1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-410-son Qonunini amalga oshirish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda oʻzining rasmiy veb-saytida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati masalalariga bagʻishlangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning toʻliq roʻyxati joylashtirilgan hamda ular doimiy ravishda yangilanib boriladigan boʻlim ochsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror u rasman eʼlon qilingandan keyin uch oy muddat oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bozorning professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish tartibini, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek ularning yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari — mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmati — tashkilotning tuzilmasidagi mustaqil boʻlim boʻlib, belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish va tashkil qilinishi, ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi — ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish oʻrinlaridagi mehnat jarayoni ogʻirligi va tigʻizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatini muhofaza qilish sohasida malaka oshirish — mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim va koʻnikmalarni, kasbiy bilimlarni tizimli ravishda yangilab borish va chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash — mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlash uchun zaruriy va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar va koʻnikmalarni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi (keyingi oʻrinlarda mehnatni muhofaza qilish auditi deb ataladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlash sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, uning darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish omili — xodimga mehnat jarayonida taʼsir etuvchi kimyoviy, biologik, jismoniy va ijtimoiy omillar yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish tartibi va ularning yagona reyestrini yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilish xamda manfaatlar oʻrtasida nizolar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat vazifasini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasida audit oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga mehnatni muhofaza qilish sohasida va ularning koʻrsatadigan xizmatlariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga belgilanadigan talablar quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlarni tashkil etish boʻyicha vakolatga egaligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlarni tashkil etuvchi tashkilotlarning vakolatini, shu jumladan ularda mavjud boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslar — mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatdan foydalanuvchilar oldida tashkilotlar javobgarligining kafolatlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning bevosita xizmat koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan mehnatni muhofaza qilish sohasida malakaviy sertifikatiga ega boʻlishi kerak. Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat koʻrsatuvchi tashkilot rahbaridan sertifikat talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot shtatida mehnatni muhofaza qilish mutaxassisining malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar soni uch kishidan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan belgilanadigan va uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar bazasiga ega boʻlishi kerak.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining malakali ishtirokchilari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan umumiy talablarga qoʻshimcha ravishda oʻz egaligida, xoʻjalik yurituvi yoki operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa qonuniy asosda qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini oʻlchashga moʻljallangan laboratoriyaga (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi deb ataladi) ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat koʻrsatuvchilarning akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi rahbari faqat mehnatni muhofaza qilish mutaxassisining malakaviy sertifikatiga ega shaxs boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan umumiy talablarga qoʻshimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda shtat asosida ishlovchi oʻqituvchilarning umumiy sonining 30 foizdan kam boʻlmagan holda mehnatni muhofaza qilish mutaxassisining malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan oʻqituvchilar bilan toʻldirilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim muassasalari uchun — tegishli taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim muassasalari uchun — nodavlat taʼlim muassasalarining tegishli faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oʻquv-tematik rejalar va oʻquv dasturlari asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim jarayonini amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish va tashkilot-buyurtmachiga nisbatan mehnat muhofazasining auditi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tarmoq, idoraviy va moliyaviy mustaqillikka ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish va mehnat muhofazasining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining malakali ishtirokchilari tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxslari buyurtmachining taʼsischilari (ishtirokchilari) yoki rahbarlari, shuningdek buyurtmachining taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki rahbarlari bilan qarindosh boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifasini amalga oshirish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan umumiy taʼsischiga ega boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga sugʻurta xizmati koʻrsatuvchi tashkilotda mehnat sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazishga, mehnatni muhofazasi qilish boʻyicha audit oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarining yagona reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda Yagona reyestr deb ataladi) kiritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yagona reyestr mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan axborot banki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yagona reyestrni yuritish Vakolatli organ tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yagona reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlar bazasiga mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari haqidagi maʼlumotni axborotlari bazasiga kiritib, oʻz reyestr raqamini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar haqidagi maʼlumotlarni vaqti-vaqti bilan yangilash yoki ularni Yagona reyestrdan chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yagona reyestr elektron va qogʻoz manbalarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yagona reyestr ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar turlari boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yagona reyestrdagi maʼlumotlar ochiq va hamma uchun tushunarli va vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablarga javob beruvchi va mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar koʻrsatmoqchi boʻlgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda arizachi deb ataladi) vakolatli organga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza tashkilot blankasida toʻldiriladi, tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan (muhr mavjud boʻlsa) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligi masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy va normativ hujjatlarning axborotlar bazasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun tashkilot rahbari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mehnat muhofaza sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatmoqchi boʻlgan arizachilar Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlarining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim beruvchi tashkilotning kadrlar tarkibi haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan taʼlim beruvchi tashkilotda shtat asosida ishlovchi oʻqituvchilarning umumiy sonidan 30 foizdan kam boʻlmagan holda mehnat muhofazasi boʻyicha mutaxassisning malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan oʻqituvchilar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim berishning texnik vositalari haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mehnatni muhofaza qilish sohasida mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya xizmatlari koʻrsatmoqchi boʻlgan arizachi Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga akkreditatsiyalangan attestatsiya laboratoriyasi va uning rahbarlari haqidagi maʼlumotlarni ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nizomning 19 — 21-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni arizachidan talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalari bilan birga vakolatli organga arizachi tomonidan taqdim etiladi yoki yuborilayotgan hujjatlar roʻyxati bilan pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar shuningdek elektron shaklda yuborilishi mumkin. