12.05.2017 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4848-son Farmoniga muvofiq hamda auditorlik tashkilotlarining xizmatlar sifati va ular tomonidan taqdim etiladigan xulosalarning ishonchliligi uchun masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini va auditorlik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek, auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan oʻzaro hamkorligini yaxshilashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xizmatlari buyurtmachilarining zamonaviy ehtiyojlari, korporativ boshqaruv tizimi va auditning xalqaro amaliyoti standartlari talablaridan kelib chiqqan holda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz raqobat uchun auditorlik tashkilotlarining samarali javobgarlik choralarini qoʻllash orqali auditorlik xizmatlari bozorida adolatli raqobatni taʼminlash, shu jumladan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan Auditorlarning kasb etikasi kodeksi auditorlar tomonidan buzilgan hollarda taʼsir choralarini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinma tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning eng yaxshi jahon tajribasini joriy etish, auditorlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda oʻz aʼzolari boʻlgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan ish sifati nazoratini ixtiyoriy asosda amalga oshirish boʻyicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xizmatlari bozorining axborot ochiqligini taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida auditorlik xizmatlari bozorining faoliyati toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlarni joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlik xizmatlari bozorida adolatli raqobatni taʼminlash, uning barqaror ishlashi va rivojlanishiga koʻmaklashadigan auditorlik tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida koʻrsatilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturining amalga oshirilishini tizimli ravishda nazorat qilishni taʼminlasin hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli maʼlumotlarni taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 274-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik xizmatlari bozorida adolatli raqobatni taʼminlashga, uning barqaror faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishiga koʻmaklashadigan auditorlik tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼullar ijrochilar

I. Auditorlik xizmatlari bozori amal qilish asoslarini takomillashtirish

1.

Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) mazmunini ularning xalqaro standartlar va umumeʼtirof etilgan xalqaro amaliyot talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.

AFMSga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek AFMSni ishlab chiqish

2017-2018-yillar davomida

Moliya vazirligi

2.

Auditorlik kasbida tajribali xodimlarni hamda ACCA va CRA xalqaro buxgalter sertifikatlariga ega boʻlgan yosh mutaxassislarning auditorlik kasbiga qiziqishini saqlab qolish boʻyicha taʼsirchan motivatsiya tizimini yaratish.

Malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil III chorak

Moliya vazirligi

3.

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi ishida auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini faollashtirish, auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning eng yaxshi jahon tajribasini umumlashtirish va joriy etish, shuningdek, auditorlik kasbi nufuzini oshirish.

Ijtimoiy sheriklik shartnomasi

Qoʻshma rejaga muvofiq

Moliya vazirligi,

Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi,

Auditorlar palatasi

II. Auditorlik tashkilotlarining samarali javobgarlik choralarini qoʻllash

4.

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan oʻz aʼzolarining auditorlik faoliyati prinsiplarini buzish xavfini aniqlash va bunday buzilishlarning oldini olish maqsadida ular faoliyati monitoringini amalga oshirish amaliyotini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan:

auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan auditorlar tomonidan Auditorlarning kasb etikasi kodeksi buzilgan hollarda taʼsir choralarini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinma tashkil etish;

auditorlik tashkilotlari ishi sifatini nazorat qilish uslubiyotini unifikatsiya qilish;

auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha auditorlik xizmatining boshlangʻich qiymatini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Ijtimoiy sheriklik shartnomasi

Qoʻshma rejaga muvofiq

Moliya vazirligi,

Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi,

Auditorlar palatasi

III. Auditorlik xizmatlari bozorining axborot ochiqligini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratish

5.

Auditorlik tashkilotlarining ishchanlik obroʻsi tushunchasini aniqlash va auditorlik tashkilotlari ishini baholashda obroʻ omillarining ahamiyatini oshirish orqali auditorlik tashkilotlarining reyting bahosini takomillashtirish, shuningdek auditorlik tashkilotlarining reyting baholash natijalarini ommaviy axborot vositalarida va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytida eʼlon qilish.

Ommaviy axborot vositalarida va veb-saytda eʼlon qilish

Har yili

Moliya vazirligi,

Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi,

Auditorlar palatasi

6.

Oʻzbekiston auditorlik xizmatlari bozorining holati toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlarni Moliya vazirligining veb-saytiga joylashtirish.

Veb-saytda eʼlon qilish

Har yili

Moliya vazirligi

7.

Auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning amaliy jihatlarini muhokama qilish, auditorlik tashkilotlari faoliyati sifatini nazorat qilishni kuchaytirish hamda auditorlik tashkilotlarini reyting baholash uslubiyotini takomillashtirish maqsadida nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlari ishtirokida auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha har yili seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazish.

Seminarlar, davra suhbatlari

Har yili

Moliya vazirligi,

Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi,

Auditorlar palatasi