Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “FERMER XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”, “DEHQON XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI AMALGA OShIRISh MUDDATLARI VA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 15 IYuLDAGI 300-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasiga va “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
21-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman hokimligida” soʻzlaridan keyin “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari qoʻshilsin;
22-banddagi “tuman bosh (katta) yer tuzuvchisi”, “tuman bosh (katta) yer tuzuvchisida” soʻzlari tegishli ravishda “yer resurslari boʻyicha tuman xizmati vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22 va 23-bandlardagi “tuman bosh (katta) yer tuzuvchisida” soʻzlari “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berishning namunaviy shartnomasi 19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Mazkur Shartnoma toʻrt nusxada tuzilgan boʻlib, ulardan biri tuman hokimligida, ikkinchisi yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida, uchinchisi — fermer xoʻjaligida, toʻrtinchisi — yerlarida fermer xoʻjaligi tuzilgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da saqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-iyun,
235-son