30.03.2017 yildagi PQ-2860-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasini barpo etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiyer shahrining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish va zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilishga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalaridan oqilona hamda samarali foydalanish, uning asosida yangi ish oʻrinlari yaratilishini va aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyati hokimligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Hususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida uning bosh rejasiga mos tarzda chegaralangan hududida ilovaga muvofiq kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda — kichik sanoat zonasi)ni barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirdaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilishi qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladigan yer uchastkalarining chegaralari aniqlanishini va belgilangan tartibda yer uchastkalari tegishli ravishda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritilgan yer uchastkalari Sirdaryo viloyati hokimligining toʻgʻridan-toʻgʻri tasarrufida boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonasining faoliyat yuritish muddati keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar kichik sanoat zonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, Sirdaryo viloyati aholisining bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik, poyabzal va teri-galantereya sohalarida, ekologik xavfsiz kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoatida, meva- sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda boshqa talab mavjud boʻlgan yoʻnalishlarda yangi zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs imkoniyatlaridan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashkilotlari bilan mustahkam kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va sanoat kooperatsiyasini izchil rivojlantirish yoʻli bilan mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 20-yanvardagi 25-sonli qaroriga muvofiq tegishli tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalariga Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida barpo etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida umumiy qiymati 40 million AQSH dollariga teng 207 ta loyihani amalga oshirish topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank ishtirokida tegishli tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan loyihalarning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini nazarda tutgan holda ularni soʻzsiz va jadal amalga oshirishlari ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalari mazkur loyihalarning bajarilishi toʻgʻrisida har chorakning 5-kunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib tursin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar 3 yil muddatga beriladi, bunda kichik sanoat zonasining qatnashchilari bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2000 karra miqdoridagi hajmda investitsiyalar kiritishi shart;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonasi qatnashchisining yillik tushumi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 karrasidan kamroqni tashkil etgan taqdirda, mazkur qarorning 6-bandiga muvofiq berilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli hisobot yili uchun ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlarini qoʻllangan holda olib kelingan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, metall konstruksiyalar va qurilish materiallari olib kirilgan paytdan boshlab uch yil ichida sotilgan yoki bepul berib yuborilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq hajmda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, kichik sanoat zonasi ishtirokchilari uchun zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar qurilishi “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari, shuningdek, Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kichik sanoat zonasi faoliyatini boshqarish Sirdaryo viloyati hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom va kichik sanoat zonasi direksiyasining ustavi tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2860-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-martdagi PQ-2860-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasiga kiruvchi hudud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiyer shahrining chegaralangan janubiy zonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — Guliston — Dashtobod temir yoʻl tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — Temur Malik mahallasining Paxtakor koʻchasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻarbiy tomondan — Yangiyer shahrining Tinchlik koʻchasigacha 75 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — Yangiyer shahrining Amir Temur koʻchasigacha 100 m.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 205-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)