Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019 28.04.2017 yildagi PQ-2934-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyat samaradorligini tubdan oshirish, vazirlikning iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, uning tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat organlariga “lokomotiv” funksiyasini taʼminlash, shuningdek, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi va dasturlarini tayyorlashda uning roli va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagi asosiy strategik vazifalar va yoʻnalishlarni amalga oshirish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlashga, aholi farovonligini oshirish va uning eng muhim muammolarini hal etishga qaratilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, jahon bozorlaridagi vaziyatni hamda global iqtisodiyot rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda, taklif etilayotgan yechimlardan kutilayotgan makroiqtisodiy maqsadli natijalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini chuqur kompleks hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarni va iqtisodiyotning diversifikatsiyalashni, ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirishni taʼminlaydigan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan strukturaviy siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida eksport salohiyatni oshirish, iqtisodiyotning importga qaramligini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, tarmoqlar va hududlarni mutanosib va uygʻun rivojlantirish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani ildam rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizni istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkning ustuvorligini taʼminlash, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlari bilan mustahkam hamkorlikda va ularning fikrlarini inobatga olgan holda, iqtisodiyotni boshqarishni bozor usullari va mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanishni, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyot tarkibi va aholi turmush darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilishni taʼminlaydigan hududlarni intensiv va kompleks rivojlantirish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish boʻyicha takliflar, chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, mamlakat aholisining daromadlari va bandligini izchil oʻstirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkillashtirish, Iqtisodiyot vazirligi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining usul va shakllarini tizimli asosda doimiy takomillashtirish, byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarish, xodimlarga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish masʼuliyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi prognozlashtirish, islohotlarning muhim ustuvor yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarish hamda mamlakatni mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda masʼul vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligining oʻz vakolat doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xaraktyerga ega boʻlgan qarorlarini davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar xoʻjalik subyektlari uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-martdagi PQ-2840-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 199 nafardan iborat markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziriga zarur hollarda, markaziy apparat hamda idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar tuzilmasi va hududiy boʻlinmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda, belgilangan tartibda, Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati xodimlarining yangilangan shtat jadvali tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2934-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 355-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 07/18/3482/0595-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)