. Qosimov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
15. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va oliy tibbiyot taʼlim muassasalari negizida tor ixtisosli mutaxassislarning malakasini uzluksiz oshirish tizimini takomillashtirish. |
2017 — 2020-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
16. |
Markaziy tuman (shahar) tibbiyot muassasalari vrachlari-mutaxassislari malakasini uzluksiz oshirish tizimini yaxshilash. |
2017-yil 1-avgust, III chorak |
3 500,0 ming AQSH dollari |
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
17. |
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida oʻquv-simulyatsiya laboratoriyalari tashkil etish. |
2017-2018-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Chora-tadbirlar kompleksi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi G. Saidova Iqtisodiyot vazirligi |
|
V. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish | ||||||
|
18. |
Kasalliklarni oldini olish, oʻz vaqtida tashxislash va davolashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni olib borish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
19. |
Imtiyozli toifalarni va bolalarni alohida hisobga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar, |
2017-yil |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Chora-tadbirlar kompleksi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
20. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari yetakchi mutaxassislarining aholining ijtimoiy nochor qatlamlari yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanilishini kengaytirish maqsadida mamlakatning barcha mintaqalariga muntazam ravishda chiqishlarini tashkil etish. |
Har yili kelishilgan ishlab chiqarilgan dasturlarga muvofiq (kitob shaklida) |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
21. |
“Sogʻliqni saqlash” axborot tizimi kompleksi doirasida barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dasturni ishlab chiqish va joriy etish. |
2017-2018-yillar, kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Bajaruvchilar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, B. Xodjayev Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
|
22. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan joylarga chiqib, sogʻliqni saqlash tizimining viloyat, shahar va tuman darajalaridagi ixtisosli tibbiyot tashkilotlari (boʻlinmalari) faoliyatini tashkil etishga samarali metodik rahbarlik qilish tizimini shakllantirish. |
Har yili kelishilgan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A.Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
23. |
Oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda diagnostika va davolashning yangi usullarini joriy etish boʻyicha viloyat, shahar va tuman darajalari tibbiyot tashkilotlari vrachlari uchun mahorat darslarini tashkil etish. |
Har yili tasdiqlangan jadvallarga muvofiq (kitob shaklida) |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov |
|
24. |
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga davolashning quyidagi yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
mitral klapanni (qopqani) kichik invaziyali usulda protezlash operatsiyalari; |
2018-yil | |||||
|
aortal klapanni (qopqani) kichik invaziyali usulda implantatsiyalash, qiziloʻngach-meʼda kollektorini batamom ajratish, yumshoq toʻqimalarning keng koʻlamli nuqsonlarini plastika qilish, mitral yetishmovchiligida qayta tiklovchi aralashuvlar, distal spleno-renal (qora taloq va buyrak venalari) anastomozini qoʻyish boʻyicha operatsiyalar. |
2019-yil | |||||
|
25. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sh. Muxtarov Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
yuqori va pastki peshob yoʻllarining faoliyat buzilishiga tashxis qoʻyishda urodinamik tekshiruvlarni, peshob yoʻlining (uretra) davomli torayishlarida rekonstruksiyalovchi-qayta tiklovchi operatsiyalarni, prostata bezi kasalliklarida endourologik transuretral operatsiyalarni; |
2017-yil | |||||
|
buyrak hosilalariga tashxis qoʻyishda ultratovush (doplerografik) tekshiruvlarni qoʻllash; |
2018-yil | |||||
|
buyrak hosilalarida aʼzo saqlovchi endoskopik operatsiyalarni, radiologik tekshiruvlarni (MSKT, MRT) qoʻllash. |
2019-yil | |||||
|
26. |
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning zamonaviy yuqori texnologik usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, Z. Siddiqov Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
eksimerlazerli xirurgiya, korneotopografiya, kontaktsiz tonometriya-paximetriya; |
2017-yil | |||||
|
toʻr pardani elektrofiziologik tekshirish, toʻr pardaning vitrektomiyasi, lazerli dakriotsistorinostomiya, shoh parda kross-linkingi, toʻr pardaning lazerkoagulyatsiyasi; |
2018-yil | |||||
|
ultratovushli biomikroskopiya, koʻzning optik kogerent tomografiyasi, shoh pardaning konfokal mikroskopiyasi. |
