15.03.2017 yildagi PQ-2836-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish sifatini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha oldi hujjatlarini sifatli ishlab chiqish natijalari uchun buyurtmachilarning mansabdor shaxslari — loyihalarning tashabbuskorlari va loyihalash tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish yoʻli bilan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularni amalga oshira boshlash uchun tayyorgarlik ishlarini tezlashtirish, ilgʻor xorijiy tajriba asosida loyiha oldi hujjatlarini tayyorlash sifatiga putur yetkazmasdan ularni ekspertizadan oʻtkazish tartibini soddalashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Tugatish komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi (A.J. Ramatov) Agentlikni tugatish bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlar kompleksining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmachi sifatida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan loyiha tashabbuskorlari — soha vazirliklari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlari ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini (mavjud boʻlmasa) tuzsin, ularning zimmasiga taklif etilayotgan investitsiya loyihalarida sohani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, zamonaviy yuqori texnologiyali, energiyani tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni joriy etish vazifalari yuklatilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlarini tuzsin, ularning zimmasiga loyihalash tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tender va loyiha oldi hujjatlari, texnologiyalar va uskunalarni tanlash, taklif qilinayotgan texnologiyalar va uskunalarni baholashni koʻrib chiqish vazifalari yuklatilsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq ilmiy-texnik kengashlari va ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlarini yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan tajribali amaliyotchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari bilan toʻldirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Oʻzinjiniring” loyiha instituti, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda — tarmoq ilmiy-texnik kengashlari va ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlari tuzish va ular faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin, unda ushbu kengashlarning vakolatlari hamda ularni tuzish shart ekanligi nazarda tutilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati qayd etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin, unda loyihalarning buyurtmachi — tashabbuskorlarining quyidagilar uchun masʼuliyatini oshirish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan topshiriqlarni loyihalashtirish chogʻida zamonaviy texnologiyalar, yuqori texnologiyali va energiya tejaydigan uskunalarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan “toʻliq tayyor” loyihalar boʻyicha shartnoma tuziladigan eng malakali injiniring kompaniyalari va/yoki loyihalash tashkilotlarini tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha oldi hujjatlari, ish hujjatlari va ish loyihasi, taklif etilayotgan texnologiyalar va uskunalarni baholash qismini ixtisoslashgan tarmoq ekspert kengashi yoki jalb etilgan mustaqil kompaniya tomonidan sinchiklab ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlari — loyiha tashabbuskorlari va investitsiya loyihalarining buyurtmachilari loyihalash tashkilotlari bilan tuzilayotgan shartnomalarda quyidagilarni nazarda tutishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishda ilgʻor hisoblangan yuqori texnologiyali, energiya tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni tanlashda ularning moddiy javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi hujjatlarining loyihalash tashkilotlari ilmiy-texnik kengashlarida va buyurtmachilarning tarmoq ilmiy-texnik kengashlarida koʻrib chiqilishi majburiyligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-martdagi PF-4996-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tugatilayotgan Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligidan boʻshatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2413-sonli qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 19-noyabrdagi 332-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT , 2015-yil, № 11, 101-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Oʻzinjiniring” loyihalash instituti hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2836-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ-2836-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligini tugatish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ boshqaruvi raisi, Komissiya raisi

J.A. Qoʻchqorov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vaziri oʻrinbosari

A.A. Usmonov

adliya vaziri oʻrinbosari

S.X. Gafarov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

Davarxitektqurilish raisi oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

N.B. Husanov

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari

Sh.R. Xoshimov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi direktori

I.R. Mahkamov

Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishiga tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 185-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)