10.04.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2873
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) amal qilish muddatini uzaytirish tartibini belgilaydi.
1. Qonunning 21-moddasiga muvofiq guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berilgan sanadan e’tiboran o‘n yil mobaynida amal qiladi.
3. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan Patent bojlari va to‘lovlari stavkalarida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar mavjud bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan taqdirda, guvohnoma egasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida Agentlik tomonidan so‘rov yuboriladi.
12. Mavjud bo‘lmagan hujjatlar yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf etilib, Qoidalarning 11-bandida ko‘rsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan taqdirda, Agentlik tomonidan guvohnoma egasiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
14. Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda guvohnoma egasi guvohnomaning amal qilish muddati yoki mazkur Qoidalarning 4-bandida nazarda tutilgan muddat o‘tmagan bo‘lsa, Agentlik bildirishnomasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qo‘shimcha patent boji to‘lamasdan takroran guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ariza taqdim etishi mumkin. Bunda mazkur Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar mavjud bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan taqdirda, Agentlik tomonidan so‘rov yuborilmagan holda arizani qanoatlantirish rad etiladi.
15. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun guvohnomaning amal qilish muddati va mazkur Qoidalarning 4-bandida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi muddati uzaytirilmaydi. Mazkur holatda Qonunda belgilangan tartibda tovar belgisini va xizmat ko‘rsatish belgisini hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 21-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2873-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2873-1/0270-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)