2019-yil | |||||
|
27. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
75 yoshdan oshgan bemorlarda aortal qopqani kateter orqali implantatsiyalash; |
2017-yil | |||||
|
chap boʻlmacha quloqchasini kateter orqali berkitish, yurak tugʻma nuqsonlarini endovaskulyar davolash, qiziloʻngach orqali exokardiografiya qilish; |
2018-yil | |||||
|
mitral qopqani kateter orqali plastika qilish, aorta koʻtariluvchi qismini suprakonoral protezlash, aorta koʻtariluvchi qismini protezlash. |
2019-yil | |||||
|
28. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, D. Najmutdinova Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
laparoskopik gisterektomiya (bachadonni olib tashlash), bachadonni ballonli tamponada qilish, operatsiyadan oldingi va keyingi davrda multimodal ogʻriqsizlantirish, katta miqdorda qon yoʻqotishda “Damadge control” — “Jarohat nazorati” usulini tatbiq qilish; |
2017-yil | |||||
|
stressli peshob ushlamaslikni kichik invaziyali usulda takomillashtirilgan operatsiyali izga solish, tugʻruq yoshidagi ayollarda konservativ mioektomiya; |
2018-yil | |||||
|
bachadon boʻyni saraton oldi holatlarini skrininglash; homila rivojlanishining anomaliyalarida bachadon ikkinchi fetal xirurgiyasi. |
2019-yil | |||||
|
29. |
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, U. Kamilova Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
aniq koʻrinib turgan nafas yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarni yuqori chastotali oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi yordamida respirator qoʻllab-quvvatlash; |
2017-yil | |||||
|
surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda buyraklar faoliyatining buzilishini prognozlashtirish mezonlarini aniqlash; |
2018-yil | |||||
|
antibiotiklarga chidamli shtammlarni molekulyar-genetik usullar bilan aniqlash. |
2019-yil | |||||
|
30. |
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, U. Sabirov Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
allopetsiyani davolashda sochlarni ekish usulini; |
2017-yil | |||||
|
ozonoterapiyadan foydalangan holda dermatozlarni davolash; |
2018-yil | |||||
|
eksimer nurdan foydalangan holda moxov va vitiligoning har xil shakllarini davolash, dermatologik kasalliklar terapiyasida lazer texnologiyalarini joriy etish. |
2019-yil | |||||
|
31. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, N. Parpiyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
oʻpka va oʻpkadan tashqari silni davolashda videotorakoskopik operatsiyalar; |
2017-yil | |||||
|
torakomioplastika, beta-laktamaza faolligini aniqlash usullari, yirik boʻgʻimlarni batamom endoprotezlash; |
2018-yil | |||||
|
infravezikulyar (pufak ichi) torayishlarda kichik invaziyali operatsiyalarni qoʻllash, traxeya va bronxlarning plastik operatsiyalari, oʻpka va plevrada video-yordamchi va videotorakoskopik operatsiyalarni qoʻllash; |
2019-yil | |||||
|
bosh bronxni toʻsh orqali (transsternal) berkitish (okklyuziyasi), nefropeksiya, sigmotsistoplastika, umurtqa pogʻonasi patologiyalarida radikal-qayta tiklovchi operatsiyalar. |
2020-yil | |||||
|
32. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, D. Axmedova Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
chaqaloqlarda audioskrining oʻtkazishni ham oʻz ichiga oluvchi ogʻir shakldagi qulogʻi ogʻir va kar bolalarni reabilitatsiya qilish, bolalarni tanlab olish va operatsiyagacha reabilitatsiya qilish, koxlear implantatsiya operatsiyasi, operatsiyadan keyingi tibbiy- ijtimoiy va pedagogik reabilitatsiya; |
2018-yil | |||||
|
bolalardagi safro yoʻllari va peshob chiqaruvchi yoʻllarning tugʻma nuqsonlari hamda orttirilgan usullarda tashxis qoʻyish va izga solish. |
2019-yil | |||||
|
33. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga quyidagi davolash va diagnostikaning yuqori texnologik zamonaviy usullarini joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, A. Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
markaziy asab tizimi va orqa miya hosilalarida kontrastli magnit-rezonans tomografiyani qoʻllash; |
2017-yil | |||||
|
glukoza miqdori va insulin pompasini kecha-kunduzi monitorlash, bosh miya oʻsmasiga tashxis qoʻyishda stereotoksik biopsiya usulini qoʻllash, markaziy asab tizimi oʻsmalarida operatsiya ichi fluoressent spektroskopiyani qoʻllash; |
2019-yil | |||||
|
bosh miya qutisi asosining oʻsmalarida kengaytirilgan transnazal (burun orqali) yoʻllarni qoʻllash, qalqonsimon oldi bezlarining endoskopik xirurgiya usullari, optik kogerent tomografiya, autoflyuoressent aʼzosi kasalliklarini lazer yordamida davolash usullari. |
2020-yil | |||||
|
34. |
Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga stenozlar i anevrizmalarda yurak tomirlari va bosh miyani stentlash boʻyicha davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. |
