Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 04.04.2017 yildagi PQ-2865-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir. Xotira — kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi — muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr — insonni yuksaklikka koʻtaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bagʻishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, oʻz hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni eʼzozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bagʻrikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1- va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat” shiorlari ostida yuqori saviyada oʻtkazishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin va joylarga chiqib, Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila aʼzolariga moddiy, maʼnaviy va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va koʻnglini koʻtarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish hamda oʻz uy-joyiga ega boʻlmaganlariga turar joy ajratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish davomida 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari koʻrsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tushuntirish, targʻib va tashviq etish boʻyicha madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qoʻshiq va musiqalari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻcha va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan plakat va stendlar bilan bezashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan marosimlarga temir yoʻl yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi hamda zarur hollarda kiyim-kechak bilan taʼminlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 2017-yil 9-may soat 21.00 da bayram salyutini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2865-son