Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019 04.04.2017 yildagi PQ-2868-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda yagona davlat investitsiya siyosatini yuritish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash razryadlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi markaziy apparatining xodimlariga nisbatan joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-yanvardagi PQ–2722-son qarorining 1-bandida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi, shuningdek tumanlar va shaharlar investitsiyalar bo‘yicha bo‘limlarining xodimlariga nisbatan joriy etilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xodimlarining shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xodimlarini rag‘batlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisiga budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalarini belgilasin hamda jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini o‘rnatilgan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi va Internet aloqasi bilan, shuningdek qo‘mitaning samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axboroti yuborilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2868-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 219-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 07/17/3326/0113-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)