2017-yil |
9 772,0 mln soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari, Yaponiya Hukumati grantlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, G. Kariyev Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
35. |
Andijon va Samarqand davlat tibbiyot institutlari klinikalari, Buxoro va Fargʻona viloyatlari koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga katta yoshdagilarga yurakning ogʻir kasalliklariga nisbatan ochiq yurakda operatsiyalarni joriy etish. |
2018-yil |
9 158,0 mln soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlan-tirish Jamgʻarmasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A.Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
36. |
Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlari bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga bolalarda ogʻir yurak kasalliklariga nisbatan ochiq yurakda operatsiyalarni joriy etish. |
2018-yil |
6 114,9 mln soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
37. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining jarrohlik amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, F. Nazirov Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
distal spleno-renal (qora taloq va buyrak venalari oʻrtasida) anastomozlarni laparoskopiya usulda qoʻllash; |
2017-yil | |||||
|
qiziloʻngach orqali (operatsiya vaqtida) exokardiografiya qilish, qiziloʻngach varikoz kengaygan venalaridan faol qon ketayotgan bir paytda stentlash; multifokal (koʻp oʻchoqli) arterioskleroz bilan ogʻrigan bemorlarda toj hamda uyqu arteriyalarining qoʻshilib shikastlanishida bir vaqtning oʻzida angioplastika va stentlash usulini ishlab chiqish va tatbiq etish; |
2018-yil | |||||
|
protez oldi churralari boʻlgan bemorlarda sanografik mezonlarni aniqlash. |
2019-yil | |||||
|
38. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining urologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sh. Muxtarov Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
quyi siydik yoʻllari funksiyalari buzilishini baholashning zamonaviy diagnostika kompleksini (urofloumetriya), yuqori va pastki siydik yoʻllarini kam jarohatli drenirlash maqsadida endoskopik operatsiyalarning zamonaviy kompleksi; |
2018-yil | |||||
|
buyrak va yuqori siydik yoʻllaridagi toshlarni masofadan turib maydalashning zamonaviy usuli (EUVL); |
2019-yil | |||||
|
urologik kasalliklar diagnostikasi uchun radiologik tadqiqotlarning zamonaviy kompleksi, buyrakning yakka-yolgʻiz, asoratsiz toshlarini olib tashlashning zamonaviy endoskopik usuli (MSKT, MRT). |
2020-yil | |||||
|
39. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining oftalmologik amaliyotiga: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, Z. Siddiqov Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
katarakta fakoemulsifikatsiyasini; |
2017-yil | |||||
|
toʻr parda lazerkoagulyatsiyasini joriy etish. |
2018-yil | |||||
|
40. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining kardiologiya amaliyotiga: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, R. Qurbonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
toj tomirlari angiografiyasi, toj tomirlarida angioplastika bilan kechuvchi teri orqali aralashuvlar (operatsiyalar), koʻp oʻchoqli (multifokal) arterioskleroz bilan ogʻrigan bemorlarda toj va uyqu tomirlarining qoʻshilgan torayishi kuzatilganda bir vaqtning oʻzida angioplastika va stentlash, ishemik insultda ichki uyqu arteriyasini stentlash, aorto-koronar shuntlash; |
2018-yil | |||||
|
yurak ishemik kasalligining turli shakllarida Absorb bioeruvchi karkaslarni oʻrnatish, yurak-qon tomir kasalliklariga tashxis qoʻyishda zamonaviy radiologik tekshiruvlar majmuasini (MSKT) qoʻllash. |
2019-yil | |||||
|
41. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining akusherlik va ginekologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, D. Najmutdinova Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
bachadon boʻyni saraton oldi kasalliklari skriningini oʻtkazish; |
2018-yil | |||||
|
tugʻruqdan keyingi qon ketishlarida bachadonni ballonli tamponada qilish; |
2019-yil | |||||
|
operatsiyadan oldingi va keyingi davrda multimodal ogʻriqsizlantirish, katta miqdorda qon yoʻqotishni davolashda “Damadge control” usulini qoʻllash. |
2020-yil | |||||
|
42. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining terapiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, U. Kamilova Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiyot reabilitatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida pankreatik yetishmovchilikka tashxis qoʻyish uchun fekal elastazmani aniqlashda IFA metodika boʻyicha tashxis qoʻyish; |
2017-yil | |||||
|
