01.06.2016 yildagi 457-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 169-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 211-moddasiga muvofiq koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan belgilab berilgan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalarini amalga oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni davom ettirish 2016-yilning birinchi choragida asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijobiy oʻsish surʼatlari saqlanib qolishini hamda iіtisodiyot yanada mutanosib rivojlanishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 7,5 foizni tashkil etdi, xususan sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmlari 7,0 foiz, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarish 6,7 foiz, chakana tovar aylanishi 12,8 foiz oʻsdi hamda bu Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq ijro etilishini taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil boshidan buyon ilgari oʻz mahsulotini eksport qilmagan 583 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, shuningdek 95 turdagi yangi mahsulotni eksport qilish amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi choragida 8,4 mingta yoki 2015-yilning shu davridagidan 5,5 foiz koʻp yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Yil boshidan buyon kichik biznes subyektlariga 3,6 trln soʻmlik bank kreditlari berilib, oʻsish 2015-yilning birinchi choragidagiga nisbatan 1,3 baravarni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish oʻrni yaratilib, bundan 57,7 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturining oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlashga, onalar va bolalarni tibbiy parvarishlash darajasi hamda sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi choragida barcha manbalar hisobidan salkam 1,3 trln soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni ham taʼkidlash zarurki, hisobot davrida foyda olish hajmlari neft-gaz, avtomobil, havo yoʻllari va kimyo sanoatining ayrim korxonalarida pasayganligi kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning oʻtgan davrida 38 ta korxona 141,8 mlrd soʻm miqdorida zarar koʻrilishiga yoʻl qoʻydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hisobot siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhida, parlament quyi palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama etilganligini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2016-yilning birinchi choragida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlari 8643,9 mlrd soʻmni, xarajatlari esa 8614,7 mlrd soʻmni tashkil etdi. Davlat budjeti 29,2 mlrd soʻm miqdorida yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy dasturning 2016-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida belgilab berilgan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklarini amalga oshirish uchun mavjud zaxiralar va imkoniyatlarni jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi masalalarini koʻrib chiqish chogʻida budjet mablagʻlarining maqsadli hamda samarali foydalanilishiga doir aniq takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻzlarining nazorat-tahlil faoliyatida, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijro etilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish chogʻida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishga doir tavsiyalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 6-son, 154-modda)