15.04.2017 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston banklar uyushmasi, shuningdek uning muassislari tomonidan, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan O‘zbekiston banklar uyushmasi ustav fondiga ulush sifatida kiritilgan, Toshkent shahri, Movarounnahr ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan binoni va inshootlarni (keyingi o‘rinlarda bino deb ataladi) yondosh hududi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga bepul berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston banklar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining binoni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga operativ boshqarish huquqi bilan davlat mulki sifatida bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston banklar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan binoning belgilangan tartibda berilishini-qabul qilinishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahri hokimligi ilgari O‘zbekiston banklar uyushmasiga birkitilgan binoga yondosh hududdagi maydoni 0,75 gektar bo‘lgan yer uchastkasidan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga doimiy foydalanish huquqini belgilangan tartibda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ushbu qarorning 5-bandida ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 2-maydagi PF–1460-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan hamda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 17-maydagi 180-son, “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 16-sentabrdagi 255-son qarorlari va ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiya bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademiya o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston banklar uyushmasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisob raqamlariga, milliy va xorijiy valyutalardagi bank hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, muhrlarga, shtamp va boshqa atributlarga, shuningdek o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning to‘liq rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida — “O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida — “Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — “Bankovsko-finansovaya akademiya Respubliki Uzbekistan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning pochta manzili (joylashgan joyi): Toshkent shahri, Movarounnahr ko‘chasi, 16-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademiya faoliyatning quyidagi yo‘nalishlarini amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“magistr” darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom topshirgan holda magistraturaning ikki yillik o‘quv rejalari bo‘yicha oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan namunadagi diplom bergan holda to‘rt oygacha davrga mo‘ljallangan va kadrlarning buyurtmachilari bilan kelishilgan ta’lim dasturlariga muvofiq bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini, shu jumladan yuqori lavozimlarga ko‘tarish uchun zaxiradagi xodimlarni qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan namunadagi sertifikat bergan holda bir oygacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan va kadrlarning buyurtmachilari bilan kelishilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha, oliy ta’limdan keyingi ikki darajali tizimga muvofiq ilmiy darajali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavdagi vazifalarni bajarish doirasida o‘quv, metodik, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqotning barcha turlari, shuningdek axborot-tahliliy faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro va xorijiy moliya institutlari, xalqaro va xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va dasturlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahririyat-noshirlik faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademiya magistraturasiga tinglovchilarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, davlat granti va pulli-kontrakt asosida bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining kamida ikki yil mehnat stajiga ega bo‘lgan boshqaruv kadrlari va mutaxassislari jumlasidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya ta’minoti uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga hamda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akademiyaning asosiy maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank, moliya, soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek ko‘rsatilgan sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish Akademiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy menejment, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni strategik rejalashtirish va prognozlashtirish metodlarini egallagan, bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohasida xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlarida boshqaruv qarorlari qabul qilish nazariyasi va amaliyotiga asoslangan tegishli bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarda davlatning iqtisodiy siyosati va uning amalga oshirilishini ta’minlash, xalqaro moliya bozorlari institutlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, davlat va korporativ moliyalarni boshqarish, xalqaro va milliy bank, soliq, investitsiya, sug‘urta va pensiya ishi va monetar fiskal va valyuta siyosati, strategik menejment va marketing, korporativ boshqaruv sohalarida tinglovchilarda mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek ularning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha boshqaruv ko‘nikmalarini egallashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-o‘qituvchi kadrlar, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning tahliliy va kreativ salohiyatini mustahkamlash, muhim ilmiy va ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ularning ilmiy-amaliy faoliyatni yuritishga bo‘lgan ehtiyojlari va manfaatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish, davlat hamda xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot dasturlariga muvofiq ilmiy ishlarni izchil rivojlantirish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarning bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohalarida dolzarb fundanmental, amaliy va innovatsion loyihalarga yo‘naltirilganligini ta’minlash, ular natijalarining iqtisodiyot fani va amaliyotiga chuqur integratsiya qilinishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohalarida islohotlarning natijalarini, O‘zbekiston bank-moliya tizimining xalqaro moliya bozorida egallayotgan mustahkam o‘rni va nufuzi to‘g‘risida qiziqqan auditoriyani xabardor qilish, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda, aholining keng qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini o‘tkazishda faol ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Akademiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xalqaro ta’lim standartlari va talablarini, shuningdek ularni o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini, amaliyotda muvaffaqiyatli sinab ko‘rilgan pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalanishni hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim va tadqiqot shakllari va usullarini qo‘llash vositasida o‘quv, o‘quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim va tadqiqotlar ixtisosligi bo‘yicha o‘quv jarayonini zarur o‘quv, ilmiy va qo‘shimcha adabiyotlar, mahalliy va xorijiy davriy nashrlar, o‘qitishning zamonaviy vositalari, kompyuter va o‘quv-prezentatsiya texnikasi bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv va ilmiy-metodik ishlar, maslahatlashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali olimlar va mutaxassislarni kontrakt asosida jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv rejalariga va ilmiy tadqiqotlarning dasturlariga muvofiq bank, moliya va soliq tizimi tashkilotlarida, iqtisodiyot real sektori tarmoqlari tuzilmasida, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Akademiya rektori tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq xorijiy mamlakatlarda amaliyot va stajirovkadan o‘tishi uchun ilmiy xodimlar va tinglovchilarni tashkil qiladi va yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari negizida, bank, moliya va soliq tizimlari tashkilotlarida, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tuzilmasida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda professor-o‘qituvchilar tarkibini, ilmiy kadrlar, boshqa xodimlarni qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real amaliyot, bajarilgan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining asosiy mazmuni va xulosalarini amaliyotda qo‘llash bilan o‘zaro bog‘liq holda nazariy va ilmiy-metodik tayyorlashni integratsiyalashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy shakllarni, metodlarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda tinglovchilarning mustaqil ta’lim olishini tashkil etadi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari yoki o‘rganilayotgan predmet mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv, ilmiy-tadqiqot va axborot resurslarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishini hisobga olgan holda manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi, ta’limni rivojlantirish, kadrlar tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tinglovchilarning amaliyot va stajirovkani o‘tashini tashkil etish, shuningdek magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha ularning takliflari va tavsiyalarini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohasida boshqaruvning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy va ilmiy-innovatsiya tadqiqotlarini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank, moliya, soliq tizimlarida va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiyalar sohasida innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganadi hamda takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali metodlarini ishlab chiqadi, tinglovchilarda huquqiy, siyosiy madaniyat va o‘z huquqlarini bilishni rivojlantiradi, vatanparvarlik, ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy sifatlarni, yuklangan vazifalar va majburiyatlarni bajarish yuzasidan mas’uliyat hissini, mamlakat taqdiri, uning mustaqilligini mustahkamlash uchun daxldorlik va mas’uliyatni shakllantiradi va rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bitiruvchilari mehnat faoliyati va kasbiy o‘sishining doimiy monitoringini amalga oshiradi, bank, moliya, soliq tizimlari va investitsiyalar sohasi boshqaruv kadrlarini tayyorlash, tanlash, tarbiyalash va ishga joylashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Akademiyani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Akademiya faoliyatini boshqarish qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiya faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun rektor (Kengash raisi) boshqaradigan Akademiya kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etiladi. Kengash tarkibi rektor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash o‘z faoliyatini Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibiga prorektorlar, dekanlar, ilmiy kotib, kafedralar mudirlari, alohida tarkibiy bo‘linmalar tarkiblari, yetakchi professor-o‘qituvchi kadrlar va ilmiy xodimlar, mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, shuningdek yetakchi moliya va bank tashkilotlarining vakillari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va tahririyat-noshirlik ishlarining muhim masalalarini, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek Akademiya bo‘linmalari faoliyati muhim masalalarini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyani boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, uning faoliyatini rivojlantirishning kompleks dasturlarini qabul qilish, yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning yangi mutaxassisliklarini ochish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning fakultetlari, kafedralari, o‘quv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va boshqa bo‘linmalarini tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faxriy doktori” darajasi berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Rektor, prorektorlar va dekanlar Akademiyaning rahbarlar tarkibi lavozimlariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni Akademiya rektori amalga oshiradi. Akademiya rektori bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini O‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor vaqtincha bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akademiya rektori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Akademiya nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning tuzilmasi va nizomini, tarkibiy bo‘linmalarning, shuningdek Akademiyaning ustavidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun tashkil etiladigan boshqa organlarning nizomlari va ish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultetlar dekanlarini, o‘quv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy bo‘linmalar va Akademiyaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning mol-mulki va mablag‘larini boshqarish va tasarruf etish bo‘yicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, to‘lov, hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning barcha xodimlari va tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va to‘xtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq Akademiya xodimlarini moddiy rag‘batlantiradi, shu jumladan har oylik ustamalar va mukofotlarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning shtat jadvallarini va ta’minoti xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning professor-o‘qituvchi kadrlarining o‘quv yuklamasini, shuningdek o‘quv va ilmiy faoliyatining normativ-metodik hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun to‘lov miqdorlarini, shuningdek Akademiya tomonidan ko‘rsatiladigan ishlar va xizmatlarga narxlar hamda tariflarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining ayrim vakolatlarini Akademiya prorektorlari o‘rtasida taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya rektori qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademiya rektori xodimlarning cheklangan belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi miqdori doirasida Akademiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akademiyada Homiylik kengashi tashkil etiladi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Homiylik kengashi to‘g‘risidagi Nizomni Homiylik kengashining o‘zi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ta’lim jarayonini va Akademiyaning ilmiy-metodik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Akademiyada ta’lim jarayoni mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor vazifalarini, ilg‘or xalqaro ta’lim standartlari va talablarini hisobga olgan holda zamonaviy pedagogika texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish negizida, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga hamda malaka talablariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari Akademiya tomonidan, respublika iqtisodiyotining bank-moliya sektori uchun boshqaruv kadrlari tayyorlashning maqsadli xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq va buyurtmachilarning ehtiyojlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan magistratura o‘quv rejalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim jarayoni davlat ta’lim talablariga va qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Akademiya davlat ta’lim standartlariga, shuningdek buyurtmachilar talablariga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlar talablaridan kelib chiqib magistraturaning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha boshqaruv kadrlarini mustaqil tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura mutaxassisliklari, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari bo‘yicha o‘quv rejalari fanlarining o‘quv dasturlari Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Magistraturada boshqaruv kadrlarini tayyorlash, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akademiyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish davlat yakuniy attestatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq bitiruvchilar tomonidan magistrlik dissertatsiyalari himoya qilinishi bilan tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Akademiya magistraturasi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini davlat tomonidan akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlar davlat ilmiy dasturlari doirasida tanlov asosida ajratiladigan grantlar, Akademiyaning ilmiy grantlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari va ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan olingan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akademiyada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash qonun hujjatlarida belgilangan oliy ta’limdan keyingi ikki darajali tizimga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Akademiyaning tinglovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Akademiya magistraturasiga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/599/1601-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tinglovchilar o‘quv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishga, Akademiyaning Ustaviga va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘qish davrida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya muassasalariga stajirovkaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga ularning o‘qish davrida ularning lavozimi va asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qish joyiga kelishgacha va undan ketishgacha yo‘lkira (bir yilda ko‘pi bilan bir marta) to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Magistratura tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq akademik ta’til olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Akademiyaning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun tinglovchilarga hayfsan va Akademiyadan chetlatish shaklida belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Akademiyaning professor-o‘qituvchi kadrlari va boshqa xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Akademiyada professor-o‘qituvchilar tarkibi, boshqaruv, ilmiy, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Professor-o‘qituvchi kadrlarni Akademiyaga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, vazirliklar, idoralar va respublika boshqa tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari o‘rindoshlik bo‘yicha yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi to‘lash shartlarida o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlarning olimlari va mutaxassislari Akademiyaga o‘quv va ilmiy-metodik ishlarni olib borish uchun shartnoma asosida, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga haq to‘lagan holda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Professor-o‘qituvchi kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning ilmiy, o‘quv, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalari muhokamasida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning o‘quv zallari, auditoriyalari, kabinetlari, shuningdek axborot va resurs markazlari xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning o‘ziga xos individual xususiyatlariga javob beradigan va o‘quv jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan o‘qitish metodlari va vositalarini tanlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Professor-o‘qituvchi kadrlar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayonining yuqori samarali bo‘lishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni, ilmiy izlanishga intilishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarda yuksak ma’naviyat va madaniyatni, Vatanga muhabbatni, vatanparvarlik va fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumladan ta’lim mazmunining yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Boshqaruv, ilmiy, o‘quv-yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning huquq va majburiyatlari Akademiyaning ichki tartib-qoidalarida va lavozim yo‘riqnomalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Akademiyaning xalqaro faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Akademiya bank, moliya va soliq tizimlari