Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2018 06.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2878
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.11.2018
Hujjat 15.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2878]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 515-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3085, 06.11.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi), Kengashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalari (bundan buyon matnda viloyat komissiyalari deb yuritiladi), tuman va shahar hududiy komissiyalari (bundan buyon matnda tuman komissiyalari deb yuritiladi), nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda kredit bitimlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida, shuningdek norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari, tugatilib, qoʻshib yuborilib (olinib), davlat reyestridan chiqarilgan subyektlar, budjet va jamoat tashkilotlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning taʼriflari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar — xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali tekshirish — Kengash tasdiqlagan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan oʻtkaziladigan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tekshirish — Kengash tasdiqlagan rejalar asosida ikki yoki undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tartibida tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish, jumladan tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish, tekshirish oʻtkazishni rad etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish, tekshirishlar reja-jadvaliga oʻzgartirish kiritish, tekshirish muddatini oʻzgartirish, uzaytirish, tekshirishlarga boshqa nazorat qiluvchi organlarni qoʻshish hamda tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar boʻyicha qarorlar tegishlicha Kengash raisi (uning oʻrinbosarlari) yoki mazkur Nizomda nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyalari raislari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash va uning hududiy komissiyalari majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatlar tegishlicha Kengash raisi va uning hududiy komissiyalari raislari tomonidan imzolanadigan qaror shaklida, Kengash va uning hududiy komissiyalari majlislari oraligʻida tezkor koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan hujjatlar xat shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlar muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Alohida hollarda Kengash tomonidan bu muddat koʻpi bilan 30 kalendar kunga uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari — kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshirishlarni oʻtkazish muddati 10 kalendar kunidan iborat boʻlib, bu muddat uzaytirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda asosli sabablarga koʻra (tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq ijrosi sud tomonidan toʻxtatilganda, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshirishda ishtirok eta olmaganda) tekshirish Kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan vaqtincha toʻxtatilishi mumkin. Bunda tekshirish oʻtkazish muddatini hisoblash ham toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tekshirishlarni muvofiqlashtirish masalalari bilan shugʻullanuvchi mansabdor shaxslar, masʼul xodimlar ishlab chiqilayotgan tekshirishlar reja-jadvali loyihasidagi hamda rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar olinadigan axborotlarning maxfiyligi va ushbu axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki tekshirishda ishtirok etishi lozim boʻlgan sohaviy mutaxassislar yoʻqligi va boshqa obyektiv sabablar) tekshirish muddatini oʻzgartirish yoki mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan asoslarga koʻra tekshirish muddatini toʻxtatib turish Kengash tomonidan, tekshirishlarni oʻtkazish yoki ularda ayrim nazorat qiluvchi organlar ishtirok etishi imkoni boʻlmaganligi sababli ularni kechroq muddatlarga koʻchirish viloyat komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilgan yoki Kengash qaroriga asosan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishga tegishli nazorat qiluvchi organning yuqori tashkilotining buyrugʻiga asosan ushbu nazorat qiluvchi organ va uning tarkibiy boʻlinmalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan xodimlari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlari tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilgan yoki Kengash qarori bilan ruxsat berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishni oʻzlarining quyi boʻlinmalariga topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nazorat qiluvchi organlar rejali tekshirish haqida tekshirishni oʻtkazish boshlanishi belgilangan muddatdan kamida 30 kalendar kun oldin xoʻjalik yurituvchi subyektni tekshirishdan oʻtkazish muddati va predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ularda oʻtkazilayotgan tekshirish haqidagi va ular faoliyatini tekshirishga ruxsat olgan nazorat qiluvchi organlarning nomi toʻgʻrisidagi axborotni Kengash yoki uning hududiy komissiyasi ishchi organlaridan yozma shaklda yoki axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda bepul olishga haqlidirlar. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirmalarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻtkazilgan tekshirish natijalaridan rozi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga, sudga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki boshqa idoralarga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining yuqori tashkilotlari buyruqlari asosida Kengash yoki uning hududiy komissiyalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan, faqat xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlarida koʻrsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish, ularning ishlab chiqarish joylari, savdo shoxobchalari va xizmat koʻrsatish (ish bajarish) joylari qayerda joylashganidan qatʼi nazar, takroriylikni istisno etgan holda, tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalari (filiallari) faoliyatini rejali tekshirishlar, ular qaysi yuridik shaxs tarkibiga kirsa, shu yuridik shaxsda oʻtkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Rejali tekshirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali loyihasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi tartib va muddatlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning yillik va yil choraklariga moʻljallangan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirish