OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
Qarori
Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2874]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 15-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 29-maydagi 7-2023/qq-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-iyundagi 23-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 76519-sonli ““Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2874-2, 20.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
4-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
5-k/k-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
18-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
08/kk-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2017-yil 28-fevraldagi 4, 5-k/k, 18 va 08/kk-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-son “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 21-son “Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni (bundan buyon matnda pensionerlar deb yuritiladi) harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.
2. Ishga qabul qilinadigan pensionerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tanlab olinadi.
2-bob. Harbiy akademik litseylarning boʻsh (vakant) direktorlari, ularning oʻrinbosarlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish
3. Tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar harbiy-akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Pensionerlar harbiy-akademik litseylarning boʻsh (vakant) direktori lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktorlarini tanlash va tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda, harbiy akademik litseylarning boʻsh (vakant) direktori oʻrinbosarlari, oʻqituvchilari lavozimlariga esa, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1461, 2005-yil 28-mart) hamda Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2910, 2017-yil 3-avgust) belgilangan tartibda tanlab olinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 9-yanvardagi 2, 3-q/q, 5, 1/qq-sonli (roʻyxat raqami 2874-1, 25.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 10/18/2874-1/0621-son)
5. Harbiy-akademik litseylarning boʻsh (vakant) direktori lavozimlariga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan pensionerlar tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
ariza;
pasport nusxasi;
pensiya guvohnomasi nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi harbiy xizmatchining guvohnomasi;
belgilangan shaklda toʻldirilgan soʻrovnoma;
tarjimai hol;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi;
mehnat daftarchasi (mavjud boʻlsa).
Oldingi tahrirga qarang.
6. Harbiy-akademik litsey direktori Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7. Harbiy-akademik litseylar direktorlarining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda harbiy akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.
8. Pensionerlarni harbiy-akademik litseylar direktorlarining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari yoki oʻqituvchilari lavozimiga tayinlashda ular haqda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining fikri olinadi.
3-bob. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimlariga ishga qabul qilish
9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimiga oliy maʼlumotli, kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan hamda yuqori tajriba va malakaga ega boʻlgan pensionerlar tayinlanadi.
10. Pensionerlar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tanlab olinadi.
11. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimga tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishilgan holda akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
12. Pensionerlar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining boʻsh (vakant) maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktori oʻrinbosari hamda tarbiyachisi lavozimiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 262-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 10/18/2874-1/0621-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)