bronxomotor test oʻtkazish metodikasi, buyrak funksiyalarini hisobga olgan holda surunkali yurak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarda terapiyani tanlashni optimallashtirish, qon tomirlari kasalliklariga chalingan bemorlarda UTD va magnit maydonlarining kompleks taʼsiri. |
2018-yil | |||||
|
43. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining dermatologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, U. Sobirov Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
gipergidrozga chalingan bemorlarda Minor namunasini moxovga va vitiligoga chalingan bemorlarga PUVA-terapiyasini, virusli kasalliklarni davolashda elektrokoagulyatsiya va krioterapiyani joriy etish (VPCH). |
2018-yil | |||||
|
2019-yil | ||||||
|
2020-yil | ||||||
|
44. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining ftiziatriya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, N. Parpiyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
1 va 2-qator silga qarshi vositalarga nisbatan chidamlilikni aniqlashning tezlashtirilgan tashxisi test usullari; |
2018-yil | |||||
|
davolashning yangi qisqartirilgan usullari va statsionarning oʻrnini bosuvchi texnologiyalar, oʻpka va plevrada radikal-rezeksion operatsiya usullari (atipik va segmentar rezeksiyalar, lobektomiyalar, pulmonektomiyalar, plevrektomiya va dekortikatsiyalar), torakoplastik operatsiyalar; |
2019-yil | |||||
|
infravezikulyar torayishlarda kichik invaziyali operatsiyalar (siydik nayini stentlash, teri orqali nefrostoma va sistostoma quyish), umurtqa pogʻonasi patologiyalarida orqa miya tuzilmalarini tiklash bilan bajariluvchi radikal-qayta tiklash operatsiyalari, umurtqa pogʻona ustunida turli xil metall tuzilmalarni qoʻllash bilan bajariluvchi qayta tiklash operatsiyalari, umurtqa pogʻonasi va boʻgʻimlar kasalliklarida kichik invaziyali operatsiyalar (abssessonekrektomiya, churralarni olib tashlash, boʻgʻimlar faoliyatini qayta tiklash). |
2020-yil | |||||
|
45. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining pediatriya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, D. Axmedova Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
barcha perinatal markazlarda va viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida chaqaloqlarning neyroaudiskriningi; |
2017-yil | |||||
|
siydik chiqarish tizimi organlarining tugʻma va orttirilgan kasalliklari diagnostikasi va davolashda endoskopik usullar; |
2018-yil | |||||
|
koxlear implantatsiyasi operatsiyasidan keyin kar va 4-darajali qulogʻi ogʻir bolalarni operatsiyadan keyin kompleks tibbiy-ijtimoiy va pedagogik reabilitatsiya qilish. |
2019-yil | |||||
|
46. |
Hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining endokrinologiya amaliyotiga quyidagilarni joriy etish: |
- |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi, A. Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |
|
buqoqning tugunli shakllarida IFA-diagnostika, nozik igna aspiratsion biopsiya usuli va jarrohlik operatsiyalari; |
2017-yil | |||||
|
yod tanqisligi holatining ogʻirlik darajasini baholash maqsadida yod tanqisligi holatlari monitoringini olib borish (buqoqning tarqalganligi, yoduriya, tuzdagi yod miqdoriga qarab); |
2018-yil | |||||
|
glukoza va insulin pompasini kecha-kunduz davomida monitoring qilish. |
2019-yil | |||||
|
47. |
Mavjud umumiy jarrohlik oʻrin fondini qayta ixtisoslashtirish yoʻli bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida jarrohlik yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan boʻlimlarini (travmatologiya, otolaringologiya, oftalmologiya va boshqalar) tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
48. |
Mavjud umumterapevtik oʻrin fondini qayta ixtisoslashtirish yoʻli bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida terapiya yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan boʻlimlarini (kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya va boshqalar) tashkil etish. |
2017 — 2021-yillar |
- |
Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
A. Shadmanov Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
Chora-tadbirlar dasturi tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 373,5 mlrd soʻm va 100,75 mln AQSH dollari |
|||
|
undan: |
mlrd soʻm |
mln AQSH dollari | |
|
Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari |
– |
373,5 |
|
|
Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlarining mablagʻlari va grantlari |
– |
100,75 |
1-ILOVA
|
T/r |
Obyektning nomi |
Quvvati |
Qiymati |
Ishga tushirish muddati |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Yangi qurilish obyektlari | |||||
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul qilish-diagnostika boʻlimi bilan birgalikda statsionarining yangi binosini qurish. |
45 oʻrin |
Umumiy qiymati |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
2. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasining yangi binosini qurish. |
bir smenada 250 tashrif |