tamoyillari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qoidalariga qatʼiyan muvofiq holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda oʻzi nazorat qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarining aniq roʻyxatlarini ularning manzili, toʻliq nomi, soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqami, rejali tekshirish davriyligini koʻrsatgan holda elektron shaklda Kengash ishchi organiga taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta, faqat Kengashning qaroriga binoan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet mablagʻlaridan hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilarda koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirishlar, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlardan tashqari, qoidaga koʻra, kompleks tekshirishlar koʻrinishida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yillik tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga yoki tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga choraklik oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar mazkur Nizomning 2-ilovasiga, tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish toʻgʻrisidagi takliflar mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq kameral nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar koʻrsatilgan holda hamda muvofiqlashtirish reja-jadvallarini shakllantirish tamoyillari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qoidalariga qatʼiyan muvofiq holda taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tekshirishlar reja-jadvalini ishlab chiqishda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritish uchun tegishli takliflar quyidagicha taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash ishchi organiga — nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati tomonidan tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat komissiyalarining ishchi organlariga — nazorat qiluvchi organlarning viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar yoki ularning boʻlinmalari tomonidan Kengash yoki viloyat hududiy komissiyalari ishchi organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan muddatlardan keyin taqdim etilgan yoki mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovasida belgilangan shaklga mos ravishda taqdim etilmagan takliflar koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nazorat qiluvchi organlarning takliflari asosida Kengash ishchi organi tomonidan yillik tekshirishlar reja-jadvali loyihasi ishlab chiqiladi va Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi hollarda tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish tegishli nazorat qiluvchi organning vakolatiga kirmaydigan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarning yillik va yil choraklariga moʻljallangan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirishning tamoyillari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan qoidalar shartlariga rioya etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tugatilgan yoki tugatish jarayonida boʻlsa, shuningdek ular bankrot deb eʼlon qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning reja-jadvalga kiritilishi qonun hujjatlariga, Kengash qabul qilgan qarorlarga va mazkur Nizomning 14-bandiga zid boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektda yil davomida bir martadan ortiq rejali tekshirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini tekshirishni soʻrab, asoslantirilgan iltimos bilan murojaat etgan taqdirda unda rejali tekshirish oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritish uchun taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish reja-jadval loyihasini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida Kengashning va uning viloyat komissiyalari ishchi organlari tomonidan, zaruriyat boʻlganda nazorat qiluvchi organlar vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat qiluvchi organlar mazkur Nizomning 14 — 17-bandlaridagi talablarga binoan joriy yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalidagi subyektning yuridik manzili rejali tekshirish muddatiga qadar boshqa hududga oʻzgarganda ushbu subyektda tekshirish oʻtkazishni rejalashtirgan nazorat qiluvchi organi hududiy boʻlinmalari subyektning yangi manzilidagi ushbu nazorat qiluvchi organining hududiy boʻlinmalariga xat yuboradi va ular tomonidan rejali tekshirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishlar reja-jadvali loyihasini ishlab chiqish Kengash va viloyat hududiy komissiyalari ishchi organlari tomonidan “Tekshirishlarni muvofiqlashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvali Kengashning va nazorat qiluvchi organlarning rasmiy saytlariga joylashtiriladi hamda matbuotda chop etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rejadan tashqari tekshirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi asoslar mavjud boʻlgan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning tugatilayotganida, bunda tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning bildirishi asosida 30 kalendar kundan oshmagan holda tekshirishlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari kelib tushganda qisqa muddatli tekshirish shaklida bir ish kunida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nazorat qiluvchi organlarga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ushbu nazorat qiluvchi organlar tomonidan dastlab oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaatning anonim emasligi, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi, qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiqligi, shuningdek unda bayon etilgan masalalarni oʻrganish ushbu nazorat qiluvchi organ vakolatiga tegishli ekanligi, murojaatda qayd etilgan holatlarni tekshirish davomida oʻrganish imkoni mavjudligi, murojaatda koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat yuritayotganligi oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaatni koʻrib chiqish doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, nazorat qiluvchi organning markaziy apparati Kengashga ishchi organiga qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish soʻralayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi yoki tekshirilishi lozim boʻlgan shoxobchasi (shoxobchalari), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, uning manzili, faoliyat turi, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan talablari buzilgan qonun hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va tekshirish oʻtkazish moʻljallangan muddatni koʻrsatgan holda qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning