Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOSHSHAHARYOʻLOVCHITRANS” DAVLAT UYUSHMASINI “TOSHSHAHARYOʻLOVCHITRANS” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish bilan band boʻlgan korxonalar va tashkilotlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish transporti davlat uyushmasi “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish va shahar transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
Toshkent shahar aholisining shahar yoʻlovchilar tashish transporti xizmatlariga ehtiyojini qondirish, shahar yoʻlovchilar tashish transportining iqtisodiy foydali va ekologiya jihatidan toza turlarini kompleks rivojlantirish;
yoʻlovchilar tashish transportida yoʻl harakati xavfsizligining yuqori darajasini taʼminlash;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda:
asosiy fondlarni 2004-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta baholashni hisobga olgan holda, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasini “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi mol-mulki qiymati, shuningdek korxonalar mol-mulki qiymati hamda 1 va 2-ilovalarga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari hisobiga shakllantirsin;
2a-ilovaga muvofiq korxonalarning ustav fondlaridagi aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini (ulushni) ularni sotish vaqtigacha “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda bersin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasini Aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va ular sotilmaydi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilmaydi, garov predmeti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi qimmatbaho qogʻozlar chiqarish uchun taʼminlovchi boʻlib xizmat qilishi mumkin emas;
“Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining 1-ilovaga muvofiq korxonalari aksiyalashtirilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
7. “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining Kompaniya kengashi ustavni tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining chiqarilgan aksiyalarini, emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirmasdan, davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-iyun,
277-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
Mol-mulki “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga beriladigan unitar korxonalar roʻyxati
1. 2519-avtokolonna
2. Toshkent metropoliteni
3. 2-tramvay deposi
4. 3-tramvay-trolleybus deposi
5. 2-trolleybus deposi
6. Bajarilgan transport xizmatlari sifatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boshqarmasi
7. “Yoʻlovchitransservis” yagona xoʻjalik hisobidagi markaz
8. Yoʻl xizmati
9. Energiya xoʻjaligi xizmati
10. Avariya-tiklash xizmati
11. “Mersedes-Bens servis xizmati koʻrsatish markazi” shuʼba korxonasi
12. “Toshtatraservis” texnik markazi davlat unitar korxonasi
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
Aksiyalarining davlat paketlari “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati
1. “Birinchi avtokorxona” OAJ
2. “2-avtobus saroyi” OAJ
3. “3-avtobus saroyi” OAJ
4. “4-avtobus saroyi” OAJ
5. “5-avtokorxona” OAJ
6. “7-avtokorxona” OAJ
7. “8-avtosaroy” OAJ
8. “12-avtobus saroyi” OAJ
9. “18-avtobus saroyi” OAJ
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2a-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
2a-ILOVA
Davlat aktivlari sotilgunga qadar “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga beriladigan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati
|
T/r |
Korxonalar nomi |
Davlat |
|
1. |
“2-avtokombinat” OAJ |
25,0 |
|
2. |
“Ipak yoʻli avtotrans” OAJ |
6,0 |
|
3. |
“Eltranstaʼminot” MCHJ |
35,2 |
|
4. |
“Tramvaychi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi |
100 |
|
5. |
“Avtomobilchi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi |
100 |
|
6. |
Strelsov nomidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi |
100 |
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
6-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 277-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, 3 va 5-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 274-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)