Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013 30.06.2000 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VALYuTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA VALYuTA ALMAShTIRISh OPERATSIYALARINI KENGAYTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta bozorini erkinlashtirish, valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirish va milliy valyutaning ichki konvertatsiyasini bosqichma-bosqich taʼminlash, naqd xorijiy valyutaning respublika hududida muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 34-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 5-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchalari faoliyati tegishli detektorlar, testerlar, xorijiy valyutalarning haqiqiyligini aniqlash uchun boshqa zarur zamonaviy asbob-uskunalar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyuta cheklanmagan miqdorda xarid qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchalari tomonidan sotib olingan naqd xorijiy valyutadan uni keyinchalik almashtirish shoxobchalari orqali sotish uchungina foydalanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta almashtirish operatsiyalari vakolatli banklar tomonidan oʻz mablagʻlari (ilgari almashtirish shoxobchalari orqali sotib olingan mablagʻlar ham shu jumlaga kiradi) va jalb qilingan mablagʻlar hisobiga, shu jumladan, mijozlarning valyuta tushumi majburiy sotilgandan keyin qoladigan mablagʻlarini xarid qilish hisobiga, shuningdek, banklararo valyuta bozorida xarid qilingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga xorijiy valyutani xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib erkin kurs boʻyicha xarid qilish va sotish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shoxobchalarida naqd xorijiy valyutani xarid qilish va sotish kurslari oʻrtasidagi farqning eng koʻp chegarasi 5 foizgacha miqdorda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalarida naqd xorijiy valyuta Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga pasport (Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — harbiy bilet yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) koʻrsatilganda va xorijiy davlatning kirish vizasi, aviatsiya yoki temir yoʻl chiptalari mavjud boʻlgan taqdirda sotiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlarga soʻmlar xorijiy valyutaga ular tomonidan almashtirish shoxobchasining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi yoki bankomat cheki, shuningdek, soʻmdagi mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yoʻl bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ilgari soʻmga almashtirilgan xorijiy valyuta miqdorida almashtiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan 5000 AQSh dollariga teng miqdordan oshuvchi naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Almashtirish shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida almashtirish shoxobchalarida valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladigan xorijiy valyutalar roʻyxatini xalqaro valyuta bozorlaridagi konvertatsiyalanishdan va kurslarning barqarorligidan kelib chiqib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda markaziy apparat tuzilmasida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklif ustidan monitoring boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 kun mobaynida 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalari xodimlarini valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini bilish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish, keyinchalik ularga attestatsiya guvohnomalari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklarning valyuta resurslari koʻpayishiga qarab naqd xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan banklar tarmogʻini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida almashtirish shoxobchalari zarur darajada ishlashini, ular valyutalarning haqiqiyligini aniqlash uchun zarur zamonaviy asbob-uskunalar, sanash-hisoblash texnikasi, qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyasi, telefon aloqasi bilan jihozlanishini, malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd xorijiy valyuta noqonuniy aylanishi va qalbaki banknotlar muomalada boʻlishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli axborotni oʻz vaqtida taqdim qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, vakolatli banklarning rahbarlari almashtirish shoxobchalarida operatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi respublika hududida naqd xorijiy valyutaning noqonuniy aylanishiga barham berish, qalbaki banknotlarni aniqlash, aybdor shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 3 va 3a* (maxfiy)-ilovalarga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3a-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 173-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shoxobchasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolatli banklar muassasalari valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish uchun almashtirish shoxobchalari ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shoxobchalarining joylashish oʻrni va ularning ish tartibi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Almashtirish shoxobchalari faoliyatiga faqat ushbu Nizomda belgilangan talablarga albatta rioya etilgan, shu jumladan almashtirish shoxobchalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatli banklar joylashgan joydagi hududiy Bosh boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, shuningdek boshqa banklar binolarida vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalari ochishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shoxobchasini roʻyxatdan oʻtkazishda buzilishlar aniqlangan taqdirda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi vakolatli