tashkilotlarida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim va ilmiy muassasalarida professor-o‘qituvchi kadrlar, ilmiy va boshqa xodimlar hamda tinglovchilarning stajirovkasini belgilangan tartibda tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Akademiya professor-o‘qituvchilar, kadrlar, ilmiy va boshqa xodimlar hamda tinglovchilarning o‘quv-metodik va ularning xalqaro grantlarda, loyihalarda va ayirboshlash dasturlarida, xalqaro ilmiy-metodik konferensiyalarda ishtirok etishini moddiy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Professor-o‘qituvchi kadrlar, xodimlar va tinglovchilarning xorijiy stajirovkasi, ularning turli xalqaro ta’lim va tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi xalqaro shartnomalar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari, Akademiyaning xorijiy sheriklar bilan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Akademiyaning moliya-xo‘jalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning joriy ta’minotiga, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura tinglovchilarini pulli-kontrakt asosida tayyorlashdan, boshqaruv kadrlari va mutaxassislar malakasini shartnomalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar asosida bajarilgan o‘quv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini, axborot-tahliliy va tahririyat-noshirlik ishlarini, ta’lim xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini bajarishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy tashkilotlarning, loyihalar va dasturlarning xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Akademiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank, moliya, soliq tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi dolzarb masalalar bo‘yicha davriy ilmiy jurnal (shu jumladan elektron formatda) chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaga ajratilgan mablag‘lar yoki o‘zining fondlari hisobiga zarur asbob-uskunalar va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish, ijaraga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaga tegishli bo‘lgan mol-mulkka, xo‘jalik yoki boshqa faoliyat natijasida olingan intellektual mulk obyektlariga, daromadlarga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda sotib olingan mol-mulkka belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya tomonidan ko‘rsatiladigan ishlarga, xizmatlarga tariflar, narxlar va baholarni qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Magistratura tinglovchilarini pulli-kontrakt asosida o‘qitishning qiymati, miqdori va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Rahbar va professor-o‘qituvchi kadrlarning lavozim maoshlari oliy ta’lim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa xodimlarga lavozim maoshlari davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash razryadlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Akademiyada, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi bilan bir qatorda, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ular mehnatiga haq to‘lash fondining 50 foizigacha miqdorida moddiy rag‘batlantirish uchun maxsus jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari shtatdagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga o‘quv, o‘quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy xo‘jalik faoliyati darajasini oshirishda, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashda erishgan yuqori muvaffaqiyatlari uchun tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilashga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Akademiya xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari budjet muassasalari va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini hisoblashda Akademiyaning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Akademiya o‘z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda amalga oshiradi, moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Akademiyani qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 17-maydagi 180-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning 1-bandi va 1, 1a, 1b va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Magistr” darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom berilgan holda magistraturaning ikki yillik o‘quv rejalari bo‘yicha oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlashni maqsadli amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Akademiyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash belgilangan namunadagi guvohnoma berilgan holda to‘rt oygacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish belgilangan namunadagi sertifikat berilgan holda bir oygacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan o‘quv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning rahbarlik qiluvchi va professor-o‘qituvchilar tarkibiga — oliy ta’lim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademiyaning qolgan xodimlariga — davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash razryadlariga muvofiq lavozim maoshlari belgilansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademiyada budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizigacha miqdorda Boshqaruv xodimlarini, professor-o‘qituvchilarni, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi deb ataladi) tashkil etilishi nazarda tutilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “yuqori malakali professor-o‘qituvchilarga, ilmiy-tadqiqotchi va ma’muriyat xodimlariga” so‘zlari “boshqaruv xodimlariga, professor-o‘qituvchilarga, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ularning o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qish joyigacha va undan qaytib kelish joyigacha bir martalik yo‘l haqi (bir yilda bir martadan ko‘p emas) to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qish va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tinglovchilar o‘qish davrida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari va Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya tashkilotlariga stajirovkaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning joriy ta’minoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli-kontrakt asosida magistratura tinglovchilarini tayyorlashdan, shartnomalar asosida boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida o‘quv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini, axborot-tahlil va tahririyat-noshirlik ishlarini bajarishdan, ta’lim va xizmatlarning boshqa turlarini bajarishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy tashkilotlarning, loyihalar va dasturlarning xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 277-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 01.08.2018-y., 09/18/599/1601-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)