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatli organ arizani qabul qilgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bersa mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilariga ushbu Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha Yagona reyestrga kiritish haqidagi guvohnoma berilishi taʼminlanadi va ularga reyestr raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Arizachi ushbu Nizomda nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilariga talablarga nomuvofiq boʻlsa vakolatli organ arizani qabul qilgan kundan boshlab 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda Yagona reyestrga arizachini kiritish imkoni yoʻqligini hamda aniq qaysi talablarga arizachi javob bermasligini koʻrsatgan va arizachi kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta taqdim etish muddatlarini koʻrsatib yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Arizachi rad etish sabablarini bartaraf etishi va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat Yagona reyestrga kiritilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqishda arizachiga avval yozma shaklda keltirilmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etishni tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yagona reyestrga kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgach arizachi tomonidan berilgan ariza yangi taqdim etilgan, deb hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va guvohnoma berish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni qayta rasmiylashtirish va guvohnoma berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran vakolatli organ tomonidan besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ guvohnoma berilgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni mobaynida Yagona reyestrga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari quyidagi holatlarda Yagona reyestrdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga asosan Yagona reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish toʻgʻrisidagi ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi — tashkilot tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda koʻzda tutilgan talablarni muntazam buzish holatlari monitoring qilish chogʻida aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot Yagona reyestrdan chiqarilganda vakolatli organ Yagona reyestrga yozuvlar kiritadi va ushbu maʼlumotni oʻzining rasmiy saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan monitoring chogʻida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda u Yagona reyestrga kiritish boʻyicha qayta ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Guvohnoma yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda arizachining arizasiga binoan guvohnomaning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatli organ arizani, guvohnoma yaroqsiz holga kelganda esa — uning asl nusxasini olgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda guvohnomaning dublikatini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizani koʻrib chiqish va dublikat berish uchun toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan talablarga rioya etilishi monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Monitoring oʻtkazish maqsadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan mehnat xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻyicha texnik boshqarish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat sifatiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan buzilishlar faktlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining (ularning mutaxassislarining) mehnatni muhofaza qilish sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatiga taʼsir etuvchi salbiy xulq-atvorini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining mansabdor shaxslari tomonidan lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarda nazarda tutilgan talablar va qoidalarning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrga kiritilgan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Monitoring oʻtkazish yoʻnalishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar buyurtmachilarining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshiradigan xizmatlari sifati yuzasidan anketa soʻrovlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari va hisobotlarini tanlov asosida joylarga borib oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda vakolatli organ tomonidan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi nomiga aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish muddatlari toʻgʻrisida koʻrsatma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining xizmat koʻrsatish turlari boʻyicha monitoring yakunlariga asosan reytingi vakolatli organ tomonidan har yili rasmiy veb-saytda chop etiladi. Reyting koʻrsatkichlarini aniqlash uchun mustaqil audit tashkilotlari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vakolatli organ mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari faoliyatini va mazkur Nizomda belgilangan talablarning bajarilishini monitoring qilish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilaridan oʻz vakolatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida zarur maʼlumotlarni talab qilish va qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasini oʻtkazishda tanlov asosida haqiqatdagi mehnat sharoitlarini mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan oʻtkazilgan ish oʻrinlari attestatsiyasi natijalari bilan solishtirib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari faoliyati sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vakolatli organ va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga yordam beradigan profilaktik va tushuntirish ishlarini, master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarini mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlarni bajarishda maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha kelishilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazishda hamda mehnatni muhofaza qilishni auditida manfaatsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar natijalari boʻyicha tashkilotlarga ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari faoliyati yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Arizachi
Quyidagi hujjatlarni taqdim etgan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga murojaat qilish:
1. Arizachining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;
3. Laboratoriya akkredatsiyalanganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi (laboratoriya mavjud boʻlganda);
4. Mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha yordamchi maʼlumotlar bazasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Arizachi xohishiga koʻra
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra:
1) Arizachi Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda — Yagona reyestrga maʼlumotlar kiritadi;
2) Arizachi Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda — arizachiga Yagona reyestrga kiritish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab 5 kun mobaynida
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
Arizachiga mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yuboradi.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab 5 kun mobaynida
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini monitoring qiladi.
doimiy
4-bosqich
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga asosan mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmat koʻrsatadi (Yagona reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida olingan Guvohnomaga muvofiq)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisining toʻliq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisining pochta manzili (joylashgan joyi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq toʻlovchining Identifikatsiya raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Arizachining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha malakali mutaxassis sertifikatiga ega boʻlgan xodimlari haqida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akkreditatsiya qilingan laboratoriya haqida maʼlumot (laboratoriya boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat(lar) tur(lar)i.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Berilgan reyestr raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritish uchun ARIZA 20____ yil ___ __________
Mehnatni muhofaza qilish sohasida___________________________________
(mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar turlarini koʻrsating)
turlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilot sifatida ____________________ ________________________________________________________________
(tashkilotning toʻliq nomi va tashkiliy –huquqiy shakli)
ni mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritishingizni soʻrayman. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga belgilangan talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlaymiz.
Tashkilotning pochta manzili (joylashgan oʻrni): ________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA Seriyasi_______№_______________ Berildi ________________________________________________________ga (arizachining toʻliq nomi) ________________________________________________________________ (arizachining joylashgan joyi (pochta adresi))
shu haqdaki, uning 20____ yil ___ __________ ____-son arizasiga binoan tashkilot_________________________________________________________
(mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar turlari koʻrsatiladi)
turlari boʻyicha Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritildi.
