Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2019 02.06.2017 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 346-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) vakolatli davlat organi bo‘lib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi hamda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik tizimiga markaziy apparat, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda Vazirlikka qarashli tashkilotlar deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida vakolatli vakillariga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan bevosita va o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlikni va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillarini moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek Vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, tashqi bozorlardagi talab-ehtiyojlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va xillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda ularning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli xorijiy savdo sheriklarini izlash va tanlashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, mahalliy korxonalarning tender savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalarida va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan boshqa shunday tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahalliy xomashyo negizida import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasining bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar va xizmatlar), shu jumladan, o‘ziga xos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi choralarini qo‘llash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, xususan tranzit salohiyatini, logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin va teng huquqli sherikchilik tamoyillariga asoslangan, o‘zaro manfaatli va diskriminatsiya qilinmaydigan tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish jarayonida qulay shart-sharoitlarni yaratishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, xizmatlar va ishlar, shu jumladan strategik tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosida davlat siyosati bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtiradi, tarif va notarif choralarini qo‘llashni tartibga soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida tashqi savdo sohasidagi qonunchilik hamda vazirlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatning elektron tijorat sohasida tashqi savdo siyosatini shakllantirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy integratsiyani amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo hamkorligi sohasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari doirasida tomonlar majburiyatlarining bajarilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining xorijiy xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni ta’minlaydi;
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 817-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga davlat tashriflari va safarlari bilan bog‘liq tadbirlarni tashqi savdo jihatidan axborot-tahliliy, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy jihatdan ta’minlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo kelishuvlari va xalqaro bitimlar shartlari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el hamda respublika hududida tashqi savdo faoliyatiga oid tadqiqot va izlanishlar, o‘quv amaliyotlari va seminarlari, malaka oshirish kurslari o‘tkazishni tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, tashqi bozorlardagi talab- ehtiyojlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashqi bozorlarini tadqiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro savdo holatini, xorijiy davlatlaridagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, konyunkturani o‘rganadi va shu asosda tashqi bozorlarning rivojlanish tendensiyasini prognozlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlarning istiqbollari va samaradorligini inobatga olgan holda tashqi bozorlarning rivojlanish holati va prognozini chuqur tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy eksport nomenklaturasi bo‘yicha marketing va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini tashqi savdo masalalari bo‘yicha zarur axborotlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikamiz tashkilotlaridagi marketing xizmatlarini tashkil etishda va faoliyatida uslubiy va amaliy yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik, idora va xo‘jalik subyektlari bilan birgalikda tashqi savdo sohasida xalqaro sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni mamlakatimizda va xorijda tashkil qiladi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimotlar, reklama tadbirlari va aksiyalar o‘tkazish, maxsus adabiyotlar, bukletlar chop etish, Internet xalqaro axborot tarmog‘ida maxsus veb-saytlar yaratish orqali O‘zbekiston Respublikasining yuqori xalqaro mavqeyini shakllantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va xillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda ularning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar o‘tkazadi va ular asosida mamlakatning asosiy eksport tovarlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarda jahon bozoridagi vaziyatlarning rivojlanishini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga eksport qilayotgan mahsulotlari bo‘yicha huquqiy, narx, moliyaviy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar, konsultatsiyalar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportbop mahsulotlar, shuningdek, soha korxonalarining eksport mahsulotlari va eksportchilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bozorlari marketingini tadqiq etish asosida, tovarlarning yangi turlarini, ularni keyinchalik eksport qilish uchun ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, eksport salohiyatini kengaytirish, mamlakatning eksport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sotish bozorlari ehtiyojlari va talablarini o‘rganadi, eksport strategiyasini, shuningdek eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmini ko‘paytirish, eksportni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning ham an’anaviy eksport nomenklaturasi bilan savdo qilish shart-sharoitlarini maqbullashtirish va yangi vositalarni joriy etish hisobiga, ham noan’anaviy eksport mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning boshqa turlarini kiritish va eksport nomenklaturasini diversifikatsiyalash hisobiga xalqaro bozorlarga chiqishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka qarashli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka qarashli tashkilotlar tomonidan milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarining eksport prognozi ijrosi bo‘yicha monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo infratuzilmasining jahon elektron savdo tizimiga integratsiyasi, Internetning global tarmog‘ida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning mavjud bo‘lishini kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat axborot markazini tashkil etish bo‘yicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarini sotish bozorlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy hamkorlikning har xil shakllari kengaytirilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan muassasalarning chet elda tashkil etilgan tashkilotlari reyestrini yaratadi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv va xo‘jalik organlari tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida eksport va import prognozlari bajarilishi tahlilini va monitoringini olib boradi, eksport va import sur’atlari, ulushi va samaradorligi prognozini amalga oshiradi va ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy tovarlarni, shu jumladan rangli metallar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berish balansini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari va tashqi bozorlarni o‘rganish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning standartlari va sifatlarini optimallashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishonchli xorijiy savdo sheriklarni izlash va tanlashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, mahalliy korxonalarning tender savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalarida, yarmarkalarida va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan boshqa shunday tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam ko‘rsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil etishda qatnashadi va ularga xorijiy bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini chet elda belgilangan tartibda ifodalaydi va himoya qiladi, O‘zbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahalliy xomashyo negizida import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha dastur va konsepsiya ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish masalalari bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish dasturini shakllantirish uchun Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida kontraktlar, shartnomalar, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli o‘rganish hamda import qilinayotgan mahsulotlar nomenklaturasi, strukturasi va hajmlarini chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonida ishlatiladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik jihozlar, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlar toifasiga kiradiganlarni olib kirishda xulosalar beradi, ichki ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun korxonalar tomonidan mahsulotlarni olib kelish sertifikati, tovarlarni kelib chiqish sertifikati bo‘yicha mustaqil ravishda amalga oshiradi yoki o‘zining vakolatlarini o‘z tashkilotlariga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasining bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va mamlakat bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoni liberallashtirish va unga ko‘maklashish, respublikaning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoda imtiyozli rejimlar qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) tovarlar (ishlar va xizmatlar), shu jumladan o‘ziga xos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi choralarini qo‘llash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib kirish va olib chiqish bo‘yicha miqdoriy cheklovlarni joriy etish, alohida turdagi tovarlarni eksport va (yoki) import qilish bo‘yicha davlat monopoliyasini o‘rnatadi, shuningdek tovarlarni olib kirish va olib chiqishga nisbatan himoyalash, kompensatsiya, antidemping va boshqa choralarni qo‘llash tartibi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini tatbiq etish borasida belgilangan tartibda o‘rganishlarni olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkiloti (keyingi o‘rinlarda TSBB/JST deb yuritiladi) bilan ishlar bo‘yicha idoralararo komissiyasi kotibiyati vazifasini bajaradi, mamlakatning TSBB/JSTga a’zo bo‘lib kirishi uchun chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida vazirlik va idoralar hamkorligini ta’minlaydi, shu jumladan, qonunchilikni TSBB/JST norma va qoidalariga moslashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TSBB/JST tamoyillariga muvofiq oldindan jo‘natish inspeksiyasi, sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish va jo‘natishdan oldin tekshirish inspeksiyasi tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoda xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlariga xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy nizolarni sudgacha hal etishda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport uchun muhim tovarlarni, shu jumladan rangli metallar va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoda texnik to‘siqlarni qo‘llash bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinayotgan mahsulotlarning soni va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantiradi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport faoliyatini rag‘batlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish va qonunchilik tahlili asosida eksport salohiyatini kengaytirish sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo masalalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati topshirig‘iga asosan xorijiy davlatlarning tashqi iqtisodiy organlari va kompaniyalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy va transport kommunikatsiyasi masalalaridagi hamkorligi bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini kelishadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, tranzit salohiyatini, logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda transport, transport aloqalari va xalqaro logistika sohasida tashqi savdo siyosati masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tranzit salohiyatini oshirish, transport-kommunikatsion tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyasiga integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston tashqi savdo tovarlarini optimallashtirish, yangi transport yo‘nalishlarini (yo‘laklarini) ko‘paytirish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida tranzit orqali o‘tadigan xavfli yuklar, qurol-aslahalar, harbiy uskunalar, harbiy mulklar, portlovchi moddalar va mahsulotlarni o‘tkazish chog‘ida belgilangan tartibda xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni hamda boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning organlari, chet eldagi xalqaro tashkilotlar, va kompaniyalar, xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, O‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni amalga oshirish va o‘zaro xat yozishmalari olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda texnik va iqtisodiy axborotlarni ayirboshlashni amalga oshirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlaridan axborotlarni so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni vazirlik, idora va xo‘jalik subyektlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va boshqa davlat boshqaruvi organlari mas’ul shaxslarining Vazirlik vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek maslahatlar olish, ushbu masalalarni o‘rganish va hal qilish uchun ham respublikadan, ham xorijdan olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini shakllantirish va takomillashtirish, Vazirlik xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning va Vazirlik roziligi bilan Vazirlikka qarashli tashkilotlarning rasmiy taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga kelgan xorijiy delegatsiyalarning respublika hududida yashashi va transport xarajatlariga zarur holatlarda haq to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanilishini muntazam nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, rasmiy e’lonlarni chop etish va boshqa materiallarni joylashtirish uchun belgilangan tartibda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga vakolatli vakillarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning markaziy apparati tashkiliy tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillar to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), vazir o‘rinbosari, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘linmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning taqdimnomasiga asosan, hay’at a’zolari soni va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda Vazirlik rahbariyati va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish orqali ijro intizomini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at Vazirlik vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at yig‘ilishlariga yuqori tashkilotlar vakillari, davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy hokimiyat va boshqa davlat boshqaruvi organlari, joylardagi va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at uning majlisida a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at qarorlari vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, vazir ushbu kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlik tizimida va Vazirlikka qarashli tashkilotlarda safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 471-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102)