Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY ALOQALAR KOMPLEKSINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Eksport salohiyatini kengaytirishni taʼminlash, mamlakatimiz mahsulotlarining jahon bozorlariga kirib borishiga koʻmaklashish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi tashkil etilsin.
Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tashqi iqtisodiy, savdo aloqalarini rivojlantirish va amalga oshirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish;
tashqi iqtisodiy aloqalarning ahvoli hamda tashqi iqtisodiyot xavfsizligi ustidan davlat nazoratini taʼminlash;
eksport salohiyatini rivojlantirishga, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
qulay investitsiya muhitini shakllantirishga, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (bitimlar, kontraktlar, protokollar va boshqalar) tayyorlanishi va amalga oshirilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishini taʼminlash.
2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi tarkibiga kiritilsin va Kompleksning ishchi organi etib belgilansin.
3. Quyidagilar:
Bosh vazir oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari apparatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-oktabr,
364-son
Bosh vazir oʻrinbosari Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari apparatining
TUZILMASI
TUZILMASI
| Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisi 1-toifali ish yurituvchi-kotiba Jami: |
—1 —1 —2 |
|
I. Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti | |
| Departament boshligʻi | —1 |
| 1- toifali ish yurituvchi-kotiba | —1 |
|
Eksport salohiyatini kengaytirish va import oʻrnini toʻldirish | |
| Guruh rahbari | —1 |
| Bosh mutaxassis Etakchi mutaxassis |
—3 —3 |
|
Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalar hamda | |
| Guruh rahbari Bosh mutaxassis Etakchi mutaxassis |
—1 —3 —1 |
|
Xorijiy investitsiya�arni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash masalalari guruhi | |
| Guruh rahbari Bosh mutaxassis Etakchi mutaxassis |
—1 —2 —2 |
|
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan | |
| Guruh rahbari Bosh mutaxassis Etakchi mutaxassis |
—1 —1 —1 |
|
Tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy taʼminlash guruhi | |
| Guruh rahbari (yurist) Bosh mutaxassis (yurist) Etakchi mutaxassis (yurist) |
—1 —1 —1 |
|
Tashqi savdo va transport aksiyadorlik korxonalari faoliyati monitoringi guruhi | |
| Guruh rahbari Bosh mutaxassis Etakchi mutaxassis |
—1 —1 —1 |
|
Eksport imkoniyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish Respublika kengashi kotibiyati | |
| Etakchi mutaxassis | —1 |
| Jami | 29 |
| Hammasi | 31 |
II. Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar:
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
“Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
“Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi
“Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik transport-ekspeditorlik kompaniyasi
“Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi
“Oʻzbekinvest” kompaniyasi
“OʻzbyuroKES”
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
“Asaka” banki
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti har yilgi prognozlarini ishlab chiqish, shuningdek investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi loyihalarning aniq roʻyxati va yigʻma roʻyxati boʻyicha;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Vazirliklar va idoralar — importning oʻrnini toʻldirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha;
Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar — xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha;
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar — tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha.
III. Rahbarlik qilinadigan respublika komissiyalari
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash idoralararo komissiyasi;
Idoralararo bojxona-tarif kengashi;
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 133-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Konsalting firmalari va davlat boshqaruv organlarining oʻzaro hamkorligini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash;
Oldingi tahrirga qarang.
Eksport salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika kengashi (hamraisi).
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining tuzilmasi
Xodimlarning umumiy soni: 29 kishi.
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti toʻgʻrisida
N I Z O M
I. Umumiy qoidalar
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro shartnomalarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosari — Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari rahbarligida amalga oshiradi hamda bevosita ularga hisob beradi, ijro intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga hisob beradi.
4. Departament oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan oʻz blankasiga egadir.
II. Departamentning tuzilmasi va maqomi
5. Departament tarkibiga quyidagilar kiradi:
Eksport salohiyatini kengaytirish va import oʻrnini toʻldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) masalalari guruhi;
Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalar hamda Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik guruhi;
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash masalalari guruhi;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari guruhi;
Tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy taʼminlash guruhi;
Kompleks tuzilmasiga kiruvchi tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati monitoringi guruhi;
Eksport imkoniyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish Respublika kengashi kotibiyati.
Departament tarkibiga, shuningdek mustaqil yuridik shaxs boʻlgan Oʻzbekistonda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (“OʻZbyuroKES”) ham kiradi.
6. Departament ishlariga maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilgan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
7. Departament boʻlinmalari ishini Oʻzbekiston Respublikasi vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilgan guruh rahbarlari boshqaradi.