Tashkilotga _____________ reyestr raqami berildi. Berilgan vaqti 20____ yil “ _____” ______________
Vazirning birinchi oʻrinbosari
_________
M.Oʻ. ___________________
(imzo)
(F.I.O)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Quyidagi sabablarga koʻra ___________________________________________
(Yagona reyestrdan chiqarishni asoslaydigan holatlar hujjat bilan tasdiqlanishi lozim)
______ raqami bilan Yagona reyestrga kiritilgan ________________________________________________________________,
(arizachining — tashkilotning toʻliq nomi), (joylashgan joyi (pochta manzili)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi — maʼlum bir ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi siyosati va maqsadlarini belgilovchi, oʻzaro bogʻliq va bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi elementlar kompleksi hamda ushbu maqsadlarga erishish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi (keyingi oʻrinlarda mehnatni muhofaza qilish auditi deb ataladi) — mehnatni muhofaza qilish tizimini baholash ish beruvchining qaroriga binoan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari — mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari — audit maʼlumotlari, mehnatni muhofaza qilish siyosati va tartibi hamda chora-tadbirlari bilan solishtiriladigan tahliliy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazishda mustaqillik — tekshirilayotgan subyektga nisbatan moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa manfaatlarsiz mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari bilan taʼminlash tamoyili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish tizimida auditni oʻtkazish ish beruvchining qarori bilan mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda jamoa kelishuvlariga, shartnomalariga va boshqa lokal talablariga meʼyoriy hujjatlarning muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi faoliyat yuritishini sifati, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining darajasini kamaytirish va oldini olishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining ularning oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari Yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish” xizmat turi boʻyicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilgan va uning natijalari koʻra aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgan (yoki kamchiliklar aniqlanmagan) tashkilotlar, keyingi uch yil mobaynida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida tashkilotlarda oʻtkaziladigan rejali tekshirishlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish mustaqillik, xolislik, kasbiy mahorat va maxfiylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tekshirilayotgan tashkilot quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor tashkilotiga mehnatni muhofaza qilish auditining oʻz vaqtida va toʻlaqonli oʻtkazilishi uchun koʻmaklashish, zarur maʼlumot va hujjatlarni taqdim etish, auditor tashkilotining soʻrovlariga asosan ogʻzaki va yozma shaklda audit maqsadlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilayotganda tahlil va baholash uchun moʻljallangan masalalar koʻlamini qisqartirishga, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid maqsadlarga tegishli boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni yashirish (cheklash)ga qaratilgan oldindan koʻzlangan xatti-harakatlarni sodir etmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilayotgan tashkilot tomonidan zarur boʻlgan hujjat va maʼlumotlar taqdim etilmasa yoki audit tashkil etish uchun zarur boʻlgan sharoitlar taʼminlanmasa auditor tashkiloti audit oʻtkazishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Auditor tashkiloti quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan tashkilotga audit boshlanishidan oldin auditor tashkilotining qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish talablariga muvofiqligi boʻyicha rasmiylashtirilgan asosni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi hisobotida mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditlari hisobotlari va xulosalarining kamida besh yil muddatda saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining soʻroviga asosan reyting baholash maqsadlarida oʻtkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan tashkilot soʻroviga asosan tekshirilayotgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish holati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarning mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga asoslanganligi boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini rejalashtirish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehnatni muhofaza qilish auditi tashkilot qarori bilan auditor tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatni muhofaza qilish auditi beshta asosiy bosqichdan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilishini rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni amalga oshirish samaradorligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazishni rejalashtirish audit tashkiloti tomonidan mehnatni muhofaza qilishni audit qilishga qadar ishlab chiqiladigan audit rejasi quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit oʻtkazish sabablarini koʻrsatish (tashkiliy oʻzgarishlar, mehnat xavfsizligi va muhofazasi talablari buzilishi holatlarining aniqlanganligi, joriy tekshirish va nazorat, sodir boʻlgan avariya, kelishmovchiliklar va baxtsiz hodisalar, boshqa sabablar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi meʼyorlari va mehnatni muhofaza qilish sohasini tartibga soluvchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit oʻtkazish sohasi (faoliyat turlari va sohalari roʻyxati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit oʻtkazish sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit grafigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazayotgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi masʼul xodimi (keyingi oʻrinlarda auditor deb ataladi) yoki auditor guruhi (agar audit oʻtkazish boʻyicha guruh tashkil etilsa) majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi oʻz ichiga tashkilotda audit oʻtkazish jarayoniga oid boshqa maʼlumotlarni ham qamrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasiga audit oʻtkazish davomida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehnatni muhofaza qilish rejasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi rahbari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi tekshirilayotgan tashkilot rahbariga mehnatni muhofaza qilish auditi boshlanishidan oldin taqdim etiladi va u tomonlarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish tashkilotning mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarishning belgilangan talablarga muvofiqligi masalalarini kompleks tarzda koʻrib chiqish faqat tasdiqlangan audit rejasi doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish quyidagilarni oʻrganishni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditining maqsadlari, sohasi va meʼyorlariga oid maʼlumotlar, shu jumladan tarkibiy boʻlimlar faoliyati va ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonlari va hujjatlarining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi jarayonlar tartibi va rasmiylashtirilgan hujjatlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, shuningdek tashkilotda mavjud boʻlgan mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid hujjatlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan tashkilotning tashkiliy tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy va ish tartiblari, inson va moddiy resurslar, asbob-uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastkalar, operatsiya va ishlab chiqarish jarayonlari ishchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish jarayonlari (ularning belgilab qoʻyilgan xavfsizlik talablariga muvofiqligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik moslamalarning zarur boʻlgan sinov va texnik tekshiruvlarini oʻtkazishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻlchov vositalarining taʼmirlanishi va tekshirilishini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika xoʻjaligi obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik ekspertiza talablariga muvofiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlarni rasmiylashtirish, maʼlumotlarni roʻyxatga olish va saqlash tartiblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi tartib va boshqa hujjatlarning kelishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi rejasida hamda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish sohasida koʻzda tutilgan boshqa yoʻnalishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Audit natijasida olingan haqiqiy maʼlumotlar mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari bilan muvofiq kelishi yoki kelmasligini aniqlash hamda tegishli xulosalarni chiqarish maqsadida solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Audit mobaynida aniqlangan mehnatni muhofaza qilish mezonlariga muvofiqlik faktlari boʻyicha audit amalga oshirilgan joy, boʻlimlar yoki jarayonlar koʻrsatilgan holda umumlashtiriladi. Mehnatni muhofaza qilish meʼyorlariga muvofiqlik toʻgʻrisida tashkilotda oʻtkazilgan auditning barcha xulosalari va uning dalillari nazorat varaqlariga yozilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toifalarni aniqlashda: auditor (audit boʻyicha guruh aʼzolari) ularni alohida holatlar boʻyicha tizimli xatolar hamda talablarga rioya etmaslik holatlari boʻyicha tasniflaydi. Mehnatni muhofaza qilish auditining nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosalari va ularga asos boʻladigan dalillar yozma shaklda keltirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomuvofiqliklar muhim va muhim boʻlmagan turlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muhim nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning sogʻligi va xavfsizligi uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xavf-xatarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tashkiliy tuzilmasida oʻzgartirishlar keltirib chiqaradigan, katta moddiy xarajatlar talab qiladigan, mutaxassislarni uzoq muddatda (ikki oydan ortiq) tayyorlashni koʻzda tutadigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan darajada mehnatni muhofaza qilish talablaridan uzoqlashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muhim boʻlmagan nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning sogʻligʻi va xavfsizligi uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xavf-xatarlar