quyi tuzilmalari yuqoridagi maʼlumotlarni toʻliq koʻrsatgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisida oʻzlarining markaziy apparatiga murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga tekshirishda oʻrganilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha unifikatsiyalashgan nazorat savolnomasi asosida ishlab chiqilib, nazorat qiluvchi organ rahbari tasdiqlagan tekshirish dasturi ilova qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nazorat qiluvchi organlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaatining asosliligi, tekshirish dasturining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiqligi Kengash ishchi organi tomonidan, zaruratga qarab nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda, oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatlar boʻyicha Kengash ishchi organi tomonidan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish, rad etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish toʻgʻrisidagi takliflar murojaatlar kelib tushgandan keyin besh ish kunida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish boʻyicha tayyorlangan takliflar Kengash raisi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Kengash raisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organning xatini oʻrganish natijasida qisqa muddatli tekshirish ruxsat berish uchun asoslar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda soʻralgan tekshirishni rad etish toʻgʻrisida Kengash raisi oʻrinbosariga taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bogʻliq qisqa muddatli tekshirishlarga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklif, nazorat qiluvchi organlar murojaati asosli boʻlgan taqdirda murojaat kelib tushgan kuni tayyorlanadi va Kengash raisi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Kengash raisiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi murojaat yoki tekshirish dasturi belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoxud qonun hujjatlarida belgilangan asoslar murojaatda toʻliq koʻrsatilmagan hollarda Kengash ishchi organi besh ish kunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoki ayrim masalalarga qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda qayta murojaat etish uchun ular tegishli nazorat qiluvchi organga Kengash kotibi imzosi bilan qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash ishchi organi tomonidan qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror Kengash raisi tomonidan imzolangandan keyin bir ish kunida tegishli nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tekshirish dasturi Kengash ishchi organi tomonidan kelishilib, unga Kengash qarori raqami, kelishilgan kun sanasi qayd etiladi va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi holatlari boʻyicha bevosita Kengashga berilgan murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday murojaatlar mazkur Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun tegishli nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuqori nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining hududiy boʻlinmalariga xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirish haqidagi topshiriqlarni ularni oʻtkazish boʻyicha faqatgina tekshirish oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi Kengash qarori boʻlgan taqdirdagina yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nazorat tartibida tekshirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nazorat tartibida tekshirishlarni oʻtkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning oʻzlari ilgari oʻtkazgan tekshirish natijalari boʻyicha faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar boʻyicha va muddatlarda yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, bir ish kuni davomida nazorat qiluvchi organning buyrugʻi asosida Kengash yoki uning viloyat komissiyasi qoʻshimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan muddatlarda nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishga rozi boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki nazorat qiluvchi organning murojaatlari asosida nazorat tartibidagi tekshirish muddati Kengash yoki viloyat komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tekshirishlarni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvali yoki Kengashning qisqa muddatli tekshirishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi qarori, nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrugʻi hamda tekshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda nazorat qiluvchi organning vakolatlari va tekshirish dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan subyekt nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish oʻtkazish muddati va tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat nomi, raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlarda tekshiriladigan davr jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlaridagi holatdan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbarini (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatadi, shuningdek tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlar (tekshirishlar reja-jadvalidan koʻchirma yoki Kengashning qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori, nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshirish dasturi) nusxalarini tilxat olingan holda unga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tekshirish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomani xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻldirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning elektron shakli toʻldiriladi. Bunda “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uni taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tekshirish bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning bevosita tekshirish oʻtkazish yilidan oldingi toʻrt kalendar, moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha tekshirishda besh kalendar yildan koʻp boʻlmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish oʻtkazilayotgan kalendar yil davrlari tekshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar boʻyicha qayta tekshirish oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning qoidalari qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Rejali tekshirish boshlangandan keyin tekshirishda ishtirok etishi lozim boʻlgan shaxs kasalligi tufayli ishtirok eta olmasa yoki talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda tekshirish nazorat qiluvchi organning buyrugʻi asosida toʻxtatilib, nazorat qiluvchi organning asoslangan murojaati