8. Departament boshligʻi va boʻlinmalar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
III. Departamentning asosiy vazifalari
9. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) eksport imkoniyatini kengaytirish va importning oʻrnini toʻldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) sohasida:
vazirliklar, idoralar va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv organlarining respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
jahon tovar bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini oʻtkazish va eksport tarkibini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
eksport mahsulotlari miqdorini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha potensial imkoniyatlarni tahlil qilish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishga doir takliflar tayyorlash;
xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar ayrim turlari importining oʻrnini qoplash tarmoq dasturlarini shakllantirishga doir ishlarni tashkil etish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
respublika vazirliklari va idoralarining xorijiy mamlakatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik dasturlarini amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari bilan aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Jahon savdo tashkilotiga kirish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat boshqaruv organlarining Jahon savdo tashkilotiga kirish masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiish;
xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlarining imtiyozli kreditlari va grantlarini, texnikaviy koʻmaklashish vositalarini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va dasturlarini amalga oshirish uchun jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining donor mamlakatlar bilan moliyaviy va texnikaviy hamkorligi dasturlari monitoringini olib borish;
vakolatli tijorat banklarining xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga jalb etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;
v) xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash sohasida:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitining ahvolini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzilishi va ularning shartlariga hamda eng muhim loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshirish;
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhiti toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy kreditlar va bevosita investitsiyalarni investitsiya dasturlari hamda ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
vazirliklar, idoralar va mahalliy boshqaruv organlariga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etishda va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar loyihalari roʻyxatini shakllantirishda va mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ustidan monitoring tashkil etishda qatnashish;
Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari va Departamentlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida amalga oshiriladigan eng yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini, mablagʻ bilan taʼminlash sxemalarini koʻrib chiqish va ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
g) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan hamkorlik sohasida;
MDH mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik shartnomalari va bitimlarini tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
vazirliklar va idoralarning mintaqaviy hamkorlik sohasidagi bitimlarning MDH doirasida bajarish masalalaridagi oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
MDHga aʼzo davlatlar ishtirokida iqtisodiy guruhlar bilan hamkorlik sohasida yagona siyosatni shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
d) tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy taʼminlash sohasida:
tashqi iqtisodiy aloqalarning, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni va ularning faoliyatini tashkil etish, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
eng muhim investitsiya loyihalari boʻyicha shartnomalar (kontraktlar, bitimlar)ning huquqiy ekspertizasini oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya, tashqi savdo shartnomalari (bitimlari, kontraktlari, protokollari va boshqalar)ni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish jarayonlarini huquqiy taʼminlash hamda eng muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish barcha bosqichlarining muntazam monitoringini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan imzolangan ikki tomonlama va koʻp tomonlama idoralararo bitimlarning bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
e) Kompleks tarkibiga kiruvchi tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati monitoringi sohasida:
tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni taʼminlash;
tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan davlat eksport dasturlari va import boʻyicha topshiriqlarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish, ular tomonidan amalga oshiriladigan eng yirik kontraktlar samaradorligini baholash.
IV. Departamentning asosiy funksiyalari
10. Departament oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Departamentning yuritishiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumat qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish;
a) eksport imkoniyatini kengaytirish va importning oʻrnini toʻldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) sohasida:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish boʻyicha eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozini ishlab chiqish va uning boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tayyorlash;
importning oʻrnini toʻldirish va mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini, mamlakat korxonalari va tashkilotlarini harbiy-texnik mol-mulk va maxsus texnologiyalar bilan jihozlash masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash;
b) xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi, shuningdek ham qarz olingan, ham qarz olinmagan operatsiyalarni kengaytirish strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, texnik koʻmaklashish vositalarini jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan moliyaviy va texnik hamkorligi dasturlari monitoringini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan bitimlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek imzolangan bitimlar bajarilishini nazorat qilish;
(“b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalar monitoringini olib borish;
xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari faoliyatiga koʻmaklashish, ularga zarur iqtisodiy axborotlarni, shu jumladan maxfiy tusdagi axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik qilish jarayonini tashkil etish va Jahon savdo tashkilotiga kirish boʻyicha Idoralararo komissiya kotibiyati funksiyalarini bajarish;
respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining mablagʻ bilan taʼminlash va sugʻurtalashni tashkil etish yuzasidan xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlarning eksport-kredit agentliklari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
v) xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash sohasida:
xorijiy davlatlarning siyosiy va ishbilarmon doiralari, xalqaro moliya-iqtisodiy institutlar va xorijiy banklarning respublikadagi investitsiya muhiti va amalga oshirilishida xorijiy investorlar qatnashishi mumkin boʻlgan loyihalar toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini tashkil etish;
xalqaro tashkilotlarning texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishiga moʻljallangan va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga kreditlari va texnik yordamidan samarali foydalanilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasining Komplekslari kotibiyatlari va Departamentlari koʻmagida, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan ayrim investitsiya loyihalari boʻyicha Hukumat qarorlari tayyorlanishi, qabul qilinishi va ularning ijro etilishi nazorat qilinishi jarayonini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi huzurida tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar jalb etilishini axborot bilan taʼminlash boʻyicha maxsus guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(“v” kichik bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tashkiliy masalalari oʻz vaqtida hal etilishi monitoringini olib borish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan ishlash masalalarida “Oʻzinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik va investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
g) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida:
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishining ahvolini va ularda iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish hamda ular bilan iqtisodiy hamkorlik qilish strategiyasining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;
Vazirlar Mahkamasi Kompleksi kotibiyatlari va Departamentlari bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari va bitimlari tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xoʻjalik yurituvchi subyektlari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari subyektlari bilan imzolagan ikki tomonlama va koʻp tomonlama idoralararo bitimlarning bajarilishini nazorat qilish.
d) tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy taʼminlash sohasida:
tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi normativ huquqiy amaliyotni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning mavqeyini huquqiy tahlil qilish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirishga, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya, tashqi savdo shartnomalari (bitimlari, kontraktlari, protokollari va boshqalar)ning huquqiy ekspertizasini oʻtkazish hamda eng muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida muntazam monitoringni tashkil etish;
e) Kompleks tarkibiga kiruvchi tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati monitoringini olib borish sohasida;
tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati samaradorligini tahlil qilish hamda uni oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning kelishilgan savdo va marketing siyosatini ishlab chiqish;
aksiyadorlik kompaniyalari uchun davlat eksport dasturlarini va import boʻyicha topshiriqlarni shakllantirishda qatnashish;
strategik tovar pozitsiyalari boʻyicha eng yirik kontraktlarning amalga oshirilishi samaradorligini baholash.
V. Departamentning huquq va majburiyatlari
11. Departament quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasi Komplekslari kotibiyatlari, boʻlimlari va Departamentlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalardan, shuningdek barcha darajalardagi davlat boshqaruvi organlaridan Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallarni soʻrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek davlat-tijorat banklarining hisobotlarini eshitish va oʻz vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar berish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi eng muhim muammolarni maslahatlashish, oʻrganish va hal etish, ushbu sohada takliflar tayyorlash uchun vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi olimlari va mutaxassislarini, shuningdek xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
moliyaviy va texnik koʻmaklashish yuzasidan xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlarga va xorijiy agentliklarga soʻrovlar berish;
xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalariga doir muzokaralarda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari bilan kelishilgan holda qatnashish;
vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirokida kengashlar oʻtkazish, ularning hayʼatlari ishida, Vazirlar Mahkamasi, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari majlislarida, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va korxonalardagi kengashlarda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati yuzasidan takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro, xorijiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish;
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari axborotlaridan va maʼlumotlar elektron bazalaridan foydalanish;
“Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi orqali davlat xaridlari portfelini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining harbiylashtirilgan tuzilmalaridan harbiy-texnik mol-mulkka va maxsus texnologiyalarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida axborotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish.
12. Departament quyidagilarga majbur:
xorijiy investitsiyalar jalb qilingan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi natijalarini, tovarlar (xizmatlar) eksporti va importining yillik va uzoq muddatli prognozlarini, importning oʻrnini toʻldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari bajarilishini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bajarilishi boʻyicha hisobotlarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyati koʻrib chiqishi uchun taqdim etish;
vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar jalb qilingan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan bajarilishini amaliy nazorat qilish;
moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning, xorijiy hukumat muassasalarining va yirik investorlarning oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi takliflarini ishlab chiqish.
13. Departament oʻzi qabul qilgan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan oʻz vakolatlari doirasida javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 22-oktabrdagi 364-son qaroriga
4-ILOVA
2002-yil 22-oktabrdagi 364-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar kiritilayotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 310-son qaroriga 2-ilovada “Oʻzbekinvest” soʻzi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2001-yil 29-sentabrdagi 395-son qarorida:
1-ilovada I bobning 4-bandi, III bobning ikkinchi va oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilovada I bob 5-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 158-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 30-son, 344-modda)