bankka roʻyxatdan oʻtkazishning asosli rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarni uning sabablarini koʻrsatgan holda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlayotgan almashtirish shoxobchasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilingan taqdirda vakolatli bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli bildirishnomasi olingan kuni oʻzining almashtirish shoxobchasini yopishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Almashtirish shoxobchalari ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Almashtirish shoxobchasi mijozlarning tanishishi uchun qulay boʻlgan joyga qoʻyilgan stend bilan jihozlangan boʻlishi kerak, stendda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd xorijiy valyutaning xorijiy valyutadagi sotib olish va sotish kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur almashtirish shoxobchasi tomonidan bajariladigan valyuta almashtirish operatsiyalarining turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi pul belgilarining haqiqiyligini va toʻlovga yaroqliligini aniqlash qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Almashtirish shoxobchasida operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida ayni bir vaqtda ikki nafar xodim – nazoratchi va kassir ishlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda, vakolatli bank muassasasi rahbarining farmoyishiga binoan, almashtirish shoxobchasida vaqtinchalik ishlash uchun vakolatli banklar muassasalarining eng tajribali, maxsus yoʻl-yoʻriqlar berilgan kassirlari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank muassasasi almashtirish shoxobchalari xodimlarini boyliklarni saqlash, qabul qilib olish, berish, ishlash, qayta hisoblab chiqish, tashish yoʻriqnomalari va qoidalari; valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish va hisobga olish tartibi; almashtirish shoxobchalari xodimlarining valyuta almashtirish operatsiyalari belgilangan tartibini buzganlik uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli banklar muassasalari, faoliyat koʻrsatish sharoitlariga koʻra, almashtirish shoxobchasi binosini qoʻriqlashni, zarur darajada jihozlashni taʼminlaydilar, almashtirish shoxobchasi boshqa xizmatlardan ajratilgan, poʻlat sandiqlar (seyflar), telefon aloqasi, qoʻriqchilar va yongʻindan saqlash signalizatsiyasi, valyutaning haqiqiyligini aniqlash uchun detektor yoki tester bilan va boshqa zamonaviy jihozlar bilan, tegishli dasturiy taʼminotga ega boʻlgan schyot-hisoblash va kompyuter texnikasi bilan, shuningdek barcha zarur yoʻriqnoma, nazorat va maʼlumotnoma materiallari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma, nazorat va maʼlumotnoma materiallari almashtirish shoxobchalari xodimlariga almashtirish shoxobchalariga rahbarlik qilish zimmasiga yuklangan shaxsda saqlanadigan maxsus daftarga imzo qoʻydirgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Almashtirish shoxobchasida tegishli shaxslarni almashtirish shoxobchasi kassiri yoki nazoratchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida bank boʻyicha buyruqdan koʻchirma boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan bank boʻyicha buyruqdan koʻchirma bank muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va bankning yumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir va nazoratchi bilan mehnat shartnomasi tuzishda bank muassasasi rahbarlari ularni ilgarigi ish joyidan, doimiy yashash joyidan, shuningdek ichki ishlar boʻlimidan maʼlumotnomalar olish yoʻli bilan puxta tekshiradilar. Zarurat boʻlganda, ishga qabul qilish sinov muddati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Almashtirish shoxobchasi kassiri va nazoratchisi valyuta almashtirish operatsiyasining ishonchli bajarilishi, hisobotlarning toʻgʻriligi, sumkadagi boyliklarning toʻliqligi uchun ushbu Nizomga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Fuqarolik hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kassir va nazoratchi almashtirish shoxobchasida ishlab turgan vaqtida egallab turgan lavozimi koʻrsatilgan xizmat guvohnomalarini doimo oʻzi bilan olib yurishi kerak. Almashtirish shoxobchasining har bir xodimiga familiyasi koʻrsatilgan shtamp biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shoxobchasi binosiga begona shaxslarning kirishi taqiqlanadi. Almashtirish shoxobchalari xodimlarining oʻzlariga yuklangan ishni bajarishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi qatʼiyan taqiqlanadi. Yaqin qarindoshlarning almashtirish shoxobchasining kassiri va nazoratchisi boʻlib birgalikda ishlashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shoxobchasida ishdan tashqari vaqtda naqd xorijiy valyuta, blankalar, shtamplar, shuningdek naqd “soʻm”larni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirishda qatʼiy hisobda turadigan blankalardan foydalaniladi. Qatʼiy hisobda turadigan blankalar vakolatli bank buyurtmanomasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi va zarur himoya darajalariga ega boʻladi. Har bir blanka aynan bir xil tartib raqamiga ega boʻlgan ikki nusxadan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobda turadigan blankalarni valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirmasdan rasmiylashtirish va berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli banklar muassasalari har qaysi almashtirish shoxobchasiga bank tomonidan belgilangan kun yoki vaqt mobaynida almashtirish shoxobchasi ishini taʼminlaydigan miqdorda soʻmlardagi va xorijiy valyutadagi avans limitini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Almashtirish shoxobchasiga milliy valyutani, xorijiy valyutani, boshqa boyliklarni ish boshlanishiga yetkazib berish va ish kuni mobaynida ular bilan taʼminlab turish inkassator tomonidan amalga oshiriladi. Inkassatorlar