15.05.2017 yildagi 285-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish sifatini oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi PQ–2836-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlarini va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari hamda ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlari faoliyat koʻrsatuvchi loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1— 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar oʻn kun muddatda ilmiy-texnik kengashlarini hamda ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlarini (keyingi oʻrinlarda Kengashlar deb ataladi) tashkil etsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, shuningdek ularni yuqori malakali, shu jumladan tajribali amaliyotchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa tashkilotlar mutaxassislari orasidan mutaxassislar bilan butlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar rahbarlari zimmasiga Kengashlar tomonidan investitsiya loyihalari boʻyicha xulosalar oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va berilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, investitsiya loyihalarining Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq reglamentlanadigan hujjatlari Kengashlar tomonidan koʻrib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar uchun javob beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyalarni, yuqori texnologiyali va energiya samarali asbob-uskunalarni ustuvor qoʻllashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarning sifatli tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi hujjatlarini, shu jumladan “foydalanishga tayyor holda qurish” loyihalarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan malakali injiniring kompaniyalarining va/yoki loyihalash tashkilotlarining belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi va loyiha hujjatlarining, ishchi hujjatlarning va ishchi loyihaning taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar boʻyicha narxlarning shakllanishi yuzasidan ixtisoslashtirilgan ekspert kengashlari yoki mustaqil kompaniya tomonidan puxta ekspertizadan oʻtkazilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) hujjatlarining sifatli tayyorlanishi hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining tasdiqlangan asosiy texnik-texnologik va iqtisodiy parametrlari bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organlarga faqat Kengashlarning ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda yuboradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 365-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/95/0187-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)