12.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2883
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2883-1, 28.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 10/17/2883-1/0330-son)
7. Qarz oluvchi mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni topshirishda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi.
17. Qarz oluvchilarga ajratilgan mikrokredit “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”ning (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) mos balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.