Umumiy qiymati |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
3. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 40 oʻrinli yangi binosi va maʼmuriy binosini qurish. |
40 oʻrin |
6,0 |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
4. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasining yangi binosini qurish. |
bir smenada 250 tashrif |
7,2 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
Jami qurilish: |
Umumiy qiymati |
||||
|
II. Rekonstruksiya qilish obyektlari | |||||
|
5. |
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar boʻlimi binosining texnik qavatini rekonstruksiya qilish, bolalar oshxonasining 80 oʻrinli oshxonasini rekonstruksiya qilish. |
Obyekt |
4,0 |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
6. |
Respublika ixtisoslashtirilgan travmotologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 90 oʻrinli davolash korpusini va diagnostika boʻlimini rekonstruksiya qilish. |
90 oʻrin |
Umumiy qiymati |
2016-2017-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
7. |
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasi binosini rekonstruksiya qilish. |
bir smenada 100 tashrif |
3,0 |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
8. |
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasini rekonstruksiya qilish. |
bir smenada 250 tashrif |
12,0 |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
Jami rekonstruksiya qilish: |
Umumiy qiymati shu jumladan, 2017-yil — 29,0 |
||||
|
III. Mukammal taʼmirlash obyektlari | |||||
|
9. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining oziq-ovqat bloki binosini mukammal taʼmirlash. |
Obyekt |
1,5 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
10. |
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-davolash korpusi binosini mukammal taʼmirlash. |
40 oʻrin |
3,5 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
11. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash korpusi poliklinikasi binosini mukammal taʼmirlash. |
100 oʻrin, |
10,0 |
2018-2019-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
|
Jami mukammal taʼmirlash: |
15,0 |
||||
1a-ILOVA
|
T/r |
Obyektning nomi |
Quvvati |
Qiymati (mlrd soʻm) |
Ishga tushirish muddati |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Yangi qurilish obyektlari | |||||
|
1. |
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus filialining yangi binosini qurish. |
50 ta oʻrin |
6,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. |
Jizzax viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish. |
100 ta oʻrin, bir smenada 100 tashrif |
5,0 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
|
3. |
Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish. |
85 ta oʻrin |
12,0 |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
|
4. |
Toshkent shahar endokrinologiya dispanserining yangi binosini qurish. |
bir smenada 200 tashrif |
2,5 |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri hokimligi |
|
5. |
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali klinikasini qurish. |
120 ta oʻrin |
Umumiy qiymati 45,0; |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
6. |
Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasini qurish. |
200 ta oʻrin |
Umumiy qiymati 50,0; |
2018-2019-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
Jami qurilish: |
Umumiy qiymati |
||||
|
II. Rekonstruksiya qilish obyektlari | |||||
|
7. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filialini rekonstruksiya qilish. |
120 ta oʻrin, bir smenada 200 tashrif |
10,0 |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
8. |
Navoiy viloyat perinatal markazini rekonstruksiya qilish. |
120 ta oʻrin |
7,0 |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
|
9. |
Surxondaryo viloyat perinatal markazini rekonstruksiya qilish. |
160 ta oʻrin |
5,5 |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
10. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish. |
40 ta oʻrin |
4,5 |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
11. |
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filialini rekonstruksiya qilish. |
70 ta oʻrin |
4,5 |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
12. |
Urganch shahrida Xorazm viloyat kardiologiya dispanseri hududida bolalar kardioxirurgiya korpusini qurish. |
15 ta oʻrin |
3,5 |
2017-2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
13. |
Toshkent viloyat teri-tanosil dispanserini rekonstruksiya qilish. |
50 ta oʻrin |
5,0 |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
14. |
Surxondaryo viloyat teri-tanosil dispanserini rekonstruksiya qilish. |
80 ta oʻrin |
3,0 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
15. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
100 ta oʻrin, bir smenada 100 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