asosida tekshirishning qolgan muddati Kengash tomonidan boshqa vaqtga koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan oʻtkaziladigan rejali tekshirishni subyekt roʻyxatdan oʻtgan manzilda oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda (binosi, kompyuter, stol va stul mavjud emasligi), xoʻjalik yurituvchi subyektning roziligi bilan ushbu subyekt roʻyxatdan oʻtgan hududdagi davlat soliq inspeksiyasi binosida oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Tekshirish dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) kamida ikki nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish dalolatnomasining (maʼlumotnomaning) nusxalari nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi (shaxslari) va xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga (xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻtkazilgan tekshirish natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada (maʼlumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi bir ish kuni davomida xoʻjalik yurituvchi subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat qiluvchi organning ichki idoraviy hujjati bilan belgilangan tartibda roʻyxatga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi, soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan oʻzining mijoziga unda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma mavjud boʻlgan hollarda tekshirish oʻtkazish vaqtida soliq maslahatlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tekshirish oʻtkazish vaqtida xoʻjalik yurituvchi subyektlari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan birlashmalar vakillari, soliq maslahatchilarini, advokatlarni tekshirishda ishtirokini taʼminlash xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashabbusi bilan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat qiluvchi organlar asosli sabablarga koʻra tekshirish oʻtkazish imkoni boʻlmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish oʻtkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, bankrot deb eʼtirof etilgan, boshqa subyektga qoʻshilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud boʻlmagan) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish belgilangan muddatlardan oldinroq reja-jadvaldan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni Kengash hududiy komissiyalari yoki nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparati orqali Kengashga kiritib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Nazorat tartibida tekshirishlar mazkur Nizomning 27-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyruq asosida, 28 — 33-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi va natijalari 34-bandida belgilangan tartibda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Nazorat qiluvchi organlar zimmalariga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan ayrim nazorat vazifalarini mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan hollarda Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash bilan qoʻshimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari nazorat qiluvchi organ rahbari yoki oʻrinbosarining buyrugʻi hamda tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi sanani koʻrsatgan holda nazorat tadbiri oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan mazkur bobga muvofiq oʻtkazilgan nazorat tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha yil (chorak) yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Kengash ishchi organiga taqdim etilib, ular tekshirishlar toʻgʻrisidagi davriy maʼlumotlarga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tekshirishlarni oʻtkazilishi monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tekshirishlar reja-jadvaliga rioya etilishi monitoringini Kengash va uning viloyat, tuman komissiyalarining ishchi organlari olib boradilar, ular Kengashning barcha darajadagi hududiy komissiyalarining joylardagi nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro doimiy aloqasini taʼminlaydilar hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni “Tekshirishlarni muvofiqlashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlar bazasiga kiritgan holda oyma-oy tahlil qilib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparatlari Kengash ishchi organiga, hududiy boʻlinmalari tegishlicha viloyat va tuman hududiy komissiyalariga yilning har choragida oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 4-ilovasida belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududiy komissiyalari bu maʼlumotlarni umumlashtiradi va ularni viloyat hududiy komissiyasiga, viloyat hududiy komissiyalari esa Kengash ishchi organiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari har oyning 3-sanasigacha ular tomonidan oʻtgan oyda oʻtkazilgan tekshirishlarning boshlangan va tugallangan sanasi, samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishlicha Kengash, viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlariga kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun yozma yoki elektron shaklda taqdim etib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan qisqa muddatli tekshirish yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirishda aniqlangan holatlar yuzasidan nazorat qiluvchi organ vakolati doirasida chora koʻrish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin 10 kunlik muddat ichida tegishlicha Kengash, viloyat va tuman hududiy komissiyalarining ishchi organlariga maʼlumot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kengash, viloyat va tuman hududiy komissiyalari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati noqonuniy tekshirilganligi aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kengash va uning hududiy komissiyalari ishchi organlari xodimlari, shuningdek nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari mazkur Nizom talablariga rioya etishlari, tekshirish munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlgan tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar, shuningdek oshkor etilmagan axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi, oʻz vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruvlar oʻtkazmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻxtatib qoʻyganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar bevosita aybdorlardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan Kengash va hududiy komissiyalar ishchi organlarining xodimlari, shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishlar reja-jadvallarini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________________________________ tomonidan

