Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2019 10.05.2017 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlashni ta’minlaydigan jamiyatda aholi salomatligini tashkil etish tizimini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish va kundalik amaliyotga joriy etish, ilg‘or xalqaro tajribaga, zamonaviy fanning tendensiyalariga va amaliy sog‘liqni saqlash ehtiyojlariga muvofiq kasalliklarning ayrim turlari mahalliy tarqalishining oldini olish va unga tezlikda e’tibor qaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Odamlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini joriy etish, kasalliklarning oldini olish va ular profilaktikasi, kasalliklarni davolash siyosatidan ustun darajada kasalliklarning oldini olish va ular profilaktikasi siyosatiga qayta yo‘nalish olish — jamiyatda aholi salomatligini tashkil etish tizimini shakllantirishning asosiy maqsadi deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning hududiy filiallarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) va uning hududiy bo‘linmalariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institut O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika institutining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Institut va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish masalalarida sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot axboroti, shu jumladan davlat va idoraviy tibbiyot statistikasi tizimi to‘planishiga metodologik rahbarlik qilish, aholi sog‘lig‘ining holatiga va kasalliklar tarqalishiga ta’sir qiluvchi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisi sog‘lig‘ining holati ustidan monitoring olib borishning yagona elektron tizimini tashkil etish hamda zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va umrini uzaytirishning aniq choralari bo‘yicha tavsiyalar joriy etilishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot axboroti va statistikasini chuqur tahliliy qayta ishlash, keyinchalik shu asosda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish modelini takomillashtirish, jamiyat salomatligining butun tizimini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ham umuman respublika bo‘yicha, ham ayrim mintaqalarda kasalliklarning oldini olish va ular profilaktikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashning, kasalliklar profilaktikasining aniq tamoyillari va mexanizmlari, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatining profilaktik tibbiyot bilan integratsiyasini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish hamda uning tarmoqlari va resurslarini rivojlantirish bo‘yicha samarali dasturlarni ishlab chiqish va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institutga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot axboroti va statistikasini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimida sog‘liqni saqlashning barcha tashkilotlari uchun yagona davlat va idoraviy hisobot shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha metodologik va tartibga soluvchi markaz funksiyalarini ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shakllar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan — davlat statistikasi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat tizimining bevosita tibbiyot tashkilotlaridan — idoraviy statistika bo‘yicha barcha zarur tibbiyot axborotini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklar ko‘paygan holatlarda sabablari va qonuniyatlarini aniqlash uchun, shuningdek ularning oldini olish va ular profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun joylarning o‘ziga chiqib zarur qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash, tegishli hududlarda aholining kasalliklarga chalinishining oldini olish va ular profilaktikasi bo‘yicha takliflar va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligiga, zarurat bo‘lganda esa — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sog‘liqni saqlash tizimini, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziriga Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy bo‘linmasi tuzilmasiga zarurat bo‘lganda xodimlarning umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni saqlab turishga, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, shu jumladan 2 ta avtotransport vositasini saqlashga va Institutning boshqa ehtiyojlari uchun davlat budjetidan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalariga ko‘ra ajratiladigan grantlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institutni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Institut va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari joriy etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 735-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1044-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining Ustavini va uning hududiy bo‘linmalarining namunaviy nizomini ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya tashkil etsin va uni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan xodimlar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligiga 2018-yilda va keyingi yillarda Institut va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek ularni zarur mebel, tashkiliy texnika va inventar bilan jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarining kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 38-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning hududiy bo‘linmalari joylashtirilishini, shuningdek zarur budjet mablag‘lari ajratilishini, shu jumladan 1 ta avtotransport vositasini saqlashga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda ularning ta’sirini majburiy hisobga olish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga, kasalliklar o‘sishi ehtimolining oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlarni birinchi navbatda amalga oshirishga amal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sog‘liqni saqlash tizimining statistika ko‘rsatkichlari tezkorligini, ishonchliligi va xolisonaligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari faoliyati ko‘rsatkichlari to‘liq qamrab olinishini nazarda tutuvchi statistika hisobotining yagona elektron tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin, unga tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tibbiyot tashkilotlarini jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K.Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 36 birlik, shu jumladan ilmiy xodimlar — 28 birlik, boshqaruv xodimlari — 8 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish ilmiy-tadqiqot instituti hududiy bo‘linmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni 16 — 21 birlik, shu jumladan ilmiy xodimlar — 12 — 17 birlik, boshqaruv xodimlari — 4 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti hududiy bo‘linmalarining xodimlarning cheklangan umumiy soni ushbu qaror bilan tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 227-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilovaning o‘n birinchi xatboshidagi “Salomatlik instituti va tibbiy statistika” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarorning (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 17-son, 206-modda) 8-bandi to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika hududlarida aholi orasida sog‘lom ovqatlanish tamoyillari faol targ‘ib qilinishini ta’minlaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 35-son, 467-modda) bilan tasdiqlangan 2015-2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash chora-tadbirlari kompleksining 13-pozitsiyasi “Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija” ustunidagi “Salomatlik va tibbiy statistika institutining mintaqaviy filiallari” so‘zlari “Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 342-modda, 38-son, 1044-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)