16. |
Andijon viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
120 ta oʻrin, bir smenada 150 tashrif |
6,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
17. |
Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
120 ta oʻrin, smenada 100 tashrif |
7,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
18. |
Namangan viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
160 ta oʻrin, bir smenada 150 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
|
19. |
Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
90 ta oʻrin, bir smenada 100 tashrif |
4,0 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
|
20. |
Sirdaryo viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
60 ta oʻrin, bir smenada 100 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi |
|
21. |
Toshkent viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
70 ta oʻrin, bir smenada 150 tashrif |
5,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
22. |
Fargʻona viloyat endokrinologiya dispanserini rekonstruksiya qilish. |
120 ta oʻrin, bir smenada 100 tashrif |
4,8 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi |
|
Jami rekonstruksiya qilish: |
84,8 |
||||
|
III. Mukammal taʼmirlash obyektlari | |||||
|
23. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kardiologiya dispanseri binolarini mukammal taʼmirlash. |
125 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
24. |
Andijon viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal taʼmirlash. |
70 ta oʻrin |
3,0 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
25. |
Buxoro viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal taʼmirlash. |
110 ta oʻrin |
3,0 |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
26. |
Sirdaryo viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal taʼmirlash. |
65 ta oʻrin |
3,0 |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi |
|
27. |
Toshkent viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal taʼmirlash. |
90 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
28. |
Fargʻona viloyat kardiologiya dispanseri binolarini mukammal taʼmirlash. |
75 ta oʻrin |
3,0 |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi |
|
29. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
80 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
30. |
Buxoro viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
50 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
|
31. |
Jizzax viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
70 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
|
32. |
Samarqand viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
130 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
|
33. |
Fargʻona viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
100 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi |
|
34. |
Toshkent viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
40 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
35. |
Qashqadaryo viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolarini mukammal taʼmirlash. |
75 ta oʻrin |
3,0 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
36. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialini mukammal taʼmirlash. |
210 ta oʻrin |
4,5 |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
37. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialini mukammal taʼmirlash. |
165 ta oʻrin |
4,5 |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
|
38. |
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialini mukammal taʼmirlash. |
200 ta oʻrin |
4,5 |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
Jami mukammal taʼmirlash: |
52,5 |
||||
2-ILOVA
|
T/r |
Muassasaning nomi |
Amalga oshirish davri |
Moliyalashtirish hajmi, ming AQSH dollari |
Moliyalashtirish manbalari |
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-yil |
2 948,5 |
KfW-bank |
|
2. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-yil |
2 200,0 |
KfW-bank |
|
3. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-yil |
3 300,0 |
KfW-bank |
|
4. |
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
980,70 |
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi |
|
5. |
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
2 880,0 |
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi |
|
6. |
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
3 192,0 |
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi |
|
7. |
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
2 713,0 |
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi |
|
8. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
3 315,0 |
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi |
|
9. |
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. |
2017-2018-yillar |
3 354,3 |
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi |
|
Hammasi |
24 883,5 |
|||
“Fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, aynan: sogʻliqni muhofaza qilish sohasida inson huquqlariga rioya qilish; aholi barcha qatlamlarining tibbiy yordamdan foydalanishi; profilaktika choralarining ustuvorligi; sogʻligʻini yoʻqotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi; tibbiyot fani va amaliyotining birligi belgilangan.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yil 5-yanvar va 7-fevralda sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishning holatiga tanqidiy baho berildi, bu esa toʻplanib qolgan muammolarni hal etish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yuqori malakali va yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatishning yaxlit tizimi shakllantirilgan. Ushbu xizmatlar aniq tashxis qoʻyish va davolashning samarali usullarini, shu jumladan, yuqori texnologik diagnostik va tezkor aralashish usullarini qoʻllash imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli choralar tufayli faqat oxirgi 5 yilda ixtisoslashtirilgan markazlarda 150 mingdan ortiq tezkor aralashuvlar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar amalga oshirildi, davolashning 80 dan ortiq yangi murakkab va noyob usullari amaliyotga joriy etildi.
Shu bilan birga, mazkur sohada aniq va tezkor chora-tadbirlar koʻrishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.
Xususan, sogʻliqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan muassasalarining roli pastligicha qolmoqda. Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan oʻtgan ilgʻor yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha qoʻlga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining masʼuliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Qaror bilan barcha darajalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada isloh qilish, respublika miqyosida ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish, viloyat darajasida ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish, tuman (shahar) darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan boʻlimlar negizida koʻrsatish nazarda tutilgan. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tashkilotlariga esa maxsus tasdiqlangan jadval boʻyicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisoslashgan mutaxassislari tomonidan maslahatlar berilishi, shuningdek, davolash va maslahat-diagnostika yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini koʻrsatishi nazarda tutilgan.
Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimida respublika boʻyicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini oʻz vaqtida aniqlashni taʼminlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng qoʻllash nazarda tutilgan.
Yetakchi respublika ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika tashkilotlari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.
Oʻz ixtisosligi boʻyicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda oʻtkazish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga koʻmaklashish markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, maslahatlashuvlar va mahorat darslari oʻtkazish uchun ularni respublikaga taklif etadi, sogʻliqni saqlash tizimi mahalliy mutaxassislarining chet elda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini taʼminlaydi.
Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish sxemasi va aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirishga, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan huquqiy bazani takomillashtirishga yoʻnaltirilgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj boʻlgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.
2022-yil 1-yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sogʻliqni saqlash tizimi davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etish nazarda tutilgan. Boʻshagan mablagʻlar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat koʻrsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.
Qarorda davolanish uchun chet elga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy koʻnikmalarini oshirish maqsadida xorijiy yetakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Dastur doirasida 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard soʻm va 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, shundan 60 milliard soʻm mablagʻ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yoʻnaltiriladi.
Qaror va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar respublikada, ayniqsa, viloyat va tumanlar darajasida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, aholining keng qatlamlarini yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand qilishga, yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasidagi ilm-fan yutuqlari va ilgʻor xorijiy tajribani amaliyotga faol joriy etishga xizmat qiladi.