10.04.2017 yildagi 197-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari va respublikaning yirik korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, mahalliy xomashyo resurslari negizida import oʻrnini qoplashni hamda ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni, valyuta mablagʻlari tejalishini va ulardan oqilona foydalanilishini, yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini hamda aholi bandligini oshirishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus idoralararo komissiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning tayyor turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga ushbu qarorning 1-ilovasiga ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha mahalliylashtirish loyihalari kiritilishini nazarda tutuvchi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning tayyor turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qarori 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarga nisbatan bojxona toʻlovlari boʻyicha — mazkur qaror rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan boshlab, soliqlar boʻyicha imtiyozlar esa — ushbu qaror rasmiy ravishda eʼlon qilingan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning ilovasiga kiritilgan mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish va prognoz hajmlari bajarilishini tashkil etishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 253-modda)