Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-2853-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyun,
PQ-3037-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi PQ–3037-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1326-sonli qarorining:
a) 3-bandi 4-xatboshidagi “bozorlarning hududida” soʻzlaridan keyin “(qonun hujjatlariga muvofiq dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida zamonaviy savdo komplekslarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish istisno qilingan holda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 4-bandning 2-xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan har yili belgilanadigan minimal miqdorlardan past boʻlmagan miqdorda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ-2699-sonli qarorining 11-ilovasidagi:
a) 1-pozitsiyadagi “Faoliyat turi” ustuni “2-bandda koʻrsatilgan” soʻzlari “dehqon (oziq-ovqat) bozorlari avtoturargohlarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 2-pozitsiya chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 457-modda)