(nazorat qiluvchi organning nomi)

oʻtkaziladigan 20___ yil (__ chorakka qoʻshimcha kiritish uchun) tekshirishlar reja-jadvali
LOYIHASI

T/r

Viloyat, tuman nomi

Tadbirkorlik subyektining nomi

STIR

Tekshiruvlar oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organlar va ularning boʻlinmalari

Tekshiruvning boshlanish sanasi

Tekshiruvning tugash sanasi

Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilgan soʻnggi tekshirish sanasi

Mazkur subyekt tegishli boʻlgan tavakkal darajasi guruhi

Subyektlarning mazkur toifasi uchun belgilangan tekshiruvlar davriyligi

__________________________________________________

(nazorat qiluvchi organ rahbari yoki uning oʻrinbosari)

“___” __________________ 20__ yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________________________________ tomonidan oʻtkaziladigan 20___ yil (__ chorakka qoʻshimcha kiritish uchun) tekshirishlar reja-jadvali
LOYIHASI

T/r

Viloyat, tuman nomi

Tadbirkorlik subyektining nomi

STIR

Tekshiruvlar oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organlar va ularning boʻlinmalari

Tekshiruvning boshlanish sanasi

Tekshiruvning tugash sanasi

Nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilgan soʻnggi tekshirish sanasi

Mazkur subyekt tegishli boʻlgan tavakkal darajasi guruhi

Subyektlarning mazkur toifasi uchun belgilangan tekshiruvlar davriyligi

Kameral nazorat natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishi holati

__________________________________________________

(Davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning oʻrinbosari)