hisoblanmagan, tashkilotning tashkiliy tuzilmasida oʻzgartirishlar va katta moddiy xarajatlar talab qilmaydigan hamda audit guruhining faoliyati mobaynida bartaraf etish mumkin boʻlgan, belgilangan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi talablaridan uzoqlashish boʻyicha nomuvofiqliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Muhim va muhim boʻlmagan nomuvofiqliklar, nomuvofiqlik protokollarida qayd etiladi va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablari bilan solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomuvofiqlik protokollari aniqlangan har bir nomuvofiqlik boʻyicha alohida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nomuvofiqlik protokollari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan tashkilot tarkibiy boʻlimining nomi yoki mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida belgilangan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomuvofiqlikni belgilash va uning toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtiruvchi harakatning mazmuni va uni oʻtkazish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtiruvchi harakat oʻtkazilganligi haqida belgi (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbarining va auditor guruhi rahbarining imzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nomuvofiqlik protokoli auditor (auditor guruhi rahbari) va tashkilot rahbari yoki tashkilot rahbarining vakili, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashiga masʼul bilan birgalikda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari boʻyicha hisobot tuzish bilan audit qilish davomida yigʻilgan xulosalar va maʼlumotlar, audit maqsadlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi boʻyicha hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audit sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotan tashkilotning nomlanishi va uning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor haqida maʼlumot (audit guruhi aʼzolari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimidagi tahlil qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlarning tahlili natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan audit natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot taqdim etiladigan tashkilotlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotdagi mavjud maʼlumotlarning maxfiyligini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hisobot auditor (audit guruhining rahbari) tomonidan imzolanadi va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi natijalari va ishlab chiqilgan hisobotlarni inobatga olgan holda dalolatnoma tuziladi hamda auditor tomonidan imzolanadi (audit guruhining rahbari tomonidan) va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari boʻyicha dalolatnoma mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining audit mezonlariga muvofiqlik toifalari baholanishini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari boʻyicha dalolatnoma aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, ishlab chiqarishdagi jarohatdan va kasbiy kasallanishdan ogohlantiruvchi taklif va tavsiyalarni oʻz ichiga olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarida quyidagi xulosalar boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida oʻtkaziladigan audit talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida oʻtkaziladigan audit talablariga muvofiq emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq hisoblanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomuvofiqlik mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlanganidan boshlab ikki oy davomida bartaraf etish mumkin boʻlgan, unchalik ahamiyatli boʻlmagan nomuvofiqlik boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar, hech boʻlmaganda bitta, ikki oy davomida bartaraf qilish mumkin boʻlmagan ahamiyatli nomuvofiqlik aniqlansa, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dalolatnomaga shuningdek, auditor (auditor guruhi rahbari) va tekshirilayotgan korxona oʻrtasida kelishuvga erishilmagan barcha savollar, tomonlarning yozma shakldagi fikrlarining bayonlari bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Dalolatnoma va nomuvofiqlik protokoli uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan soʻng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasi davlat inspeksiyalariga yuboriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tekshirilayotgan tashkilot, dalolatnoma va nomuvofiqlik protokolida koʻrsatilgan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan muvofiqlashtiruvchi harakatlar yakunlari boʻyicha tekshirilayotgan tashkilot, auditor tashkilotiga nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Auditor tashkiloti taqdim etilgan maʼlumotni joyiga borib oʻrganadi va oʻrganish yakunlari yuzasidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish natijalari boʻyicha xulosa tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomuvofiqliklarni bartaraf etish natijalari boʻyicha xulosa uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan soʻng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

1. Mazkur Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashning yagona tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatini muhofaza qilish sohasida malaka oshirish — mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilim va koʻnikmalarni, kasbiy mahoratni tizimli ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash — mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlash uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar va koʻnikmalarni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis — mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoxud qonunchilikda belgilangan holatlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalarini amalga oshiradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar rahbarlari qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kurslarda malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlarini taʼminlashlari shart,oʻqish vaqtida ularning oʻrtacha ish haqlari saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlariga har bir ish beruvchi qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi shuningdek jamoat kelishuvlari yoki boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda yetarli mablagʻlar ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar ushbu maqsadlar uchun xarajat qilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha malaka oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari va mutaxassislari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari rahbarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) bilan kelishilgan holda ish beruvchilar tomonidan aniqlangan mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga javobgar rahbarlar va mutaxassislar. Bunday lavozimlar boʻyicha shakllantirilgan roʻyxatga tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlari, shu jumladan, bosh muhandis, bosh energetik, bosh mexanik, sexlar boshliqlari, shuningdek zararli va xavfli ish sharoitlari mavjud ishlab chiqarishlar ustalari kiritilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmasi tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirishdan quyidagilar oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari va mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari rahbarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtgan shaxslarga malaka oshirish kurslaridan oʻtgandan keyin bir yilgacha mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnatni muhofaza qilish sohasida davomiyligi 36 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslari quyidagilar uchun oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilangan mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga javobgar rahbarlar va mutaxassislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmasi tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish beruvchining xohishiga koʻra mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish quyidagilar uchun oʻtkazilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vazifalar yuklangan masʼul xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishi zarurligi aniqlangan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda keltirilgan toifadagi shaxslar uchun malaka oshirish kurslarining davomiyligi 18 akademik soatdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmasi tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari har yili malaka oshirishdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari rahbarlari uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari mutaxassislari, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) bilan kelishilgan holda ish beruvchilar tomonidan aniqlangan mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga javobgar rahbarlari va mutaxassislari besh yilda kamida bir marta mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirishdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kasbiy bilimlari yetarli boʻlmagan xodimlar aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xodimlarning ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan muddatlar oʻtmasdan ham mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan majburiy oʻtishlari yuzasidan qaror qabul qilishga haqli.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlashning maqsadi bilim olish, tashkilotda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasi amaliyotida bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish va xavfsiz texnologik jarayonlarni tashkil etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish beruvchining buyrugʻi bilan mehnatni muhofaza qilish vazifasi yuklangan, texnik yoʻnalishdagi oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan rahbarlar (yoki ularning oʻrinbosarlari), shuningdek tashkilot xodimlari 288 akademik soatdan kam boʻlmagan hajmdagi oʻquv kurslarida mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bir haftalik oʻquv yuklamasi barcha turdagi, shu jumladan auditoriyada va auditoriyadan tashqari (mustaqil) oʻquv ishlari bilan birgalikda 54 akademik soatdan ortiq miqdorda belgilanadi. Auditoriya ishlari bir haftada 36 akademik soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish vazifasi yuklangandan keyin olti oy ichida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qayta tayyorgarlikdan oʻtilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” xizmat turi boʻyicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkiloti deb ataladi) hamda Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish Ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda Ilmiy markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