tomonidan yetkazib berilgan sumka kassir tomonidan nazoratchi ishtirokida qabul qilib olinadi, bunda sumkaning sozligi va plombaning butunligi puxta tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar almashtirish shoxobchasi ishi moddiy boyliklarning katta aylanmasi bilan bogʻliq boʻlsa, keyingi kun uchun boyliklarni va qatʼiy hisobda turadigan blankalarni olish va tayyorlab qoʻyish kassir tomonidan bir kun oldin amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Almashtirish shoxobchasida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd xorijiy valyutani naqd soʻmga sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi yoʻl cheklarini naqd soʻmga sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar tomonidan almashtirish punktining maʼlumotnomasi yoki bankomat cheki taqdim etilgan taqdirda, shuningdek soʻm mablagʻlari qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yoʻl bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ularga xorijiy valyutani (yoʻl cheklarini) ilgari almashtirilgan summa doirasida soʻmga xorijiy valyuta va yoʻl cheklarini sotish;
(12-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga naqd soʻmga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomalariga muvofiq, vakolatli banklar rahbarlarining almashtirish shoxobchalari ochish toʻgʻrisidagi buyruqlarida nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli banklar naqd xorijiy valyutani oʻz almashtirish shoxobchalari orqali xarid qilish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Naqd xorijiy valyuta Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlaridan cheklashlarsiz sotib olinadi. Sotib olingan xorijiy valyuta birjadan tashqari valyuta bozorida majburiy sotilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutani emitent mamlakatda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar qiymati va emissiya yillari boʻyicha xarid qilish va sotib olishda biror-bir cheklashlar joriy etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning shikastlangan pul belgilari (haqiqiyligi shubha uygʻotadigan pul belgilari, yarim tomoni yoʻq banknotlar) mijoz hisobiga emitent bankka ekspertizaga joʻnatish uchun vakolatli bank muassasalari tomonidan inkassoga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalarida naqd xorijiy valyuta Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga pasport (Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — harbiy bilet yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) koʻrsatilganda va xorijiy davlatning kirish vizasi, aviatsiya yoki temir yoʻl chiptalari mavjud boʻlgan taqdirda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malayziya, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va MDH mamlakatlariga joʻnab ketayotgan shaxslardan naqd soʻmlarni xorijiy valyutaga almashtirishda xorijiy davlatning kirish vizasi mavjudligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish chogʻida aviatsiya yoki temir yoʻl chiptalari sotilgan valyuta miqdori koʻrsatilgan holda almashtirish shoxobchasining shtampi bilan tasdiqlanadi. Ushbu chiptalar almashtirish shoxobchasining sotilgan xorijiy valyuta chiptalarda koʻrsatilgan miqdorda qaytadan almashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan taqdirda qayta topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aviatsiya yoki temir yoʻl chiptalarida almashtirish shoxobchalarining almashtirganlik toʻgʻrisidagi shtamplari mavjud boʻlgan taqdirda respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan shaxslarga soʻmlarni xorijiy valyutaga almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Norezidentlarga soʻmlarni xorijiy valyutaga almashtirish ular tomonidan almashtirish shoxobchasining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi yoki bankomat cheki, shuningdek, soʻmdagi mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yoʻl bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ilgari valyuta soʻmga almashtirilgan miqdor doirasida amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar qatʼiy taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) milliy valyutani xorijiy valyutaga sirtdan almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) naqd xorijiy valyutani xorijiy valyuta xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning tegishli nusxasi berilmagan holda xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maʼlumotlarni sotib olingan valyuta reyestriga va sotilgan valyuta jurnaliga kiritmasdan valyutani xarid qilish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) almashtirish shoxobchasi binosida xorijiy valyuta va soʻmlardagi shaxsiy jamgʻarmalarning boʻlishi (eng kam oylik ish haqining yarmidan ortiq miqdorda), shuningdek shaxsiy pullarni kassada almashtirish shoxobchasi boyliklari bilan birgalikda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) valyuta almashtirish operatsiyalari amalda sodir etilmasdan maʼlumotnomalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Almashtirish shoxobchalari xodimlari xorijiy valyutani sotishda har kuni kunning hujjatlariga almashtirish chogʻida berilgan maʼlumotlarning ikkinchi nusxalarini, almashtirganlik toʻgʻrisida almashtirish shoxobchalarining shtamplari bosilgan aviatsiya yoki temir yoʻl chiptalarining nusxalarini, shuningdek, almashtirish uchun asos hisoblangan boshqa hujjatlarni tikib qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Naqd xorijiy valyutani (xorijiy valyutadagi yoʻl cheklarini) naqd soʻmlarga xarid qilish va sotish vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib erkin kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