“___” __________________ 20__ yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya yili mobaynida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muntazam ravishda toʻlanmagan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashda ushbu subyektlar tomonidan tekshirishlar reja-jadvaliga qoʻshimcha kiritilayotgan yoki undan oldingi yilda 2 va undan koʻp marta soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikka yoʻl qoʻyilganligi yoki shu davrda oʻtkazilgan kameral nazorat natijasida aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaslik holatlari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz nazorat funksiyalari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa vakolatli organlar tomonidan ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqarilgan yoki sotilayotgan, aksiz markalari boʻlmagan yoki qalbakilashtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonun bilan belgilangan tartibda tezkor olib qoʻyilishini amalga oshirish. Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektda keyingi tekshirishlar belgilangan tartibda Kengash bilan kelishilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilishi va sotilishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganidagina litsenziya bitimi talablariga muvofiq bunday mahsulot sotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmatsevtik inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda sotilayotgan dori vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bilan kelishilgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan atmosfera havosi, tuproq, oqova va yer ustidagi suvlarini ifloslantiruvchi manbalari hamda chiqindilarni noqonuniy joylashtirilishi joylari monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasi bilan qurilish buyurtmachilari oʻrtasida, shuningdek buyurtmachilar bilan pudrat qurilish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar mavjud boʻlgan hollarda amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish meʼyorlari va qoidalariga, respublika standartlariga, davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiqligini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda mavjud don hamda bugʻdoy unidan namuna olish yoʻli bilan ularning namligi, iflosligi, donli aralashmalar koʻrsatkichlari va don zararkunandalari bilan zararlanishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning qabul qilgan qarorlari asosida tugatilganda yoki davlat reyestridan chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi yoki uning topshirigʻiga koʻra maxsus vakolatli shaxs (ekspert-auditor) tomonidan “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiyalangan va litsenziya olgan sinov laboratoriyalari (markazlari) litsenziya kelishuvlarining shartlariga rioya qilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatilganda, shuningdek tadbirkorlik subyektlarning huquqlarini himoya qilinishi taʼminlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bilan kelishilgan obyektlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda biriktirilgan va ularda joylashgan inspektorlari tomonidan sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir talablarga rioya etilishi hamda xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tashish xavfsizligi holati yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bilan kelishilgan “Oʻzbekenergo” AKning obyektlarida “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining doimiy ravishda biriktirilgan bosh texnik inspektorlari tomonidan ishlarni xavfsiz yuritilishi yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tabiiy, texnogen, terrorchilik-qoʻporuvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-dekabrdagi 528 — 122 va 2002-yil 4-iyundagi 195 — 38-son qarorlari bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq, vazirlik yoki uning hududiy boshqarmalari rahbarlarining koʻrsatmalari asosida obyektlarda fuqarolik himoyasi talablariga rioya etish masalalari boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida barpo etilgan davlat jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha nazoratning (tekshirishlarning) amalga oshirilishi, bunda mazkur tekshirishlar bevosita korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tasdiqlagan rejalar va buyruqlarga binoan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan bank bilan qurilish buyurtmachilari, shuningdek bank bilan moliyalovchi taraf oʻrtasidagi shartnomalarga muvofiq hukumat kafolati bilan berilgan markazlashtirilgan mablagʻlardan (shu jumladan kreditlar) maqsadli foydalanish, qurilish muddatlariga, ajratilgan mablagʻlarni qaytarish va ulardan foydalanish uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat, bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi yoki hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan tegishli buyruqlar asosida sut va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan, isteʼmolchilarni vodoprovod suvi bilan taʼminlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda namunalar tanlab olish yoʻli bilan sut va sut mahsulotlari, vodoprovod suvi va oqova suvlar har oyda laboratoriyalarda tadqiq etilganda, un va osh tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarda I navli bugʻdoy uni hamda osh tuzi, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oshxonalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyorlanayotgan taomlar, oshxonalardagi texnologik jihozlar, xodimlarning maxsus kiyimlari va qoʻllaridan namunalar tanlab olish yoʻli bilan har chorakda koʻpi bilan bir marotaba laboratoriyalarda tahlil etilganda, shuningdek qonun hujjatlariga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak boʻlgan savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarida tibbiy koʻrikdan oʻtish daftarchalarining mavjudligi olti oyda koʻpi bilan bir marotaba monitoringdan oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning butun davri mobaynida paxta tozalash korxonalarini tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan paxta xomashyosining miqdori va sifati, paxta tolasi va paxta mahsulotini sotish masalalari boʻyicha tekshirishlar, shuningdek paxtakor xoʻjaliklarni sifatli urugʻlik chigitlar bilan taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tasdiqlagan maxsus jadvallar yoki uning yozma topshiriqlariga koʻra gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarga rioya etilishi tekshirishlardan oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan gʻalladan boʻshagan maydonlarda somonni, daraxt bargi xazonlarini va boshqa turdagi chiqindilarni yoqishni, daraxt va butalarni noqonuniy kesishni, ochiq olovni qoʻllagan holda bitum eritishni va hayvonlarni noqonuniy ovlash faoliyatlarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat vazifalarining amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavboshdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan respublika hududini chet el mamlakatlaridan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlar kirib kelishidan muhofaza qilish, karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni lokallashtirish hamda tugatishni tashkil etish, shuningdek ular kirib kelishining oldini olish, belgilangan qoidalarga rioya qilish hamda qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ishlatish chogʻida oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga doir nazorat vazifalarining amalga oshirilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvnazorat” Respublika suv inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan suvdan foydalanuvchilarning irrigatsiya tizimlari boshqarmalari bilan tuzgan suvdan foydalanish shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hududiy organlari tomonidan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha avtotransport korxonalarida (yuridik shaxslarda), shu jumladan, yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi korxonalarda bir yilda koʻpi bilan bir marta harakat xavfsizligini taʼminlash va profilaktik tadbirlar oʻtkazish ustidan (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) nazorat oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarda yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlarga muvofiq, qishloq xoʻjaligi ekinlarini (gʻoʻza, don va boshqalar) ekish boʻyicha oʻrnatilgan talablarga rioya etilishi nazorati amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Kengash bilan kelishilgan roʻyxatga muvofiq avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir marta, bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda nazorat tadbirlari amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan fuqaroning yuridik shaxs tomonidan ish haqi belgilangan muddatda toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi murojaatini, nazorat tadbiri oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisida vazirlik tomonidan Kengash ishchi organini oldindan xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri buyrugʻi asosida oʻrganilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochka orqali amalga oshirilgan toʻlov shaklidan kelib chiqib narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki kamaytirish, nazorat-kassa mashinalari, toʻlov terminallarini qoʻllash, shuningdek oʻrnatilgan tartibda talon va cheklarni berilishi, naqd pul tushumlarining toʻliq hajmda inkassatsiya qilinishi masalalari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan idoraviy shoxobcha temir yoʻllariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarida lokomotiv, vagon, aloqa va signallashtirish, elektr taʼminoti, yuk va yoʻlovchi tashishni tashkil etish xoʻjaliklarida taʼmirlash, ekspluatatsiya qilish va texnik vositalarni ishchi holatida tutilishini taʼminlash boʻyicha nazorat amalga oshirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur roʻyxatda koʻzda tutilgan nazorat tadbirlarining oʻtkazilishi, yettinchi xatboshi bundan mustasno, 10 kalendar kunini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________________________ tomonidan 20___ yilning _________ oyida