mazkur bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislik malaka sertifikatini oluvchi nomzodlar, davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmasi tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari Ilmiy markazda malaka oshirishdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ilmiy markaz tashkilotlar xodimlarining oʻqitish boʻyicha talabni hisobga olgan holda, hududlarda ham mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotlari mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini oʻquv jarayonlari olib borish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgan ish beruvchilarning hududida ham tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash ishdan ajralgan holda yoki qisman ajralgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari yakunida, olingan bilimlarni tekshirish boʻyicha uch kishidan kam boʻlmagan tarkibda imtihondan oʻtkazish komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari kiritilishi mumkin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurs yakuni boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlarga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda Davlat namunasida sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlashdan oʻtganlarga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda Davlat namunasida diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim tashkilotlari oʻquv kursi yakuni boʻyicha protokol rasmiylashtirilgandan keyin 10 kalendar kun ichida oʻquv kursdan oʻtganlar boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni Ilmiy markazga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy markaz mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtgan shaxslar boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni, taʼlim tashkilotlari boʻyicha har oyda, joriy oyning 10 — kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlariga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻquv dasturlari va oʻquv-tematik rejalar asosida oʻtkaziladi (keyingi oʻrinlarda Taʼlim dasturlari deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha Taʼlim dasturlari Ilmiy markaz tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim dasturlari, zaruratga koʻra, kamida uch yilda bir marta yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim dasturlari tinglovchilarning amaliy ehtiyojlarini va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Taʼlim dasturlari alohida-alohida, har xil sohalar boʻyicha, ularning ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib ham ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti dasturlari asosiy (majburiy) va qoʻshimcha (ixtiyoriy) oʻquv modullariga ajratilgan holda alohida oʻquv modullariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼlim dasturlari mazmuniga quyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlarni amalga oshiradigan mutaxassislarga qoʻyiladigan professional kasbiy malaka talablariga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim davlat standartlariga nisbatan izchil ketma-ketlikda boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy taʼlim texnologiyasi va oʻquv vositalariga moʻljallangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastur mazmuni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshiriladigan kasbiy faoliyatga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash taʼlim dasturlari nazorat tadbirlarini nazarda tutishi shart, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni test sinovidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hajmi 25 varaqdan (shrift -14, interval-1,5) kam boʻlmagan malaka ishi (referat) tayyorlash va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv yuklamalarni rejalashtirishda ularning mustaqil ishlashiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtgan tinglovchilar Taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish natijalariga koʻra quyidagi kasbiy bilimlarga ega boʻlishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalarini texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda ishlab chiqiladigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini tashkil etish hamda ularning faoliyat olib borishini taʼminlaydigan lokal normativ hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan ogohlantirish boʻyicha profilaktika ishlarini oʻtkazish shaxsiy himoya vositalarini toʻgʻri qoʻllanishi, normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish uslublari, ishlab chiqarish va kasb kasalligiga chalinish, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish hajmlari boʻyicha ehtiyojlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy va jamoaviy himoya vositalarining klasslari, turlari va asosiy xususiyatlarini, himoya vositalariga hamda ulardan foydalanishga va saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablar, ularning sozligi va ahvolini baholashning mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb kasalliklari turlari va kasbiy xavflarni boshqarish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishini tekshirish va hisobga olishda shuningdek, ishlab chiqarishda jarohatlanganlarning sugʻurtasini taʼminlash uchun zarur hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish sohasida vazifa va maqsadlarini shakllantirish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi faoliyatining xususiyatini inobatga olgan holda aholining sanitariya-gigiyena osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli va xavfli mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga belgilangan kompensatsiya turlari va miqdori, ularni berish shartlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun javobgarlik (intizomiy, maʼmuriy, fuqaroviy-huquqiy, jinoiy) va javobgarlikka tortish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonlarning asoslari, mashinalar, qurilmalar va uskunalarning vazifalari, ish beruvchining faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda xomashyo va materiallarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiyalar, uskunalar, mashinalar va moslamalarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qoʻyiladigan asosiy talablar, shuningdek ularni qabul qilish va foydalanishga topshirish, ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilish bilan bogʻliq hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va xavfli omillari, ularning manbalari va xususiyatlari, ularning klassifikatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini rejalashtirish, mehnatni muhofaza qilish faoliyati boʻyicha koʻrsatkichlarni ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining natijalarini va boshqarish tizimining samaradorligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini oʻtagan,taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan shaxslar quyidagi bilimlarga ega boʻlishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablariga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha samarali ish tizimini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish tizimining barcha jarayonlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni taʼminlash va mehnatni muhofaza qilish tizimiga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining mehnatni muhofaza qilish qismini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xodimlar oʻrtasida vakolatlar va majburiyatlarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga ishlab chiqarishda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uslub va usullarini oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar, xodimlarni xavfsiz mehnat usullariga oʻqitish dasturlarini, xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash va mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha instruktajlar oʻtkazish va xodimlarning mehnat muhofazasi boʻyicha bilimlarini tekshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy xavflarni baholash orqali korxonalarda tashkil etilgan mehnatni muhofaza qilish tizimi va haqiqiy sharoitlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchiga mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari masalalari boʻyicha hisobot (shu jumladan statistika) hujjatlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishni tekshirish boʻyicha komissiya ishini tashkil qilish, taqdim etilgan materiallar asosida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi holatini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalardan foydalanishda jarohatlanish jihatidan xavfliligi boʻyicha attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish, ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki, davriy va navbatdan tashqari tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, davolash-profilaktik xizmat koʻrsatish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish, xodimlarga sanitariya-maishiy xizmat koʻrsatish talablarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning xavfsiz ishlash darajasini yaxshilash,mehnat sharoitlarining yaxshilanishidan manfaatdorliklari darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni aniqlash, shuningdek xodimlarning mehnat qilish va dam olish rejimini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni mehnat sharoitlari va ish joylaridagi mehnat muhofazasi, sogʻligʻiga yetkaziladigan jarohatlar xavflari, taqdim etiladigan kompensatsiyalar va kafolatlar boʻyicha atroflicha maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari masalalari boʻyicha xodimlarning vakillik organlari bilan ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning oʻz vaqtida malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish uchun ish beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida SERTIFIKAT PK № 0000000 ________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yil “___” _________dan
20__ yil “__” _________gacha
________________________________________________________________ (malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)
________________________________________________________________(xodimlarni malakasini oshirish dasturining nomi)
dastur boʻyicha ______soat hajmida malaka oshirish kursidan oʻtdi:
________________________________________________________________ (Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish boʻyicha dasturning nomi)
Muhr oʻrni:
Imtihon komissiyasi raisi
__________
___________________
(imzo)
(F.I.O.)
