Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019 31.03.2017 yildagi PF-4996-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy bo‘limlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mas’ul vakolatli davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya institutlari bilan markazlashtirilgan tartibda hamkorlik qilish bo‘yicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi) hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5382-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni rag‘batlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan yagona davlat investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamg‘armalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish va hamkorlik yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash va amalga oshirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi xorijiy kompaniya va bank tuzilmalari bilan investitsiya sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini o‘rnatilgan tartibda tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining jalb etiladigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘lar (grantlar), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlari o‘tkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid komissiyalarining tender o‘tkazish bo‘yicha faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etish;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha tuzilgan import kontraktlarini tizimli asosda puxta ekspertizadan o‘tkazish;
(2-bandning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, “yo‘l xarita”lari va dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan qarzlari, kredit va grantlaridan yanada samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, ekspertiza organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan loyiha, tender va kontraktga oid hujjatlar bo‘yicha ekspert xulosalarining o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5382-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari, rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va chet el hukumati moliya tashkilotlari bilan o‘zaro markazlashgan hamkorlik qilish bo‘yicha vakolatli organ funksiyalarini bajarish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va me’yoriy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik subyektlari tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari va xalqaro hamda xorijiy moliya institutlaridagi doimiy vakili lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, xalqaro va xorijiy moliya institutlaridagi doimiy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni, ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grantlar) va imtiyozli kreditlarni jalb etish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy materiallar, hisobotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirishga doir takliflarni har chorakda muntazam taqdim etib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniya va tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida tashkil etilgan va amalga oshirilayotgan loyihalarni joriy etuvchi guruhlar xodimlari, shuningdek, investitsiya loyihalari tashabbuskori bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari mutaxassislarini tender hujjatlarini tayyorlash, kelib tushadigan tender takliflarini baholash jarayonlariga jalb qilish hamda ularni kelishgan holda tender komissiyalari tarkibiga kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida Tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish bo‘yicha idoralararo tender komissiyasi tarkibini qayta tasdiqlasin va unga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbarlarini idoralararo tender komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari sifatida albatta kiritsin hamda Idoralararo tender komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tubdan qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tender (tanlov) savdolari o‘tkazish tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4996-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 215-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)