Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2169-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-mart,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-martdagi 29-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Yoʻriqnoma muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 237-modda)