Taʼlim muassasasi rahbari
__________
___________________
(imzo)
(F.I.O.)
Shahar (tuman) ____________
Sana_____________
Roʻyxatdan oʻtish raqami № _____
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri Mutaxassisni mehnatni muhofaza qilish sohasida tayyorlash haqida DIPLOM PS № 0000000 _______________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yil “___” _________dan
20__ yil “__” _________gacha
________________________________________________________________ (malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)
________________________________________________________________ (mutaxassisni qayta tayyorlash dasturining nomi)
boʻyicha ______ soat hajmida mehnatni muhofaza qilish mutaxassisligi kursidan oʻtdi: ____________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246- son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tashkilotlarda mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibini va uni oʻtkazish talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda davlat ekspertizasi deb ataladi) — ekspertiza obyektlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat mehnat inspeksiyalari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chogʻidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi — mehnat sharoitlarining, ish oʻrinlaridagi mehnat jarayoni ogʻirligi va tigʻizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnikaviy va boshqa vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan texnik va boshqa vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot — “ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazish” xizmat turi boʻyicha mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat bozorining professional ishtirokchisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ekspertizasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishi uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilishining toʻgʻriligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari (keyingi oʻrinlarda davlat eksperti deb ataladi) tomonidan, mazkur Nizom bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning umumiy soni 100 kishidan kam boʻlgan tashkilotlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat ekspertlari tomonidan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning umumiy soni 100 va undan koʻp kishi boʻlgan tashkilotlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilarni baholash davlat ekspertizasining obyekti hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining omillari, ish oʻrinlarining jarohatlanish jihatidan xavfliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish natijalari va xulosalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari xavfli va (yoki) zararli ishlar, ogʻir ishlar uchun xodimlarga berilayotgan kompensatsiyalar va kafolatlarning belgilangan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitlarining haqiqiy holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholashda — oʻtkazilgan mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalari yuzasidan attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatning zararli va (yoki) xavfli sharoitlarida ishlashda hamda ish oʻrnidagi haqiqiy mehnat sharoitlarida xodimlarga kompensatsiya va kafolatlar toʻgʻri berilayotganligini baholashda — ish beruvchilar, ish beruvchilarning birlashmalari, kasaba uyushmalarining (xodimlarning boshqa vakillik organlarining) murojaatlari asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari va uning hududiy boʻlinmalariga davlat nazorati va tekshiruvi organlarining, shuningdek sudlar murojaat qilgan holatlarida davlat ekspertizasi oʻtkazilishi mumkin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat ekspertizasi oʻtkazilishida davlat ekspertizasi organlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik talablariga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizaga taqdim qilingan hujjatlar va materiallarning atroflicha, xolisona va kompleks tahlilini amalga oshirish, ularni mehnatni muhofaza qilishning belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasini amalga oshirishning mazkur Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya etish, materiallarning kelib tushish navbatini hisobga olgan holda davlat ekspertizasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasi obyektlarining belgilangan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida davlat ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasi xulosalarida va boshqa hujjatlarda bayon etilgan xulosalarning xolisonaligini va asoslanganligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasiga qabul qilingan hujjatlarning va boshqa materiallarning saqlanishini va ulardagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi boʻyicha manfaatdor shaxslarning soʻrovi boʻyicha bepul tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari sohasi boʻyicha belgilangan muddatlarda davlat ekspertlarining malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazishda davlat eksperti quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat va tekshirish vazifalarini bajarish uchun, shuningdek davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur axborotlarni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf qilish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablar va shartlarni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq boʻlmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarni jalb qilgan holda, zarur boʻlgan holatlarda tegishli kuzatishlar, oʻlchashlar va hisoblashlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat eksperti, agar ekspertiza natijalarida uning uchun mulkiy yoki boshqa shaxsiy manfaat mavjud boʻlsa, jumladan, agar davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlashda uning yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), aka-uka, opa-singil, bolalar) ishtirok etgan boʻlsa, davlat ekspertizasida ishtirok etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat etuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi organlaridan tushuntirish olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasi oʻtkazilishida mazkur Nizom talablarining buzilishini bartaraf etish talabi bilan davlat ekspertiga (davlat ekspertizasi organiga) murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasi bilan bogʻliq savollar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma shaklda tushuntirish, eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehnat sharoitlari boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiyaning sifatini baholash yuzasidan bir ish oʻrnini davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun toʻlov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan, xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishi uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilishining toʻgʻriligini, shuningdek xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sudlarning murojaatlari boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarni attestatsiyadan oʻtkazilishi sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotlarning murojaatlari boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot ariza va tashkilotlar boʻyicha mehnat sharoitlari attestatsiyasi materiallarini, xodimlarning umumiy soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 kishidan kam boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli hududiy organlariga;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 kishi va undan koʻp boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markaziga (keyingi oʻrinlarda Ilmiy markaz deb ataladi) yuboradi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta manzili va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari attestatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar (tashkilotning toʻliq nomi, pochta manzili, STIR, IFUT kodi, MHOBT kodi, tashkilot xodimlarining umumiy soni, mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlarining soni) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan arizaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq tuzilgan qogʻoz va elektron formatdagi attestatsiya hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari oʻtkazilgan ekspertizalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi uchun toʻlov kvitansiyasining nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi uchun toʻlov, mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq, Bandlikka koʻmaklashish fondiga yoki Ilmiy markazga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat ekspertizasini oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan roʻyxatda koʻrsatilgan ish oʻrinlari (kasblar, lavozimlar) nomlanishining xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatoriga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlariga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlariga takrorlanmaydigan tartib raqamlarining toʻgʻri berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instrumental oʻlchovlarni oʻtkazish uslublarining toʻgʻri tanlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash ish oʻrinlarining toʻgʻri tasniflanganligi (bunday ish oʻrinlari boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarini maxsus baholash jarayonida foydalanilgan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonidagi zararli va (yoki) xavfli omillarni oʻlchash vositalarining belgilangan talablarga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish davomida foydalanilgan oʻlchash vositalarining Davlat reyestri roʻyxatida mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish davomida oʻlchash vositalarining qiyoslovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish uslublari va xulosalarining qonunchilikda belgilangan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalarga (MRK) va maksimal ruxsat etilgan (MRD) darajalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi natijalari boʻyicha belgilangan mehnat sharoitlari klasslari (darajalari)ning toʻgʻri belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining jarohatlash xavfliligini baholash natijalariga asosan ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitlarining jarohatlash xavfliligi boʻyicha klasslarning (darajalarning) toʻgʻri belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan toʻgʻri taʼminlanganligi, yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanganlik darajasining belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalariga koʻra belgilangan zararli va (yoki) xavfli sharoitlarda ishlash uchun imtiyoz va kompensatsiyalar, imtiyozli pensiya taʼminotini olish huquqining, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtkazish zaruratining toʻgʻriligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan oʻtkazilgan attestatsiya natijalarining yigʻma qaydnomalardagi mehnat sharoitlari xaritalaridagi maʼlumotlarga mosligi va ularning toʻgʻri toʻldirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tavsiya etilgan tadbirlar rejasining toʻgʻri toʻldirilganligi va maʼlumotlarning mehnat sharoitlari xaritalaridagi maʼlumotlar bilan muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ilmiy markaz 15 kalendar kunidan koʻp boʻlmagan muddatda xodimlarining umumiy soni 100 kishi va undan koʻp boʻlgan tashkilotlar boʻyicha mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiya oʻtkazish sifatini oʻrganadi va dastlabki bahoni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy markaz mehnat sharoitlari boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiyaning dastlabki baholash natijalariga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hisobot shakli boʻyicha dalolatnoma tuzadi va Mehnat vazirligining davlat ekspertizasi organiga tegishli hujjatlar bilan qoʻshib joʻnatadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy markaz “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida belgilangan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni koʻrsatishga haqli emas, mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari boʻyicha davlat eksperti tomonidan, Ilmiy markaz tuzgan dastlabki baholash dalolatnomasi va taqdim etilgan hujjatlar hisobga olinib, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan oʻtkazilgan attestatsiyalash sifati boʻyicha 10 kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatda Davlat ekspertizasi oʻtkaziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifatini Davlat ekspertizasidan oʻtkazish va xulosa berish (yoki qayta ishlashga qaytarish) muddati ariza roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 25 kalendar kundan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar belgilangan muddatlarda davlat ekspertizasini oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, muddat Davlat ekspertizasi organi rahbari tomonidan, arizachini yozma ravishda ogohlantirgan holda, koʻpi bilan besh ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifati boʻyicha Davlat ekspertizasini oʻtkazishda davlat ekspertlari va Ilmiy markaz mutaxassislari tanlov asosida, joyiga (attestatsiya oʻtkazilayotgan tashkilotga) borgan holda attestatsiya oʻtkazayotgan tashkilot taqdim qilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini va oʻlchov usullarining toʻgʻriligini tekshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya oʻtkazayotgan tashkilot tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini va oʻlchov usullarining toʻgʻriligi tekshirish jarayonida ish beruvchilarga nisbatan choralar koʻrilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq xulosa beriladi yoki ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallari aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish uchun, rad etish sabablari asoslanib, normativ-huquqiy hujjatlarning aniq normalari va muddatlari (10 ish kunidan kam boʻlmagan) koʻrsatilib qaytadan ishlash uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlar oʻtib ketgandan keyin topshirilgan arizalar yangidan topshirilgan deb hisoblanadi va ular umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan muddatlarda ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifatining davlat ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berilmagan yoki ish oʻrinlari yuzasidan attestatsiya materiallari kamchiliklarni bartaraf etishga qaytarilmagan yoki koʻrib chiqish muddatlari uzaytirilganligi haqida yozma xabarnoma yoʻllanmagan boʻlsa attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot davlat ekspertizasi organlari tomonidan ijobiy xulosa olgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlarda davlat ekspertizasi organi attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga ijobiy xulosani uch ish kuni davomida taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Attestatsiya oʻtkazuvchi qaytarilgan ish oʻrinlarining attestatsiya hujjatlarini qaytarish sabablarini bartaraf etgandan soʻng qayta topshirish huquqiga ega. Bunda ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish materiallarini ilgari koʻrsatilmagan yangi sabablarni koʻrsatib takroran qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasini qayta oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasini qayta oʻtkazish 10 kalendar kunda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa hujjatlar arizachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish materiallarini maqsadga muvofiq emas degan asos bilan Davlat ekspertizasidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligi va haqiqiy mehnat sharoitlarini baholashda davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligini baholashda davlat eksperti hisobot va taqdim qilingan boshqa hujjatlarni, ularning mehnat qonunchiligi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, mahalliy normativ hujjatlar, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlari va jamoa shartnomalariga (mavjud boʻlsa) muvofiqligini hamda zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band ishchi (xodimlarga) quyidagi imtiyoz va kafolatlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davomiyligi qisqartirilgan ish haftasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtilni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga oshirilgan miqdorda haq toʻlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat qonunchiligi, tarmoq (tarmoqlararo) kelishuvlar, jamoa shartnomalarida va ish beruvchining mahalliy normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyoz va kafolatlarning berilishi hajmi va tartibini tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlari davlat ekspertizasini amalga oshirish uchun arizachi tomonidan davlat ekspertizasini oʻtkazish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarini oʻlchash va oʻrganish (sinash) natijalarini qamrab oluvchi ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish hisoboti yoki boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa shartnomasi (mavjud boʻlsa), mehnat shartnomasi (mehnat shartnomalari), xodimning (xodimlarning) mehnat sharoitlarini mehnat sharoitlarini, jumladan mehnat va dam olish rejimlarini belgilovchi mahalliy normativ hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasini oʻtkazishda davlat eksperti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, uskunalar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishda foydalaniladigan asboblar, xomashyo va materiallar, shuningdek xodimlarning ish oʻrinlaridagi yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalarining texnikaviy holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga sanitariya-maishiy va davolash-profilaktika xizmatlarini koʻrsatish holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan mehnat va dam olish rejimlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli omillari mavjudligini aniqlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, mahalliy normativ hujjatlarni mehnat qonunchiligi talablariga, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlar va jamoa shartnomalariga (mavjud boʻlsa) muvofiqligini ketma-ket tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ish beruvchi bilan kelishilgan holda davlat eksperti kerakli maʼlumotlarni olish uchun tekshirilayotgan ish oʻrnini (ish oʻrinlarni) joyiga borib koʻrish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Haqiqiy mehnat sharoitlarini va zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlagani uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligini davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra ushbu Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Haqiqiy mehnat sharoitlarini hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlagani uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligini davlat ekspertizasidan oʻtkazish muddati 20 ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sud organlarining murojaatlari boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sud organlarining murojaatlari boʻyicha davlat ekspertizasi ushbu organlarning soʻrovlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovlarga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish hisoboti yoki ish oʻrinlarida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli omillarini oʻlchash natijalarini qamrab oluvchi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa shartnomasi (mavjud boʻlsa), mehnat shartnomasi, xodimlarning mehnat sharoitlarini, jumladan ishlash va dam olish rejimlarini belgilaydigan mahalliy meʼyoriy hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat eksperti mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilayotgan ish oʻrinlari boʻyicha zarur hujjat va materiallarni ish beruvchidan soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi davlat ekspertizasi organidan soʻrovnoma kelgan sanadan boshlab oʻn ish kunidan kechikmagan muddatda soʻralgan hujjatlar va materiallarni yuboradi yoki aniq sabablar koʻrsatilgan holda ularni berish imkoni yoʻqligi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilayotganda davlat eksperti taqdim etilgan hujjatlarni, ularning mehnat qonunchiligiga, texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga, mahalliy normativ hujjatlarga, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlar va jamoaviy shartnomalarga (mavjud boʻlsa) muvofiqligini ketma-ket tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qonunchilikda belgilangan holatlarda davlat ekspertizasi oʻtkazilganda davlat eksperti oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyalangan laboratoriyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini tekshiradi va oʻlchaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha ushbu Nizomning 2, 3-ilovalarida keltirilgan shakllar boʻyicha tegishli xulosalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat ekspertizasi xulosalarini rasmiylashtirish, davlat ekspertizasi blankalari hisobini va davlat ekspertizasi xulosalari reyestrini yuritish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat ekspertizasi xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmasi boʻyicha, Ilmiy markazning mablagʻi hisobidan markazlashgan tartibda chiqariladigan, tegishli himoya darajasiga ega boʻlgan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Blankalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmasi boʻyicha matbaa usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Rasmiylashtirilgan davlat ekspertizasi xulosalari blankalari Davlat ekspertizasi xulosalari blankalarini sarflash kitobida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarflash kitobi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertizasi organi rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yaroqsiz holga kelgan davlat ekspertizasi xulosalari blankalari tuzilgan protokol bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga qaytarilishi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan Davlat ekspertizasi xulosalari reyestri yuritiladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi DAVLAT EKSPERTIZASI XULOSASI XX № 00000000
20___ yil “___” ______________
_________________
Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish materiallari asosida quyidagilar aniqlandi:
1. Ish oʻrinlari mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar:
Tashkilotning nomi
Yuqori turuvchi tashkilot
Yuridik manzil
STIR
IFUT
MXBT
Attestatsiyadan oʻtkazilgan ish oʻrinlari soni
2. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Tashkilot nomi
Yuridik manzili
Sinov laboratoriyasining akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi attestatining raqami va sanasi
STIR
IFUT
MXBT
3. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish davomida mazkur ish turi boʻyicha amaldagi normalar va normativlardan chetga chiqilmagan. 4. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlar Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi)
________ (imzo)
_______________ (F.I.O.)
M.Oʻ.
Mehnat sharoitlari boʻyicha Davlat eksperti
________ (imzo)
_______________ (F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi direktori (xodimlarning umumiy soni 100 kishi va undan koʻp boʻlgan tashkilotlar boʻyicha)
________ (imzo)
_______________ (F.I.O.)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ________-son XULOSA (oʻtkazilgan ekspertizaning turi koʻrsatiladi) 20___ yil “___”______________________
_______________________________________________________________da (ish joyining nomi yoki ish turi, kasb, lavozim nomi, shuningdek sex, uchastka, ishlab chiqarish va tashkilotning aniq nomi koʻrsatiladi)
_______dan __________gacha oʻtkazilgan mehnat sharoitlari ekspertizasi va taqdim etilgan hujjatlar (roʻyxati ilova qilinmoqda) asosida quyidagilar aniqlandi: 1.________________________________________________________________ _________________________________________________________________
(taqdim etilgan imtiyozlar va kompensatsiyalar hamda ularning mehnat sharoitlariga muvofiqligi, ushbu ish joyida yoki mazkur kasb, ishlar turi, lavozimi boʻyicha xodimga belgilangan barcha imtiyozlar va kompensatsiyalarning turi va ularni berish asosi bilan birgalikda)
(ekspertizaning mazkur turi boʻyicha aniqlangan amaldagi norma va normativlardan ogʻishlar yoki amaldagi qonunchilikning buzilishi holatlari, buzilgan qonunchilik va normativ hujjatlar koʻrsatilgan holda).
3. Xulosa va qarorlar: _______________________________________________
(oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli hujjatlar asosida mehnat sharoitlari boʻyicha xulosalar va davlat eksperti tomonidan qabul qilingan qarorlar bayon etiladi)
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi)
________ (imzo)
_______________ (F.I.O.)
M.Oʻ.
Mehnat sharoitlari boʻyicha Davlat eksperti
________ (imzo)
_______________ (F.I.O.)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)