Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2019 10.05.2017 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2019
Hujjat 15.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning sogʻligʻini mustahkamlash va saqlashni taʼminlaydigan jamiyatda aholi salomatligini tashkil etish tizimini shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish va kundalik amaliyotga joriy etish, ilgʻor xalqaro tajribaga, zamonaviy fanning tendensiyalariga va amaliy sogʻliqni saqlash ehtiyojlariga muvofiq kasalliklarning ayrim turlari mahalliy tarqalishining oldini olish va unga tezlikda eʼtibor qaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Odamlarning sogʻligʻini mustahkamlash va saqlash, sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini joriy etish, kasalliklarning oldini olish va ular profilaktikasi, kasalliklarni davolash siyosatidan ustun darajada kasalliklarning oldini olish va ular profilaktikasi siyosatiga qayta yoʻnalish olish — jamiyatda aholi salomatligini tashkil etish tizimini shakllantirishning asosiy maqsadi deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning hududiy filiallarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) va uning hududiy boʻlinmalariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institut Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika institutining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Institut va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish masalalarida sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot axboroti, shu jumladan davlat va idoraviy tibbiyot statistikasi tizimi toʻplanishiga metodologik rahbarlik qilish, aholi sogʻligʻining holatiga va kasalliklar tarqalishiga taʼsir qiluvchi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va soʻrovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisi sogʻligʻining holati ustidan monitoring olib borishning yagona elektron tizimini tashkil etish hamda zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda aholi sogʻligʻini mustahkamlash va umrini uzaytirishning aniq choralari boʻyicha tavsiyalar joriy etilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot axboroti va statistikasini chuqur tahliliy qayta ishlash, keyinchalik shu asosda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish modelini takomillashtirish, jamiyat salomatligining butun tizimini tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ham umuman respublika boʻyicha, ham ayrim mintaqalarda kasalliklarning oldini olish va ular profilaktikasi boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashning, kasalliklar profilaktikasining aniq tamoyillari va mexanizmlari, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport harakatining profilaktik tibbiyot bilan integratsiyasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish hamda uning tarmoqlari va resurslarini rivojlantirish boʻyicha samarali dasturlarni ishlab chiqish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institutga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot axboroti va statistikasini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda sogʻliqni saqlash tizimida sogʻliqni saqlashning barcha tashkilotlari uchun yagona davlat va idoraviy hisobot shakllarini ishlab chiqish boʻyicha metodologik va tartibga soluvchi markaz funksiyalarini ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shakllar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan — davlat statistikasi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash davlat tizimining bevosita tibbiyot tashkilotlaridan — idoraviy statistika boʻyicha barcha zarur tibbiyot axborotini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklar koʻpaygan holatlarda sabablari va qonuniyatlarini aniqlash uchun, shuningdek ularning oldini olish va ular profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun joylarning oʻziga chiqib zarur qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning sogʻligʻini mustahkamlash va saqlash, tegishli hududlarda aholining kasalliklarga chalinishining oldini olish va ular profilaktikasi boʻyicha takliflar va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligiga, zarurat boʻlganda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sogʻliqni saqlash tizimini, aholi sogʻligʻini mustahkamlash va saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti hududiy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziriga Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmasi tuzilmasiga zarurat boʻlganda xodimlarning umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni saqlab turishga, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, shu jumladan 2 ta avtotransport vositasini saqlashga va Institutning boshqa ehtiyojlari uchun davlat budjetidan ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institutni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining Ustavini va uning hududiy boʻlinmalarining namunaviy nizomini ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya tashkil etsin va uni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan xodimlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018-yilda va keyingi yillarda Institut va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek ularni zarur mebel, tashkiliy texnika va inventar bilan jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 38-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning hududiy boʻlinmalari joylashtirilishini, shuningdek zarur budjet mablagʻlari ajratilishini, shu jumladan 1 ta avtotransport vositasini saqlashga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishda ularning taʼsirini majburiy hisobga olish, fuqarolarning sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashga salbiy taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslik tamoyiliga, kasalliklar oʻsishi ehtimolining oldini olishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni birinchi navbatda amalga oshirishga amal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sogʻliqni saqlash tizimining statistika koʻrsatkichlari tezkorligini, ishonchliligi va xolisonaligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2018-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari faoliyati koʻrsatkichlari toʻliq qamrab olinishini nazarda tutuvchi statistika hisobotining yagona elektron tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin, unga tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha tibbiyot tashkilotlarini jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K.Shadmanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 36 birlik, shu jumladan ilmiy xodimlar — 28 birlik, boshqaruv xodimlari — 8 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil qilish ilmiy-tadqiqot instituti hududiy boʻlinmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni 16 — 21 birlik, shu jumladan ilmiy xodimlar — 12 — 17 birlik, boshqaruv xodimlari — 4 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti hududiy boʻlinmalarining xodimlarning cheklangan umumiy soni ushbu qaror bilan tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 227-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovaning oʻn birinchi xatboshidagi “Salomatlik instituti va tibbiy statistika” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarorning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 206-modda) 8-bandi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy boʻlinmalari tomonidan respublika hududlarida aholi orasida sogʻlom ovqatlanish tamoyillari faol targʻib qilinishini taʼminlaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 35-son, 467-modda) bilan tasdiqlangan 2015-2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash chora-tadbirlari kompleksining 13-pozitsiyasi “Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija” ustunidagi “Salomatlik va tibbiy statistika institutining mintaqaviy filiallari” soʻzlari “Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 342-modda, 38-son, 1044-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)