1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Moliya / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika kompleksini modernizatsiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz (keyingi oʻrinlarda energiya resurslari deb ataladi) yetkazib berish va isteʼmol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga soʻzsiz rioya etish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish — mamlakatimizda olib borilayotgan, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohalarda toʻplanib qolgan jiddiy kamchilik va muammolar energiya resurslari boʻyicha debitor qarzdorlikni keskin kamaytirishga va elektr energetika va gaz tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ijro ishi yuritish samaradorligini oshirishga imkon bermagan. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, taʼminotchi korxonalar tomonidan yetarli choralar koʻrilmaganligi oqibatida isteʼmolchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi lozim darajada taʼminlanmagan, ularning aksariyati isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻlovlarni muntazam ravishda amalga oshirmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish muddatlarining kechiktirib yuborilganligi yetkazib berilgan va isteʼmol qilingan hajmlar hisobi yuritilishining haqqoniyligini taʼminlashga hamda hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, eskirgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator podstansiyalari va punktlari, gaz quvurlari hamda tegishli infratuzilmani yangilash surʼatlarining sustligi — texnologik yoʻqotishlarning koʻpayishiga va energiya resurslarining, ayniqsa, joylarda, surunkali uzilishlar bilan yetkazib berilishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, energiya resurslari boʻyicha qarzdorlik holatini onlayn tarzda kuzatib borish imkonini beruvchi zamonaviy elektron toʻlov tizimlarini rivojlantirish past darajada qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK tomonidan nazoratchilar ishining tashkil etilishi ustidan idoraviy nazorat lozim darajada oʻrnatilmaganligi debitor qarzdorlikning haddan ziyod oʻsishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, qarzdorlarni elektr va gaz tarmogʻidan uzish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmasdan, aslida mavjud boʻlmagan qarzdorlikni undirish haqida sudlarga aksariyat “bir xil qolipdagi” arizalarning kiritilishi taʼminotchilarning energiya resurslari uchun haq undirish borasidagi ishlarni tashkil etishga rasmiyatchilik bilan yondashayotganligidan dalolat bermoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb ataladi) faoliyatini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklar ijro ishi yuritilishi samaradorligiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Amaldagi undiruv koʻrsatkichining 2016-yilda atigi 45 foizni tashkil etganligi ham bundan dalolat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, idoralararo hamkorlikning va Sud departamenti faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning past darajadaligi ijro hujjatlari hisobi yuritilishida haqqoniylikni taʼminlashga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchidan, qonuniylikni va ijro intizomini mustahkamlash ishlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida 2016-yil va 2017-yilning I choragi davomida sodir etgan huquqbuzarliklari uchun “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AKning 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr va gaz taʼminoti sohasida yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha taʼsirchan choralarning koʻrilmaganligi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yoqilgʻi-energetika kompleksini modernizatsiyalash hamda texnologik qayta jihozlash, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, mamlakatning energetika xavfsizligini taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi omil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, elektr va gaz taʼminoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, toʻlov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablagʻlarning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari va suv uchun toʻlovlarning, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari va suv isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari va suvni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha isteʼmolchilarning masʼuliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tahlil oʻtkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari hamda suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati toʻlovlari hisob-kitob qilinishini, kattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan majburiy toʻlovlarning toʻlanishini taʼminlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(2-bandning uchinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan Sud departamentining Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Byuroga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Byuroning davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari Byuroga mazkur Farmonga muvofiq yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Byuro va uning hududiy tuzilmalariga energiya resurslarini yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni isteʼmolchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi — yuridik shaxslar deb ataladi) bank hisobraqamlaridan soʻzsiz undirish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan inkasso topshiriqnomalari qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi qarzdorlikni xodim — isteʼmolchilarning ish haqidan ushlab qolish haqida ish beruvchilarga bajarilishi majburiy boʻlgan talabnomalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari isteʼmoli, toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliqligini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va fuqarolardan talab qilib olish;
LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga energiya resurslari uchun qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan talabnomalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslarini yetkazib berish va isteʼmol qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiya qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga energiya resurslarini yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasidagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, energiya resurslari uchun hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmayotgan isteʼmolchilarga nisbatan jamoat taʼsir choralarini koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari uchun hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan, Byuro talabnomalari ijro etilmagan hollarda, shuningdek, elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlari aniqlanganda, isteʼmolchilarni elektr hamda gaz tarmoqlaridan uzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bartaraf etilgan hamda toʻlovlar toʻliq amalga oshirilganda, ilgari elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilgan isteʼmolchilarni qayta ulash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish tizimi va asboblarini koʻzdan kechirish.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi energiya resurslarini yetkazib berish, isteʼmol qilish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini, shuningdek, energiya resurslari isteʼmolchilarining masʼuliyati va huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur band talablari toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash Byuro va uning hududiy boʻlinmalariga yuklatilgan boshqa koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga ham tatbiq etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sud departamenti tugatilsin va uning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 1 301 ta boʻshatilayotgan shtat birliklari Byuroga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Sud departamenti balansida boʻlgan va u foydalanayotgan binolar, vositalar hamda boshqa moddiy-texnika qimmatliklarining Byuro balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Byuro tugatilayotgan Sud departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AKning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” AJning isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha 6 562 ta elektromontyor shtat birliklarini hamda “Oʻztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha 4 255 ta nazoratchi shtat birliklarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika isteʼmolchilariga energiya resurslarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika isteʼmolchilariga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-sonli Farmoniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan olib koʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, karzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro boʻlinmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(6-bandning beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga asosan beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, elektr uzatish liniyalari, gaz tarmoqlari, energiya resurslarini hisobga olish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, shuningdek, tegishli hududlarda nosozliklarni bartaraf etish bevosita “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, energiya resurslarini yetkazib berish va isteʼmol qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Byuro quyidagilar uchun javobgardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini, shuningdek, bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan energiya resurslari hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan tafovutlarni bartaraf qilish mexanizmi boʻyicha takliflar kiritish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK quyidagilar uchun javobgardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalarga muvofiq, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan energiya resurslari hajmi haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik haqidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va gaz taqsimlash tarmoqlari hamda energiya resurslarini bevosita isteʼmolchilarga boʻlinish chegarasiga qadar yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa infratuzilmalar ekspluatatsiyasi va taʼmirlash xizmatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga oʻrnatilgan energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish uskunalarini almashtirish, oʻrnatish va ekspluatatsiya xizmati koʻrsatish, shuningdek, Byuro bilan hamkorlikda ularni plombalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda texnik shartlarni berish, elektr va gaz tarmoqlariga yangi isteʼmolchilarni ulash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning majburiy talabnomasiga asosan, elektr energiyasi ayrim isteʼmolchilarini 6 — 10 kV va undan yuqori kuchlanishli tarmoqlardan belgilangan tartibda uzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK har oyda bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan energiya resurslari hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm oʻrtasida tafovut mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni Byuroga taqdim etadi, ular asosida Byuro elektr va gaz taʼminoti korxonalari bilan birgalikda tafovutning vujudga kelish sabablarini aniqlash boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻradi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar — jismoniy shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar oʻtgan oyda isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin qarzdorlik mavjud boʻlganda, isteʼmolchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari, isteʼmolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida, ular tomonidan xabardor qilish tartibi orqali tegishli murojaat taqdim etilgan taqdirda esa — 50 foizlik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi. Bunda, oldindan haq toʻlanmagan, shuningdek, 50-foizlik oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qiluvchi isteʼmolchilar tomonidan oyning oxirigacha yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagan hollarda mazkur isteʼmolchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzishgacha boʻlgan choralar koʻriladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5654-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 06/19/5654/2572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qoʻyilgan shaxslarni qayta ulashda isteʼmolchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, isteʼmolchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida toʻlov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablagʻlarni oʻtkazish orqali undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan, yuqori likvidli va (yoki) eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi alohida toifadagi isteʼmolchilarga energiya resurslarini sotish eksport narxidan past boʻlmagan bozor narxlarida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tanqidiy oʻrganish natijasiga koʻra, “Oʻzbekenergo” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasini yetkazib berish va isteʼmol qilishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-avgustga qadar muddatda energiya resurslari uchun, shu jumladan, iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi korxonalar oʻrtasida 2017-yil 1-iyulgacha vujudga kelgan qarzdorlikning tartibga solinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Oʻzdavenergonazorat” DI va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI faoliyatini qayta tashkil etish boʻyicha, shu jumladan, mazkur Farmon qoidalarini inobatga olgan holda, takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, Sud departamentining amaldagi xodimlari, shuningdek, ushbu Farmonga muvofiq shtat birliklari qisqartirilayotgan “Oʻzbekenergo” AJning isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha elektromontyorlari hamda “Oʻztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha nazoratchilari Byuroni tashkil etish davrida mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash shartlari saqlab qolingan holda xizmat vazifalarini amalga oshiradilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda energiya resurslarining sotilishini hisobga olish boʻyicha amaldagi dasturiy mahsulotlardan Byuroning doimiy foydalanish imkoniyatini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-iyulga qadar tuman (shahar)lar kesimida 2017-yil 1-iyun holatiga energiya resurslaridan qarzdorligi mavjud boʻlgan barcha isteʼmolchilarning roʻyxatini, shu jumladan, isteʼmolchi — yuridik shaxslar bilan qarzdorlikni taqqoslash dalolatnomalarini Byuroga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tushumlarning haqqoniy hisobini yuritish va pul mablagʻlarining harakatini Byuro tomonidan monitoring qilishni taʼminlovchi, energiya resurslarini sotishdan tushgan mablagʻlarni yagona bank hisob raqamlarida jamlash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-avgustga qadar energiya resurslarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish va taqsimlashni hisobga olish uskunalari oʻrnatilgan xonalarning Byuro tomonidan masofadan turib ruxsatsiz aralashuvni nazorat qilish imkonini beradigan videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-oktabrga qadar energiya resurslarining yetkazib berilishi va isteʼmolini bevosita taqsimlash joylarida nazorat qilish va hisobga olish tizimini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvarga qadar energiya resurslarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish va taqsimlashni hisoblash nuqtalarida hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini va ularning holatini qayd etuvchi, ushbu maʼlumotlarni energiya resurslarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish va taqsimlash hajmlari monitoringini amalga oshirish uchun Byuroga taqdim etadigan avtomatlashtirilgan tizimni oʻrnatsin, shuningdek, uning barqaror ishlashini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Byuro boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni amalga oshirgan holda turar va noturar joy fondini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr va loyiha hujjatlari, shartnomalar, ulanish sxemalari, boshqa zarur hujjatlar hamda hisobga olish uskunalarining mavjudligini, ularning sozligi va meʼyoriy-texnik talablarga muvofiqligini aniqlash, isteʼmolchini billing tizimida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslarining real isteʼmol qilingan hajmini va uning shartnomalarda nazarda tutilgan hajmga, shuningdek, amalga oshirilgan toʻlovlarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar va noturar joy fondi obyektlarining egalari, kadastr maʼlumotlari, kommunikatsiyalar va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan yagona elektron pasportlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya yakunlari boʻyicha vazirliklar va idoralarning tegishli maʼlumotlar bazalariga zarur aniqliklar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar inventarizatsiya oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻrilishini taʼminlaydilar va bunga har tomonlama koʻmaklashadilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy tuzilmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda koʻchmas mulk egalari haqidagi maʼlumotlarni elektr, gaz, suv va issiqlik taʼminoti korxonalari, avtomatlashtirilgan telefon stansiyalariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK uch oy muddatda koʻchmas mulk egalari haqidagi idoraviy maʼlumotlar bazalarini unifikatsiyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK idoraviy maʼlumotlar bazalari unifikatsiya qilinganidan keyin ikki oy muddatda isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarning qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etadigan va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz taʼminoti xizmatlari koʻrsatishning yagona billing tizimini tashkil etishni, shuningdek, abonentning yagona individual raqamini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-oktabrga qadar Qarzdorlikni undirish masalalari boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimini tashkil etish, ushbu tizimni tegishli idoralarning jismoniy va yuridik shaxslar qarzdorligi, ularning mulkiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar bazalari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI Byuro bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, energiya resurslarini yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturining amalga oshirilishini tanqidiy oʻrganishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlamagan aybdor mansabdor shaxslarning javobgarligi boʻyicha takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yangilangan dastur tayyorlanishini taʼminlasin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini keng joriy etish, shu jumladan, ularni shaharlar va qishloq joylarda uy-joy qurish loyihalariga majburiy kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil energiya manbalaridan foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni moddiy ragʻbatlantirish choralariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyati samaradorligini oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida energiya resurslarini asrab-avaylash, energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni targʻib etish yuzasidan kompleks choralarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Muqobil energiya manbalari toʻgʻrisida”gi hamda “Gaz taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda elektr energiya nazorati va hisobga olishni yagona avtomatlashtirilgan tizimga integratsiya qilish uchun uning texnik koʻrsatkichlarini unifikatsiyalashtirishni inobatga olgan holda, elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarni har tomonlama ekspertizadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy donor-institutlar bilan ularning ishtirokida amalga oshirilayotgan elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha loyihalarning texnik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, texnik koʻrsatkichlari bir xil, elektr energiyadan foydalanishni hisobga oluvchi zamonaviy elektron uskunalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalarini kelishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishish natijalariga koʻra, ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini 2019-yil 1-yanvarga qadar toʻliq joriy etishni nazarda tutuvchi reja-jadvalni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari, amalga oshirish muddatlari va grafiklarini, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olishning texnik jihatdan bir xil, zamonaviy elektron uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni nazarda tutuvchi Zamonaviy energiya tejaydigan gazdan foydalanish asbob va uskunalarini, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish konsepsiyasi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-sentabrga qadar ishlab chiqilgan Konsepsiya asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining zamonaviy energiya tejaydigan gazdan foydalanish asbob va uskunalarini, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha loyihaning texnik topshiriqlari hamda dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini, shuningdek, mazkur tizimning toʻliq joriy qilinishini nazarda tutuvchi reja-jadvalni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, energiya resurslari nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishga texnik topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligi bilan elektr energiya va tabiiy gaz nazorati hamda hisobining yagona avtomatlashtirilgan tizimiga mos kelishi va integratsiya qilinishi nuqtai nazaridan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK bir oy muddatda maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazi negizida energiya resurslari nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari faoliyati uchun maʼlumotlar uzatish tizimini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, Byuro, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shu turdagi ishlarni amalga oshirishda xalqaro tajribaga ega boʻlgan chet el pudratchisini jalb etgan holda, elektr va gaz taʼminoti obyektlarining texnik holatini aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilinishini taʼminlasin hamda 2018-yil 1-martga qadar ularni modernizatsiya qilish Davlat dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-oktabrga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda uning yangi tahrirdagi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Bosh prokuratura, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni inobatga olib, elektr energetikasi va gaz taʼminoti sohasida, zaruratga koʻra, 2018/2019 oʻquv yilida qabul kvotalarini koʻpaytirish hamda yangi taʼlim va mutaxassislik yoʻnalishlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yosh avlodda energiya resurslariga nisbatan tejamkorona munosabatda boʻlish va undan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, shu jumladan, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishning ahamiyati, energiya resurslarini isteʼmol qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun koʻriladigan javobgarlik choralari, energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 30-maydagi 106 (6800)-sonida eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5059-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat yoqilgʻi-energetika kompleksini modernizatsiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga soʻzsiz rioya etishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish — yurtimizda amalga oshirilayotgan, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq hamda uzluksiz taʼminlash, texnologik jihatdan va maʼnaviy eskirgan infratuzilmalarni modernizatsiya qilish boʻyicha amaliy choralarni koʻrishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillar davomida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi doirasida 2,5 million nafardan ortiq isteʼmolchilarning energiya taʼminotini yaxshilash maqsadida 34 ming kilometr elektr tarmoqlari hamda 6,9 ming dona transformatorlarni modernizatsiya qilish boʻyicha 835,9 million AQSh dollari qiymatidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, sohada yuzaga kelgan ahvol va qonuniylik holatining tahlili oʻz yechimini kutayotgan jiddiy muammo hamda kamchiliklar mavjudligiga qaramasdan, mutasaddi idoralar tomonidan ularni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻrilmayotganligini koʻrsatmoqda.
Jumladan, “Oʻzbekenergo” va “Oʻztransgaz” kompaniyalari faoliyatini tashkil etishdagi xato hamda kamchiliklar, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish bilan bogʻliq muammolar energiya taʼminoti so�asini yanada rivojlantirish borasida belgilangan maqsad va vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan isteʼmolchilarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrilmayotgani, hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlarining oqsayotgani debitor qarzdorlikning keskin ortishi, talon-tarojliklar va isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻlovlardan boʻyin tovlash holatlariga olib kelmoqda.
Masalan, 2016-yilda elektr va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning koʻrsatkichlarini oʻzgartirish kabi huquqbuzarliklar 2014-yilga nisbatan 48 foizga oshgan.
Shunga qaramasdan, masʼul idoralar tomonidan bunday holatlarga nisbatan tegishli munosabat bildirilmagan.
