Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1704-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 14-iyuldagi 19/1-son qarori (roʻyxat raqami 1704, 2007-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-mart,
4/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 4-martdagi 4/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl);”.
2. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “oʻn” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bankning kredit qoʻmitasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank tomonidan qaror qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda, qarz oluvchiga kredit berishning rad etilishi sabablari koʻrsatilgan yozma xulosa joʻnatiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 233-modda)