Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2022 20.06.2017 yildagi PQ-3074-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida xalqimizning boy tarixi va madaniyatining ajralmas bir qismini tashkil etadigan, maʼnaviy taraqqiyotimiz uchun gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan qadimiy qoʻlyozmalar, sanʼat asarlari, osori- atiqalarni saqlash, ularni ilmiy tadqiq etish, yurtimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida targʻib qilish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shunday noyob tarixiy-madaniy ashyolar nafaqat xalqimiz madaniyatining nodir durdonalari, balki jahon miqyosidagi yirik kolleksiyalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid koʻplab qimmatbaho eksponatlar xorijiy davlatlarning muzeylari va arxiv fondlarida saqlanmoqda. Ushbu madaniy meros yodgorliklarini aniqlash va tadqiq etish, imkon qadar mamlakatimizga olib kelish yuzasidan keyingi yillarda muayyan ishlar qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda xalqimiz, xususan, yoshlarimizni ana shu bebaho maʼnaviy boylikdan bahramand etish, tariximiz va madaniyatimizning nomaʼlum sahifalarini chuqur oʻrganish, chet ellardagi Oʻzbekistonga oid madaniy boyliklar haqida toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish, bu yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzarxiv” agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ana shu tarixiy eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish, tegishli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erishilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turli anjumanlar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar koʻrish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umumeʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global internet tarmogʻida keng yoritish, ular haqidagi bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplangan materiallarni mamlakatimiz va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktoriga, zarurat tugʻilgan hollarda, Markazning tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2 ilovalar berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning yillik faoliyat rejasini tasdiqlash va uning amalga oshirilishi uchun koʻmaklashish, shuningdek, zaruratdan kelib chiqqan holda, Markazga yuklangan asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Markazning taklifiga asosan uning mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan Markazga jalb qilinadigan ekspertlarni xorijiy davlatlarga safarlarga joʻnatish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha Markaz hisobotlarini eshitish, uning faoliyati samarasi va natijadorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va bu borada zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Komissiyaning ishchi organi hamda Markaz direktori, lavozimiga koʻra, Komissiyaning masʼul kotibi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti mutasaddiligida faoliyat yuritadigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy manzilidagi binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati natijasida xorijda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarning asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinganida (qaytarilganida), zarur ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilganidan soʻng, ular Komissiyaning xulosasiga asosan, tegishli davlat muzeylari tasarrufiga bepul oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni saqlab turish xarajatlari, shuningdek, 2017-yilda Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grant mablagʻlari;
(6-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan unga jalb qilinadigan ekspertlarni xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuborish va chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ni jalb etish xarajatlari va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlar uchun tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning xorijda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni oʻrganish ishlarini tashkil etish uchun har yili ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga davlat buyurtmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tasdiqlanadigan davlat buyurtmasida belgilangan ilmiy tadqiqotlar uchun davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan grantlar ajratilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan xarajatlar uchun zarur budjet mablagʻlarini 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy soha boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ushbu sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan bitta xizmat avtotransportini saqlab turish uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ning mehnatiga xaq toʻlash miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida mehnat shartnomasida belgilanadi va chet el valyutasida chet eldagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan davrida bir kunlik safar xarajatlari 20 AQSh dollariga teng miqdorda, kundalik meʼyor boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari boʻyicha mamlakatimizda yashash xarajatlari Markaz tomonidan milliy valyutada toʻlanadi, bir oydan ortiq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari boʻyicha chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ning yashash xarajatlari uchun toʻlovlar, tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, oylik maoshlarni toʻlashda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid, xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni aniqlash, ular haqida toʻliq maʼlumotlar bazasini shakllantirish va tadqiq etish uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ning Markaz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda, belgilangan tartibda, Markazni zarur aloqa turlari va vositalari, jumladan, Hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin, shuningdek, keng qamrovli internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va xizmat koʻrsatadigan tijorat banklariga Markazning buyurtmanomalari boʻyicha Markaz mutaxassislarining va unga boshqa tashkilotlardan jalb qilinadigan ekspertlarning xorijiy xizmat safarlari hamda chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ning mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻlarni konvertatsiya qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning xorijiy davlatlarga xizmat safariga boradigan mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinadigan ekspertlar Oʻzbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari vakillari tomonidan kutib olinishi, kuzatib qoʻyilishi, vizalar rasmiylashtirilishida va tarjimonlarni biriktirishda hamda Markazning xorijiy mamlakatlardagi tegishli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning buyurtmanomalariga binoan chet eldan jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar (ekspertlar)ga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga binoan chet eldan jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar (ekspertlar)ga davlat boji undirilmasdan, koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Markaz faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarning maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratish, ularning koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish, turli anjuman, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda, Markazga malakali mutaxassislar puxta tanlov asosida tanlab olinishi hamda kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, ikki oy muddatda, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Markaz va Komissiyaning nizomini, respublika muassasalaridan ekspertlarni, jumladan, chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ni mehnat shartnomasi asosida jalb etish tartibini tasdiqlashni hamda boshqa tashkiliy masalalarni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3074-son