(19-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyundagi 282-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 95-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutani almashtirishning belgilangan kurslari vakolatli bank rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanishi kerak. Naqd xorijiy valyutani xarid qilish va sotishning belgilangan kurslari toʻgʻrisidagi axborotning almashtirish shoxobchasiga berilishi vakolatli bankda kursni belgilash hamda maʼlumotlarni berish sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda alohida jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Naqd xorijiy valyutani sotish boʻyicha operatsiyalar alohida jurnalda hisobga olinadi, ushbu jurnalda xorijiy valyuta sotilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, uning pasportiga doir maʼlumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi), sotilgan naqd valyutaning nomi va miqdori, sotish sanasi koʻrsatiladi. Koʻrsatib oʻtilgan jurnal tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, bank muassasasining muhri bilan tasdiqlangan va bank rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Operatsiya kuni tamom boʻlgach boyliklarning amalda mavjudligi va ularning har bir turi boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar hisobga olingan holda kun boshidagi boyliklar qoldigʻiga muvofiqligi hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyliklar va almashtirish shoxobchasining oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisoboti inkassatorlar tomonidan bank muassasasiga oʻsha kunning oʻzida yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar bosh buxgalter yoki valyuta operatsiyalari boʻlimi boshligʻi tomonidan hisobot toʻgʻri toʻldirilganligi, boyliklar toʻliq topshirilganligi, qatʼiy hisobot beriladigan blankalardan foydalanish toʻgʻriligi yuzasidan tekshiriladi va kun hujjatlariga solib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan almashtirish kurslarini va ularning oʻzgarishini maʼlum qiladilar, shuningdek belgilangan muddatlarda va shakllarda valyuta almashtirish operatsiyalari boʻyicha maʼlumotlar va hisobotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchalarini roʻyxatdan oʻtkazish, ular ishini tashkil etish va ularni yopish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchasi nazoratchisi va kassirining lavozim majburiyatlarini va ularning javobgarligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchalarini pul avanslari bilan taʼminlash va qatʼiy hisobot beriladigan blankalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd xorijiy valyutani xarid qilish, sotish va almashtirish (konversiya) boʻyicha operatsiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek naqd xorijiy valyutani va xorijiy valyutadagi yoʻl cheklarini inkasso va ekspertizaga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi pul belgilari va yoʻl cheklarining toʻlovga qobiliyatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirish shoxobchalarida valyuta operatsiyalari oʻtkazilishi va operatsiya kuni tugallanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilgan almashtirish shoxobchalari va amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Almashtirish shoxobchalarida muntazam ravishda, biroq bir oyda kamida bir marta boyliklar va qatʼiy hisobot beriladigan blankalar mavjudligi, valyuta almashtirishning belgilangan qoidalariga rioya qilish, reyestrlar va jurnallar toʻgʻri toʻldirilishi, almashtirish shoxobchasi asbob-uskunalarining sozligi yuzasidan taftishlar oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki almashtirish shoxobchalari ishining toʻgʻriligini rejali va toʻsatdan tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy boshqarmalari oʻzlariga qarashli hududdagi har bir almashtirish shoxobchasi yil choragida kamida bir marta tekshirilishini taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftishlar va tekshirishlar natijasida pul mablagʻlari kamomadi va ularning ortiq ekanligi, shuningdek boshqa qonunni buzishlar aniqlangan taqdirda xizmat surishtiruvidan keyin aybdorlarga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllaniladi, shu jumladan aybdorlar zaruriyat boʻlganda, materiallarni vakolatli bank tomonidan tergov organlariga bergan holda ishonch yoʻqolganligi uchun ishdan boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirishda qonunni buzishlar aniqlangan, hisobotlar oʻz vaqtida taqdim etilmagan, shuningdek, ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish huquqini olti oygacha muddatga, vakolatli bank tomonidan xorijiy valyutani almashtirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga yoki ularni bekor qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 4-bandining birinchi xatboshi, 5-bandining birinchi xatboshi, 6-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, 2-bandining uchinchi va oltinchi xatboshilari, 4-bandi, 7-bandining ikkinchi xatboshi va 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada valyuta bozorini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 27-avgustdagi 436-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Naqd milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirishning cheklangan summasini koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 9-sentabrdagi 457-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishga doir cheklashlarni bekor qilish toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyundagi 217-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada naqd xorijiy valyutaning muomalada boʻlishini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qarorining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga 2-ilovaning 2.3-bandidagi “(yoxud almashtirish punktlari)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 173-modda; 2001-y., 1-2-son, 5-modda; 12-son, 78-modda; 2003-y., 12-son, 95-modda; 14-son, 115-modda; 15-16-son, 129-modda; 19-son, 178-modda; 19-son, 181-modda)