Soha infratuzilmasini texnik jihatdan, shu jumladan, ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangilash yuzasidan qoʻyilgan vazifalarning bajarilmagani texnologik yoʻqotishlarning tobora ortishiga, energiya resurslarini yetkazishda surunkali uzilishlarga sabab boʻlib, oqibatda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Elektr va gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish hamda toʻlovlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, zamonaviy elektron toʻlov tizimlari yetarli darajada joriy etilmagan, xizmat koʻrsatish madaniyati bugungi kun talablariga javob bermaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga elektr va gaz taʼminoti masalalari boʻyicha kelib tushgan 43 mingdan ortiq shikoyatlar ham bundan dalolat beradi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda yuzaga kelgan jiddiy kamchiliklar fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida undirilishini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Soʻnggi yillarda ushbu tizimda ish hajmining sezilarli darajada ortgani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi sustkashliklar undiruvlarning pasayishiga hamda ijro ishi yuritishni asossiz toʻxtatish va tamomlashga olib kelmoqda.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining amaldagi ijrosi 2016-yilda amalda atigi 45 foizga bajarilgani ham shundan dalolat beradi.
Shu bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan sohalarda suiisteʼmolchilik holatlariga chek qoʻyilmagan. Oqibatda 2016-yil va 2017-yilning birinchi choragida “Oʻzbekenergo” hamda “Oʻztransgaz” kompaniyalari tizimidagi 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Koʻrsatib oʻtilgan muammolar, xato va kamchiliklar energiya resurslari uchun toʻlovlarni undirish hamda ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishni taqozo etmoqda.
Bayon etilganlarga asosan hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Farmonda elektr va gaz taʼminoti sohasida boshqaruv tizimi, nazorat qilish hamda hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, toʻlov intizomini mustahkamlash va javobgarlikni kuchaytirishga, shuningdek, ijro ishi yuritishning samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, mazkur Farmon bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqt�da va toʻliq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.
Energiya resurslarini yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda Majburiy ijro byurosiga quyidagi vakolatlar berildi:
– energiya resurslari yetkazib berilishi va isteʼmolini hisobga olishning toʻliqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
– yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni isteʼmolchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan soʻzsiz undirish;
– yetkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi qarzdorlikni isteʼmolchilarning ish haqidan ushlab qolish toʻgʻrisida ish beruvchilarga talabnomalar yuborish;
– energiya resurslarini yetkazib berish va foydalanish sohasidagi qoidalarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash;
– hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda, isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzish;
– energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.
2. Sud departamenti tugatildi, “Oʻzbekenergo” va “Oʻztransgaz” kompaniyalarining isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha elektromontyor hamda tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha nazoratchi shtat birliklari qisqartirildi.
Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilar�ga — sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini, davlat inspektorlariga esa — yetkazib berilgan energiya resurslari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirishni amalga oshirish yuklatiladi.
“Oʻzbekenergo” va “Oʻztransgaz” kompaniyalarida tuzilgan shartnomalarga asosan isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan taʼminlash, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish vazifa hamda funksiyalari saqlanib qolmoqda.
3. Oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, energiya resurslari uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda isteʼmolchilarni tarmoqdan uzish tartibi aniqlashtirildi. Unga muvofiq, 2017-yil 1-iyuldan boshlab isteʼmolchi — jismoniy shaxslar har oyning 10 sanasiga qadar oʻtgan oyda foydalanilgan energiya resurslari uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shart.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga energiya resurslari oldindan 100 foizlik haq toʻlash asosida yetkazib beriladi.
Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, isteʼmolchilar tarmoqdan majburiy uziladi, bunda qayta ulash uchun jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki barobari, yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining oʻn barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
Bundan tashqari, Farmonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutildi.
Xususan, isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni beradigan va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz taʼminoti xizmatlari koʻrsatishning yagona billing tizimi tashkil etiladi.
Mazkur tizim isteʼmolchilarga qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda olish hamda toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Qarzdorlikni undirish masalalari boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi ham yaratiladi. Ushbu tizim jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy holati haqidagi maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda qarzdorlikni undirish samaradorligini oshiradi.
Farmon ijrosi doirasida manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslari isteʼmolchilari xatlovdan oʻtkaziladi. Bunda kadastr hamda loyiha hujjatlari, shartnomalar, tarmoqlarga ulanish sxemalari, hisobga olish asboblari va ularning sozligi oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish hamda ushbu sohada qonuniylikni taʼminlash choralari koʻriladi.
Jamiyatda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish muhitini hamda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, Bosh prokuraturaga energiya resurslarini yetkazib berish, isteʼmol qilish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.
Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi — elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlashga, mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga, sud qarorlari ijrosining samaradorligini, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 413-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 05.02.2019-y., 06/19/5654/2572-son, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)