O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustaviga o‘zgartirish kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyuldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 29-son, 330-modda) 29-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘qish (stajirovka) natijalariga ko‘ra Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi to‘g‘risidagi xulosa taqdim etiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-may,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 327-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 15-son, 125-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy- texnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2013-yil 5-fevraldagi 28-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 69-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 80-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 431-modda, 33-son, 864-modda)