(nazorat qiluvchi organning nomi)

xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

T/r

Nazorat qiluvchi organ nomi

Oʻtkazilgan tekshirishlar soni

Tartibbuzarliklar aniqlangan tadbirkorlik subyektlari soni

oʻtgan yilning tegishli davrida

reja boʻyicha

amalda

shu jumladan, rejadan tashqari

belgilangan muddatlarga rioya qilmagan holda oʻtkazilgan

jami

shundan, Kengash yoki hududiy komissiya ruxsatisiz

jami

oʻtkazilgan tekshirishlarga nisbatan, foizda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

________________________________

(nazorat qiluvchi organ rahbari yoki uning oʻrinbosari)

“___” __________________ 20__ yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur shakl boʻyicha maʼlumotlar tegishli hududiy komissiyalarning ishchi organlariga nazorat qiluvchi organlarning tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 3-sanasigacha boʻlgan muddatda, nazorat qiluvchi organlarning oʻzlarining shahar va tuman boʻlinmalari kesimida umumlashgan viloyat boʻlinmalari tomonidan — hisobot davridan keyingi oyning 7-sanasigacha boʻlgan muddatda, nazorat qiluvchi organlarning oʻzlarining hududiy boʻlinmalari kesimida umumlashgan markaziy apparatlari tomonidan esa, Kengashning ishchi organiga — hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasigacha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash (hududiy komissiya)ning ruxsatisiz tekshirishlar oʻtkazilgan hollarda (7-ustun) yoki belgilangan muddatlarga rioya qilmagan holda tekshirishlar oʻtkazilganda (8-ustun) hududiy komissiyalar Kengashning ishchi organiga belgilangan tekshiruvlar oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari va ularni amalga oshirgan nazorat qiluvchi organlar, shuningdek oʻrnatilgan tartibda tekshirish oʻtkazish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 347-modda, 25-son, 556-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2878-3/0437-son, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)